Ctrl va Alt–shu klavishlarni bosib turib boshqa klavishni bosganimizda har xil amallar bajariladi. Caps Lock–bu klavish yordamida Shift bosilib turgan holatini (faqat harflar uchun) yoqamiz va o`chiramiz. Tab–keyingi bo`limga yoki qismga o`tish. Backspace–oldin (chapda) joylashgan bitta belgini o`chirish. Enter–yangi satrga o`tish yoki ma`lumotlarni kiritish. Esc–oxirgi harakatdan voz kechish. Funksion klavishlar: Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish klavishlari F1–F12. Har xil programmalar bu klavishlarga har xil amallarni o`rnatadi. - Yo`nalish klavishlari: Kursor joylashishini o`zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o`ngga va pastga siljitish.
- Yordamchi klavishlar: Home–satr boshiga o`tish. End–satr oxiriga o`tish. PgUp–Bir sahifa yuqoriga o`tish. PgDn–Bir satr pastga o`tish. Insert–belgilarni o`chirib ustiga yozish yoki ularni siljitib o`rtasiga yozish holatini o`rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |