Moliya va tijorat
Tejash o`z-o`ziga to`lash demakdir. Saqlab qolingan har so`m, ishlab topilgan har bir so`m.
Imkoniyatingizni puldan baland qo`ying, shunda pul o`zi qo`lingizga kelib sizga ishlaydigan bo`ladi. Agar odam imkoniyatini puldan past qo`ysa nima yeyishini, nima kiyishini, dam olish uchun qayerga borishini, yaqinlariga nima sovg`a qilishini pul hal qiladi. Qanday yashashni o`zingiz hal qilishingiz uchun imkoniyatingizni puldan baland qoying.
Hech kim – davlat ham, hukumat ham, qonun ham sizning boy bo`lishingiz uchun javob bermaydi.
Pul sharoitga qarab o`zgaradi va odamga o`xshab harakat qiladi. Pulga munosabatni yaxshi qiling, uni o`zingizdan itarmang, shunda pul o`zi kelib yoningizda qoladigan bo`ladi.
Pul hayotdagi asosiy narsa emas, lekin agar yetismasa asosiy narsa bo`lib qoladi.
Vaqti kelib bir kunda o`tgan yillarda topgandan ko`ra ko`proq pul topishingizni o`ylab ko`ring.
Pulingiz bo`lsa dadilroq, bemalolroq bo`lasiz.
Moliyaviy rejada pulni ko`paytirish, daromadni oshirish, bor pulni tejash yozilishi kerak.
Ishonavering, 3-5 yil pulni aql bilan ishlatib, xarajatlarni kamaytirib, keyin umringizning oxirigacha o`zingiz xohlagandek yashagan yaxshi.
Boy odam – pul unga ishlaydigan odam bo`ladi. U pulga ishlamaydi, pul unga ishlaydi. Pul – eng yaxshi ishchi.
Agar orzuingizdagi hayotga arziydigan odamman deb o`ylaydigan bo`lsangiz pul ishlatishni bilib olishingiz kerak. Sababi, qaysi darajada ekaningiz pulga qarab bilinadi.
Agar boy odamning hamma boyligi olib qo`yilsa bir necha yildan keyin yana boy bo`ladi. Boyligi ketgani bilan bilimi, uquvi, tajribasi, fikrlashi ya`ni uni boy qilgan hamma narsasi qoladi.
Pul foyda berishi, baxtli qilishi uchun bitta narsani tushunib olish kerak. Yaxshilik kuchdan bo`lishi kerak. Kuchli bo`lishgani uchun yaxshi odamlar bor. Agar bunday odamlar boy bo`lishsa yaxshiliklari yana ham ortadi. Ko`pincha o`zining kuchi bilan boy bo`lgan odamlarning hammasi ich-ichidan yaxshi odamlar bo`lishadi. Ular kimgadir tayanch bo`lishni, kimgadir haqiqatdan ham yordam berishni orzu qilishadi. Ular ustalikni o`rgatish uchun o`quvchilari bo`lishni xohlashadi. Sababi ularning yaxshiligi kuchdan bo`ladi.
Uchinchi darajada to`xtab qolgandan keyin odam birinchi, yuqori maqsadini unutadi, bosqa harakat qilmay qoladi. Undan ko`ra balandroq – to`rtinchi daraja ham bor-ku.
Hozir qancha pulingiz bo`lsa, hammasini olingda, qayerga borsangiz ham yoningizda olib yuring: birinchidan, bu sizga dalda bo`ladi. Ikkinchidan, ishlatgingiz kelganda o`zingizni tiyib, pulni ehtiyot qilishni o`rganasiz.
Bodo Shefer ’’ Qo`lingga pul tushishidan oldin, pul ishlatishni o`rganib olishing kerak, shunda pul kelganda osonroq bo`ladi. ’’ degandi.
Dunyoda hamma narsa mo`l.
Har doim natijani, kartinani soting. Xususiyatlarini aytib oʻtirmang.
Har doim brend yarating. Halima opa semechkalari deb boʻlsa ham.
Pul hech qachon tugamasligini tushunib olish kerak.
Toʻy bir kunlik. Undan keyin ancha yashaladi. Toʻyga sarmoya - passiv. Mahkam tur.
Biznes sohangga qarab, hid va musiqa marketingni qoʻlla.
Kambagʻal pulim boʻlsa sotib olaman deydi. Boy reja tuzib imkon qidiradi. Har yili 1 tadan koʻchmas mulk sotib ol.
Pulga sogʻliq va havoga munosabatdek munosabatda boʻlish kerak. Yaʼni moʻlligida oʻylamaydi. Senga kerak boʻlganda oʻzi keladi.
Bersang olasan.
Jamoang seni boy qiladi.
Boy odamlarda maslahatchilar, konsultantoar boʻladi. Kambagʻal esa hammasini oʻzi biladi.
Agar sen qiloldafigan ishni kimdir qilsa, uni vaqtini sotib olib, ishlat. Sen erkin boʻlasan.
Xarajat rejasi bor, daromad rejasi yoʻq.
Kambagʻallar pul alohida, men alohida yashaymiz deb oʻylaydi.
Investitsiya qilishda hech qachon personal shaxslarga pul oʻtkazma. Isbotlay olmay qolasan.
Qarz va kreditga yashamang, bosim ostida qolasiz.
Pul boshqaruvi - xarajat boshqaruvidan boshlanadi.
Aqlli tadbirkor birovning puliga biznes qiladi.
Choʻntakdagi pulni boshga tiksang, uni hech kim tortib ololmaydi.
Qarzga botgandan koʻra, kechqurun hech narsa yemagan maʼqul.
Kimgadir nimadir berishdan ko`ra yaxshi ish yo`q.
Oladiganing tirik qolishingga yordam beradi, beradiganing esa yashashingga.
Odam o`zini boy odamdek sezishiga ruxsat berishi kerak.
Pulning borligi odamga ishonch beradi.
Sizning hayotingizda shunday vaqt keladi, bir kunda bir yildagidan ko`proq pul topasiz. Lekin shunga qat`iy ahd qilsangiz, qiyinchilik bo`lganda qaytmasangiz shunday bo`ladi.
Agar birorta qarindoshingiz boshqalardan
Do'stlaringiz bilan baham: |