EHMlarning uchinchi avlodi.
▶ EHMlarning uchinchi avlodi.(60- yillarning oxiri) ko`pchilik tranzistorlar va turli xil ehtiyot qismlar o`rniga integral sxemalardan keng ko`lamda foydalanish bilan harakterlanadi.
▶ Integral sxemalarni ishlatish tufayli mashinalarning texnik va ishlatish xarakteristikalarini ancha yaxshilashga, jumladan, ixchamlashishi va ishlash tezligining oshishini ta’minlashga erishildi. Bunday mashinalarning samarali va ishonchli ishlashi ta’minlandi. Xotira sig`imi
▶ 2048 Kbaytgacha bordi. Bu avlod mashinalarini birgalikda ishlab chiqargan yagona sistema turidagi mashinalar tashkil qiladi. Shuning uchun ham bu turdagi mashinalarning nomi ES dan boshlanadi.
▶ Bu mashinalar turiga qarab, sekundiga 2 milliongacha turli arifmetik amal bajarishi mumkin bo`ldi.
▶ Fan va texnikaning rivojlanishi odam bilan EHM o`rtasida muloqot qilish mumkin bo`lgan hisoblash mashinalari yaratish zaruratini tug`dirdi. Ba vazifa yangi paydo bo`layotgan to`rtinchi avlod mashinalarida amalga oshirildi.
▶ EHMlarning to`rtinchi avlodi. 1970 yillardan etiboran paydo bo`la
boshladi. Ularda element bazasi sifatida katta integral sxemalar. Ya’ni 1sm
kub hajmda 100 minggacha elementni birlashtirgan mikrosxema qo`llanildi. Bunday EHMlardan jamoa ravishda foydalanish EHMlar tarmog`ini va shaxsiy kompyuterlar yaratish imkonini tug`dirdi. Hozirhi kunda ko`pgina o`rta maktablarga o`rnatilgan IBM, Yamaxa, Pravets-8A, AGAT, Osiyo, Toshkent, Yoshlik kompyuterlari shu turdagilardir.
▶ Hozirgi kunda beshincha avlod mashinalarini ishlab chiqish ustida katta ishlar qiliniyapti. Ayniqsa, bu sohada yaponiya olimlari yaratgan beshinchi avlod mashinalarining loyihalari diqqatga sazovordir. Bu loyiha keyingi davr mashinalarini yaratishni ko`zda tutgan.Yaponiya olimlarining tabiricha, ushbu avlod mashinalari mantiqiy masalalarni hal qila oladigan,
og`zaki gaplarni “eshitadigan” va “tushunadigan”, matnlarni o`qiyotgan tezlikda tarjima qila oladigan, rasm va chizmalarni “ko`ra” oladigan hamda “tushunadigan” bo`lishi kerak. Bunday komputerlar galley arsendi, katta va o`ta katta integral sxemalar asosida qurilishi nazarda tutilgan. Oxirgi paytlarda yer yuzida laboratoriyalarda oqsil molekulalari bilan tajriba o`tkazilmoqda. Ular komputerlarning arifmetik asosini tashkil qiluvchi asosiy element ikkilik sanoq sistemasida xotirlovchi katakchalarning vazifalarini o`tayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |