Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Dastur bajarilish jarayonini tashkil qilish. Buyruqlarni bajarilishining



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/225
Sana30.12.2021
Hajmi3,47 Mb.
#196228
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   225
Bog'liq
kompyuterning zamonaviy texnik va dasturiy taminoti

Dastur bajarilish jarayonini tashkil qilish. Buyruqlarni bajarilishining 
asosiy bosqichlari. 
Arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi 
Boshqarish  qurilmasi  -  funksiyasi  bo‘yicha  mikroprotsessorning  eng 
murakkab  qurilmasi hisoblanadi. U  mashinaning  barcha  bloklariga  yetkaziladigan 
boshqarish  signallari  qayta  ishlaydi.  Buyruqlar  registri  -  buyruqlar  kodi 
saqlanadigan registr. Bu yerda bajariladigan amal va operandlar manzili joylashadi. 
Buyruqlar  registri  mikroprotsessorning interfeysli qismda  joylashadi. U  buyruqlar 
registri  bloki  deb  ataladi.  Amallar  deshifratori  -  ushbu  mantiqiy  blok  buyruqlar 
registridan  keladigan  operatsiya  kodiga  mos  chiqish  yo‘lini  tanlaydi. 
Mikrodasturalarni  doimiy  saqlash  qurilmasi  (DXQ)  -  o‘z  yacheykalarida 
boshqaruv  signallarini  saqlaydi.  Ushbu  impulslar  ShK  bloklarida  bo‘ladigan 
axborotni  qayta  ishlash  operatsiyalarni  boshqaradi.  Impuls  operatsiyalar 


deshifratori  tanlagan  operatsiya  kodiga  muvofik.  Doimiy  xotira  qurilmasidan 
kerakli  signallar  ketma-ketligini  o‘qib  oladi.  Berilganlar,  adreslar,  instruksiyalar 
kodli  shinalar  –  mikroprotsesssor–ning  ichki  shina  qismi.  Umuman  olganda 
boshqarish  qurilmasi  quyidagi  asosiy  protseduralarni  bajarish  uchun  kerakli 
signallarni yaratadi.  
Hisobchi - registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan tezkor xotira 
yacheykalarini tanlash; 
Tezkor  xotira  yacheykalaridan  keyingi  buyruq  kodini  tanlash  va  buyruqlar 
registriga tanlangan buyruqni yuborish; 
Amal kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash; 
Qayta  shifrlangan  kodga  mos  doimiy  xotira  yacheykalaridan  boshqarish 
impulslarini o‘qish  va bloklarga yuborish; 
Buyruqlar  registri  va  mikroprotsessor  registrlaridan  operandlarning  tashkil 
etish adreslarini o‘qish ; 
Operatsiya natijalarini xotiraga yozish; 
Dasturning keyingi buyrug‘i adresini aniqlash. 
Har  qanday  EHM  ning  asosiy  maqsadi  informatsiyani  qayta  ishlashdan 
iborat  bo‘lib,  biz  bilamizki,  turli  tipdagi  informatsiyalar  sonlar  yordamida 
ifodalanadi.  Hisoblash  mashinalarida  sonlar  bilan  ishlash  uchun  maxsus  qism 
mikroprotsessor  qurilmasi  mavjud  bo‘lib,  ular  mantiqiy  universal  qurilma 
hisoblanadi  va  mantiqiy  matematik  oddiydan  murakkabgacha  bo‘lgan  amallarni 
bajarish imkoniyatiga ega. Bu qurilma integral sxemada ko‘rilganligi tufayli uning 
hajmi  unchalik  katta  bo‘lmaydi,  keyingi  yillarda  mikroprotsessorlar  bir-biridan 
tezligi va imkoniyati bilan farqlanadi. 
Arifmetik  mantiqiy  qurilmani  funksional  qismi  jihatdan  ikkiga  bo‘lish 
mumkin: 
a)  mikrodasturli  qurilma  (boshqarish  qurilmasi)  u  mikrobuyruqlar  ketma-
ketligini beradi. 
b)  operatsion  qurilma  (arifmetik  mantiqiy  qurilma)  mikrobuyruqlar 
bajariladi. 
Arifmetik mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg
1
 – Rg
7
 registrlari kiradi, ularda 
tezkor xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi.  
Axborotni  qayta  ishlash  qonuniyati  M  mikrobuyrug‘i  bilan  beriladi.  U  A
1

A
2,
...,A
n
  ketma-ket  mikrobuyrug‘lar  sifatida  yoziladi.  Shu  yerning  o‘zida 
mikrobuyrug‘lar ikki xilga farqlanadi: 
Tashqi  mikrobuyrug‘lar  ya’ni  bular  arifmetik  mantiqiy  qurilmaga  tashqi 
qurilmalardan keladigan buyruqlar; 
Ichki  mikrobuyrug‘lar  ya’ni  arifmetik  mantiqiy  qurilmada  yaratiladigan  va 
mikrodastur  qurilmasiga  ta’sir  etadigan.  Masalan:  arifmetik  mantiqiy  qurilma 
hisoblash  natijalariga  qarab  turib  holatlarni  generatsiyalashi  mumkin.  Arifmetik 
mantiqiy qurilmada hisoblashlar natijalari u
1
, u
2
,…,u
n
 kodli shinalar orqali beriladi. 
Arifmetik mantiqiy qurilma tarkibiga kiruvchi registrlar funksiyalari: 
Rg

-  summator,  arifmetik  mantiqiy  qurilmaning  asosiy  registri,  unda 
hisoblash natijalari yaratiladi. 
Rg
2
, Rg

- qo‘shiluvchi, ko‘paytuvchi, bo‘luvchilar registrlari. 


Rg
4
  -  adresli  registr  operandalar  adresini  va  natija  adresini  eslab  qolishga 
mo‘ljallangan. 
Rg
6
-adreslarni tashkillashtirish uchun kerakli indeksli registr.              
Rg
7
-  qo‘shimcha  yordamchi  registr,  u  dastur  xohishiga  qarab  akkumlyator, 
indeksli  registr  yoki  oraliq  natijalarni  eslab  qoluvchi  xotira  sifatida  ishlatilishi 
mumkin. 
Tezkor  registrlar  bir  qismi  dasturiy  murojatli  hisoblanadi,  ya’ni  ular 
buyruqlar bilan adreslanishi mumkin. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
   -summator; 
   -indeksli registr: 
   -ba’zi yordamchi registr: 
qolgan registrlar dasturiy murojaatga tegishli emas, ya’ni ular dasturda adreslanishi 
mumkin  emas.  Operatsion  qurilmani  qayta  ishlanadigan  ko‘rinishiga  qarab 
klassifikatsiyalash mumkin (7-rasm). 
Arifmetik mantiqiy qurilmaning to‘liq kvalifikatsiyasi chizmada keltirilgan. 
Arifmetik  mantiqiy  qurilmaning  mantiqiy  strukturasining  qiyinligini  Arifmetik 
mantiqiy  qurilmaga  qo‘yilgan  masalani  yechishda  ishlatiladigan  mikrodasturlar, 
ko‘pligi bilan tushuntiriladi. 
 
Har  bir  registrning kirish  yo‘liga  tegishli mantiqiy  sxemalar  yig‘ilgan. Ular 
registrlararo muloqotni qo‘llashda ishlatiladi. 
So‘zlar  ustida  olib  boriladigan  operatsiyalarni  bajarilishi  so‘zlarni 
o‘zgartiradigan  va  arifmetik  mantiqiy  qurilmada  so‘zlarni  yetkazadigan  mikro 
buyruqlarga  olib  boriladi.  Mikrobuyruqlarning  bajarilish  tartibi  bajariladigan 
operatsiyalar  algoritmi  bilan  aniqlanadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  aytish 
mumkinki,  arifmetik  mantiqiy  qurilma  registrlar   va  ular  bajaradigan  funksiyalar 
bo‘ladigan operatsiyalarning uslubiga bog‘liq, arifmetik mantiqiy maxsus arifmetik 
amalga ega. 


 
 
 
7-rasm 
 
Arifmetik  mantiqiy  qurilma  bajaradigan  operatsiyalar  ro‘yxati  raqamli 
hisoblash mashinasi turiga bog‘liq. 
Shu  tariqa  arifmetik  mantiqiy  qurilma  strukturasi  berilgan  arifmetik 
mantiqiy  va  maxsus  operatsiyalarni  bajarilishi  bilan  belgilanadi.  Arifmetik 
mantiqiy qurilma qurilishi esa mikrodasturlarda bajariladigan mikrobuyruqlar bilan 
belgilanadi.  Arifmetik  mantiqiy  qurilmaning  undanda  soddaroq  sxemasini  olish 
uchun  arifmetik  mantiqiy  operatsiyalardan  eng  minimalini  tanlash  lozim.  Bunda 
arifmetik mantiqiy qurilmaning berilgan tezkorligini hisobga olish zarur.  


·  natija to‘lib-toshishi (AV) 
·  ishora (AS) 
·  holati (AQ)  
Sikl  oxirida  arifmetik  statusga  ega  bo‘lgan  signallar  o‘z  holatlarini 
o‘zgartiradi (ASTAT): 
X kirish porti 2 ta manbadan ma’lumot qabul qilishi mumkin:      AX- registr 
blokining  va  natijalar  shinasidan  natijalar  shinasi  (R)  barcha  hisoblovchi 
qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish