moslashtiruvchi – attityud subyektni uning maqsad va manfaatiga aloqador bo‘lgan obyektlarga yo‘naltiradi, moslashtiradi; - moslashtiruvchi – attityud subyektni uning maqsad va manfaatiga aloqador bo‘lgan obyektlarga yo‘naltiradi, moslashtiradi;
- bilish funksiyasi – konkret obyektga nisbatan mavjud vaziyatda anchagina qulay bo‘lgan xulq-atvor shaklini tanlashga yordam beradi;
- namoyon etish funksiyasi – individni shaxs sifatida, muayyan qadriyatlarga e’tiqodi bor inson sifatida tutishini ta’minlaydi;
- himoya vazifasi – shaxsning ichki ziddiyatlarini bartaraf etish va turli vaziyatlardan chiqib ketishiga imkon beradi.
Kognitiv komponent – bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan bog‘liq jihatlar; - Kognitiv komponent – bu ijtimoiy ustanovka obyektini anglash bilan bog‘liq jihatlar;
- Affektiv komponent – bu obyektga nisbatan hissiy munosabatlar, uni emotsional baholash, yoqtirish-yoqtirmaslik bilan bog‘liq subyektiv holatlar;
- Xulq-atvor komponenti (yoki konativ) – obyektga nisbatan real xatti-harakatni tushuntiruvchi jihatlar.
Birinchi jabha – bevosita oilaviy sharoit bo‘lib, unda insonning asosiy oddiy ehtiyojlari ilk yoshlikdan qondiriladi. - Birinchi jabha – bevosita oilaviy sharoit bo‘lib, unda insonning asosiy oddiy ehtiyojlari ilk yoshlikdan qondiriladi.
- Ikkinchi jabha – bevosita muloqot amalga oshiriladigan kontakt, kichik guruhlar bo‘lib, individ bu muhitda o‘zini namoyon etadi.
- Uchinchi jabha individ hayot-faoliyatini amalga oshiradigan kengroq ijtimoiy borliq bo‘lib, unda u mehnat qiladi, dam oladi, maishiy muammolarini hal qiladi.
- To‘rtinchi jabha shaxsni bevosita o‘rab turgan milliy-madaniy borliq, undagi mafkuraviy i madaniy qadriyatlarning o‘zlashtirilishi tufayli namoyon bo‘ladigan xatti-harakat aktlarini qamrab oladi. Bu konkret geografik hudud, Vatan, yurti va undagi qadriyatlardir.
Demak, yuqorida ajratilgan har bir jabhada inson o‘ziga yarasha alohida ehtiyojlarini qondiradi va u mos ravishda muayyan ish-harakatlarga tayyor bo‘ladi. - Demak, yuqorida ajratilgan har bir jabhada inson o‘ziga yarasha alohida ehtiyojlarini qondiradi va u mos ravishda muayyan ish-harakatlarga tayyor bo‘ladi.
- Yadov yuqoridagi jabhalarga mos keladigan konkret vaziyatlarni va ularning individga ta’sir ko‘rsatish darajalarini ham ajratadi. Masalan, birinchi, eng quyi bosqichdagi vaziyatlarda oddiy predmetli muloqot va tez o‘zgaruvchan ehtiyojlarga aloqador holatlar namoyon bo‘ladi. Ikkinchisida ko‘proq guruh doirasidagi muloqot va undan orttirilgan tajriba nazarda tutiladi. Uchinchisida – nisbatan turg‘un bo‘lgan, xadeb o‘zgarvermaydigan ish faoliyat turlari, maishiy ehtiyojlar, profossional sohalarda ko‘zga tashlanadigan ijtimoiy xulq nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |