Oraliq tip yoki ambovertlar ta’sirlanish, qo`zg`olish darajasi beqaror, o`zgaruvchan, «Kimligini bilib bo`lmaydigan» tip. Bu tipga mansub odam vaziyatga qarab og`ib ketishi mumkin.
Xarakter shakllanishining psixofiziologik mexanizmi temperament, qobiliyatnikiga o`xshash bo`lsada, o`z-o`zini anglash, o`z-o`zini tarbiyalashga intilish asosiy yo`l hisoblanadi.
Shaxsning tayyor bilimga yoki ko`nikmaga ega bo`lmasdan turib, u yoki bu narsani bilib olish, bajarish jarayonida namoyon bo`ladigan tezlik sifati qobiliyat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |