Ilk paleolit davrining umumiy xususiyatlari - Ibtidoiy jamoa davri insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar-mehnat va ov qurollari, uy anjomlari va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari etib kelgan. Ular ibtidoiy davr odamlarining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur qilishga yordam beradi.
Ilk paleolit davrining umumiy xususiyatlari - Insoniyatning eng qadimgi davri ilk tosh qurollar davri bo`lib, u arxeologiyada «paleolit» deb ataladi. Paleolit so`zi –grekcha «palayos» - qadimgi, «litos» - tosh degan ikki so`zning birikishidan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |