Registrlar turlari va tasnifi
Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor
ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga
kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin.
Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi,
shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va
amaliy maqsadga yo‘naltirilgan. Quyida foydalanuvchiga mo‘ljallangan amaliy
maqsadga yo‘naltirilgan registrlarni ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |