2. Asosiy bilisli jarayonlari, uning qonuniyatlari, tarkibi va o'ziga xosligi
Diqqat va uning turlari, xususiyatlari. Diqqat - kishi 'faoliyati -ning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o'quv faoliyati samarador-ligining muhim va zarur sharti. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yo'naltirilgan shakldaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning ko'plab ta'sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o'ylaydi. Ongning bu xossasini uning diqqat kabi xususiyati bilan o'zaro bogiiq, deb hisoblaydilar.
Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi fabltigi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo 'naltirilganligi va hir narsaga qaratilganligidir.
Diqqatni ma'lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g'ayrat sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo'lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to'siqlar mavjud bo'lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon boiadi.
Hosil bo'lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko'ra diqqat-ning ikkita asosiy tori mavjud:
ixtiyorsiz diqqat;
ixtiyoriy diqqat.
Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil boiadi va qoilab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo boiishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omiliar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega boigan qo'zg'atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo'zg'aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o'rni benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo'lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to'planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo'nalganligiga ham bogiiqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina-digan diqqat-e'tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil boiadi. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o'z oldiga maium bir vazifa qo'ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan boisa yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topadi. Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke-chishini boshqarib turishdan iborat.
Kishi aynan ana shot ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira*-dan o'zi uchun zarur maiumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, to'g'ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo'ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli boiadi.
Diqqatni kuchli qo'zg'atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va bo'yoq, kuchli hid jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |