4. Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari.
Shaxsiy sug‘urta – baxtsiz hodisalar yoxud tabiiy hodisalar ro‘y berishi oqibatida fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga shikast yetkazilishi bilan bog‘liq ularning mulkiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta fuqarolar boshiga kulfat tushganda ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasi hisoblanadi. Shu ma’noda, shaxsiy sug‘urta ijtimoiy himoyaning hayotiy tajribada sinalgan ishonchli shaklidir.