Bog'liq Shaxsiy sug‘urtaning zarurligi, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari
Shaxsiy sug’urta tarixi
Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Shaxsiy sug‘urta – bu inson hayotiga, uning mehnat qobiliyati vasalomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan himoyalanishning muhim shakli. Hozirgi paytda shaxsiy sug‘urta sug‘urta faoliyatining yirik tarmog‘i sifatida jahon amaliyotida keng qo‘llaniladi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda shaxsiy sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlari boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha kelib tushgan sug‘urta mukofotlariga nisbatan yuqori salmoqqa ega. Masalan, AQShda jami yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmida shaxsiy sug‘urtaning hissasi 50,0 foizdan yuqoridir. 1917 yildan 1990 yilgacha mamlakatimizda shaxsiy sug‘urtalash ishlari davlat sug‘urta organlari (Gosstrax) tomonidan amalga oshirilgan.