Ishga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bo‘lgan
fizik hamda dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va qaralayotgan dastur
faqat buyruqni kutadi.
Ishlovchi. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli
resurslarni ishga tayyor holatga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori imtiyozli
hisoblanadi. Ishlovchi dastur uchun kerakli bo‘lgan resurs unig uchun har doim
ishga tayyor holatida buladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak bo‘lgan resurs
ishlayetgan dasturga nisbatan yuqoriroq prioritetli dastur bilan band bo‘lsa
ishlovchi dastur kutish holatiga o‘tkaziladi. OS ning ayrim buyruqlari
foydalanuvchi dasturiga nisbatan prioriteti yuqori hisoblanadi. Albatta ixtiyoriy OS
ga foydalanuvchi dasturi ishini to‘xtatish imkoniyatini beradigan buyruq kiritilishi
zarur.