Tirishiq
soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan ikkinchi maʼno tashqi qiyofa ifodalab
kelgan: Tirishiq yuz. Tirishiq bashara. Mana shu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli
lugʻati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Tirishiq 2. sft. Ajin bosgan,
burushgan, tirishgan. Tirishiq yuz “ .
Titroq
soʻzi uchta maʼnoga ega boʻlib, ulardan ikkinchi va uchinchi maʼnolari sifat
turkumiga oiddir. Ikkinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalab kela oladi: Titroq yuz. Titroq
lab. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning toʻrtinchi tomida quyidagilar yozilgan:
“Titroq 2. sft.. Titrab, qaltirab turadigan, titraydigan, titroqli; qaltiroq. Titroq qoʻl. Titroq
oyoq. Muhammadjon uning titroq lablariga suqlanib qaradi-yu, lekin jurʼat yetolmay,
qoʻlidan choʻpishlatib oʻpdi. P. Qodirov, Uch ildiz. Zamira uning titroq vujudi va haddan
tashqari olovli qarashiga tob berolmay, stol ustiga pastroq engashdi. P. Qodirov, Uch
ildiz” .
22
Chiroysiz
soʻzi ham tashqi qiyofa ifodalab keladi: Chiroysiz yuz. Chiroysiz
koʻrinish. Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning toʻrtinchi
tomida quyidagilar yozilgan: “Chiroysiz. Koʻrimsiz, xunuk”.
Oʻksiz
soʻzida ikkita maʼno boʻlib, shundan birinchi maʼnosi tashqi qiyofa ifodalay
oladi: O‘ksik yuz, O‘ksik koʻrinish. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning
beshinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Oʻksik 1. sft. Biror narsadan afsuslanib xafa
boʻlgan; ezilgan; gʻamgin, qaygʻuli. Oʻksik koʻngil, Goʻdakning oʻksik yig‘isi Oysha
opaga qattiq ta’sir etdi. M. Ismoiliy, Ozodlik gulini hidlagan kishi”.
Katta
soʻzining sakkizta maʼnosi boʻlib, shulardan toʻrtinchi maʼnosi bilan tashqi
qiyofa ifodalashi mumkin:
Katta odam.Katta bashara.
Ushbu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek
tilining izohli lugʻati”ning ikkinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Katta .Yosh jihatdan
ulug‘, yoshi ortiq. Katta oʻg‘il. U mendan katta. [Yusufbek hoji:] Oyim, har nima, siz
kattasiz, Zaynab yosh, kattadan kichikka shafqat lozim. A, Qodiriy, O‘tgan kunlar. Katta
22
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy
ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 37.
xotin edi. Birinchi, bosh xotin. Katta qilmoq. Boqib, parvarish qilib oʻstirmoq, voyaga
yetkazmoq. -Biz senlarni it azobida katta qildik-ku, — dedi shashtidan tushib Ibn Yamin.
K. Yashin, Hamza”.
23
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi salbiy maʼnoli sifatlarning tuzilishi
quyidagichadir:
Sodda sifatlar: boʻshang4, qoshch6, suyak7, taqir8, yonoq9
2.Sodda yasama sifatlar: Ayanchli
24
, beqiz
25
2, beandaza3, bo‘yoqli4, belgili5,
belgisiz6, bichimsiz7, boʻlimsiz8, beandaza9, benihoya10, titroq, chiroysiz12, o‘ksiz ,
burishiq14, dogʻlik yoki dogʻliq, qarimsiq16, tirishiq77.
Z.Birikmali sifatlar uchramadi.
4.Qoʻshma sifatlar uchramadi.
Z.Takroriy sifatlar: boʻsh-bayov18, burishiq-tirishik19.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, oʻz qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi
salbiy maʼnoli sifatlar nisbatan olganda kam qoʻllaniladi.
BOB BOʻYICHA XULOSA
Sifat turkumiga oid soʻzlarning tashqi qiyofa ifodalashi mumkinligini ulardan
soʻng aniqlanmishni keltirish bilan topish oʻrinlidir (chunki sifatga tegishli soʻzlar ko‘p
boʻlib, ularni topishda maʼnolarini yanglishtirib qoʻyish mumkin).
O‘z qatlamga oid sifat turkumiga oid soʻzlar bilan tashki qiyofa ifodalash ancha
keng tarqalgan (yiqqan misollarimizda ularning miqdori quyidagichadir: ijobiy maʼnoda
qoʻllanadigan sifatlar yigirma toʻrtta, salbiy maʼnoda qoʻllanadiganlari yigirma yettita
ekan).
23
“O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik. 4-tom. -Toshkent: O‘zbekistan milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy
nashriyoti, 2006.
333 -bet
24
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.67;
25
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.95;
Tashqi qiyofa ifodalovchi oʻz qatlamga oid sifatlarning sodda va sodda yasama
sifatlardan tashkil topgan. Birikmali, takroriy va qoʻshma sifatlar esa juda kam miqdorni
tashkil etadi.
Soʻzlarning bir, baʼzan ikki maʼnosi sifat turkumiga oid boʻlsa, shundan faqat bitta
maʼnosi tashqi qiyofaga xizmat qiladi. Baʼzi bir sifatlarning tashqi qiyofa ifodalashini
aniqlash uchun sifatdan keyin aniqlanmish soʻzni qoʻyish kerak. Zero, hamma sifatlar
ham tashqi qiyofa ifodalayvermaydi, ulardan ayrimlari tashqi qiyofa ifodalaydi.
Tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlarning maʼlum qismi juda kam holda shunday
maʼnoni ifodalashga xizmat qiladi.
O‘z qatlamga oid tashqi qiyofa ifodalovchi sifatlar ijobiy va salbiy maʼnolarni
anglatishi ham kuzatildi. Bunday sifatlarning ijobiy maʼno ifodalovchilari miqdoran sal
kam boʻlsa-da, miqdoran ko‘p boʻlgan salbiy maʼnoli tashqi kiyofa ifodalovchi sifatlarga
qaraganda koʻproq va faolroq qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |