8008 rusumli mikroprotsessor
1972 yili Intel kompaniyasi o‘zining navbatdagi mikroprotsessorini ishlab
chiqardi. Ushbu mikroprotsessorning quvvati o‘tmishdoshining quvvatidan ikki
hissa ortiq eti. Hisoblash texnologiyalarining jonbozi Don Lankaster (Don
Lancaster) shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish
terminali sifatida 8008 rusumli protsessorni qo‘lladi.
8080 rusumli mikroprotsessor
1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga
chinakam muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira "stek"ining (rus. "stek") paydo
bo‘lishi ayni shu mikroprotsessor bilan bog‘liq bo‘lib, kiritilgan har qanday
dasturdan foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor "Altair" rusumli birinchi
shaxsiy kompyuterning "miya"si sifatida qo‘llandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |