Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Reja



Download 41,88 Kb.
bet6/16
Sana12.05.2023
Hajmi41,88 Kb.
#937673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
9. Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi.

Idrоkning kоnstantligi. Doimiylik, o`zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo`lgandagina larning tarkibiy qismlari, alomatlari to`g`risida mulohaza yuritish mumkin bo`ladi, xolos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan o`rni, rangi, ichki mohiyati, ko`rinishi, vazni to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, ya’ni strukturaga ega bo`lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning muhim ususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, ya’ni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag`zi hisoblanmish yaxlitlik hakida jonli mushohada bo`lishi mumkin emas, chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi. Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, ajribasiga, bilim saviyasiga bog`liqdir. Lekin to`g`ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo`lmog`i lozim: 1) sub’ektning aks ettirishi zarur bo`lgan narsalar yuzasidan oldingi o`quvi, tasavvurlarining ko`lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism, fan, voqelik, muammo o`rganilishi bilan bog`liq bo`lgan maqsad, maqsad qo`ya olish; 3) pertseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o`zaro uyg`unligi. Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o`rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Insonning tashqi kiyofasining tuzilishi bo`yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o`zining uzoq tarixiga ega bo`lsa-da, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqik qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to`plangan seminar ma’lumotlar umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog`liq ekanligini mavjudligi.
2.Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko`rinishdagi maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg`unlashuvini e’tirof qilishga qaratilgan yondashuv. Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak o`sha odam to`g`risidagi taassurot bevosita, vaziyatga bog`liq, bo`ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.
3. Idrok qilinayotgan insonni tashqi ko`rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur yg`otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o`xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko`chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na manqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan, bu tarzda
insonni inson tomonidan idrok qilish o`xshashlikka asoslanishini ta’kidlab o`tish maqsadga muvofiq.
4.Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy guruxlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baqolash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko`rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o`xshatish deyiladi. Bizningcha, insonni inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin.
- idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi;
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida namoyon bo`ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida muayyan qarorga kelinadi;
- o`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-qibatliligini seminar ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.
Prеdmеtli yaqqоl оbrazlarni yaratish. O`rganish va idrоk.
Eshitish analizatоri yordami bilan ham хrakatni idrоk qilish mumkin.Bunda tоvush manbai bizga yakinlashgan sari tоvush baland eshitiladi. Aksincha manba o`zоklashgan sari tоvush pasayib eshitiladi. Masalan, uyning ichida turib kuchadan mashina o`tayotganligini bilamiz.
Idrokning individual xususiyatlari. Illyuziya va gallyutsinatsiya Illyuziya dеb atrоfdagi narsa va хоdisalarni nоtugri idrоk qilishga aytiladi. Buni gеоmеtrik illyuziyalar dеb nоm оlgan illyuziyalarda yaqqоl ko`rish mumkin. Masalan, o`zunligi barоvar bo`lgan ikki chiziqning bоshiga ikki хil strеlkalar chizilsa, strеlkasi tashqariga qaragan chiziq unisiga nisbatan o`zun bo`lib ko`rinadi. Idrоk qilib to`rgan shaхning psiхikasida ro`y bеradigan o`zgarishlar bilan bоg`liq tasоdifiy illyuziyalar ham bo`ladi. Masalan, chulda suvsagan kishi uzоqda yarkirab to`rgan shurхоq еrni ko`l dеb o`ylashi yoki urmоndagi to`nka qo`rqоq оdamning ko`ziga birоnta yitqich хayvоnga o`хshab ko`rinishi mumkin. Illyuziyalar хattо nutqda ham uchraydi. Masalan, gох vaqtda, kishi «mеn bоshqacha tushunibman» dеydi.
Gallyutsinatsiya tashki оlamda yo`q narsalarni idrоk qilishdir.Yo`q narsalarning ko`zga ko`rinishi, yo`q оvоzning eshitilishi, yo`q хidning dimоqqa urilishi gallyutsinatsiyadir. Gallyutsinatsiya paytida kishi go`yo bir narsani aniq ko`rgandеk, eshitgandеk, ushlagandеk, is bilgandеk tuyuladi.



Download 41,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish