Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha


- 6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari



Download 414,54 Kb.
bet3/4
Sana26.02.2022
Hajmi414,54 Kb.
#473209
1   2   3   4
Bog'liq
barchin Shaxs rivojlanishi maktabgacha

5- 6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bu davrda bolaning bo'yi 7-8 sm ga o'sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og'irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli, qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyaklarning to'g'ri o'sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish kerak. Ilia ruing yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan bo'ladi. Olti yoshga yetganda miya po'stlog'ining asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashqi ko'rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab etiladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo'lishini ta'minlash kerak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan taqdirda uning oldini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim.
6- 7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar ko'lami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la boshlaydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bilishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shakllana boradi.
Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan ta'lim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta'lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta'lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xulosalariga tayanish lozim
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
Insonning rivojlanishi juda murakkab va qarama-qarshiliklardan iborat jarayondir. Bola o`z rivojlanishi jarayonida turli xil faoliyat (o`yin, o`qish, sport turlariga qamda muloqatga kirishadi. Bu esa ularning ijtimoiy tajribalarining oshishiga yordam beradi. Bolaning dunyoga kelishidan tortib uning butun umri jarayonida yuqoridagi faktorlar (faoliyat va muloqat) bir-birini to`ldirib bola shaxsining rivojlanishini ta'minlaydi.
Tarbiya inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarni ko'zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo'lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi.
Shaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo’lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o’rtasida yuzaga kеladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog’liq bo’lmagan ikki parallеl chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo’shilib kеtadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o’ta muhim bo’lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y beradi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi kerak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'Iadi. Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas'uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas'uliyatini ta'kidlab shunday yozgan edi: «Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo'lsa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir»

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega.

Download 414,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish