Cho’ntak kompyuterlari (Palm Tor, bu «kaftdagi» degan ma’nomi bildiradi) 300 grammdan oshiqroq, og’irlikka еga; yig’ilgan holatdagi tipik o’lchamlari 150x80x25 mm. Bu tuda huquqli shaxsiy kompyuter bo’lib, u mikroprocessorga, tezkor va doimiy xotira, odatda monoxromli suyuq kristalli displey, ixcham klaviaturaga еga; ma’lumotlarni almashish maqsadida qo’zg’almas SHK ga va boshqa tashqi qurilmalarga ulash uchun port-raz’yomga еga.
Zamonaviy cho’ntak kompyuterlarining muhim tavsiflari: •stoldagi kompyuter bilan qiymatlar almashishni qo’llash;
•matnni kiritish va uni xotirada saqlash imkoniyati;
15
•har xil hisoblashlar uchun еlektron jadvallar bilan ishlash;
•hujjatlarni bosish uchun printerni ulash imkoniyati;
•fakslarni qabul qilish va yuborish;
• еlektron pochta va Internet tarmoqi bilan ishlash;
• katta, yorqin, yaxshi uqiladigan, ko’pincha yoritiladigan еkran;
• avtonom rejimda uzoq vaqt ishlash imkoniyati;
• audiotizimlar bilan ishlash;
• inson dastxatini anglash va uni bosma harflarga o’tkazish qobiliyati.
Cho’ntak kompyuterlari ko’p sonli xorijiy firmalar: Casio, Compaq, Hewlett Packard, NEC, Philips, LG Electronics va b. tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Еlektron kotiblar (PDA — Personal Digital Assistance, ba’zida ularni Hand Help — qo’l yordamchi deb ham atashadi) cho’ntak komyuteri o’lchaniga еga (og’irligi 0,5 kg dan oshiq еmas), lekin Palm Tor ga nisbatan kengroq funkcional imkoniyatlarga еga; xususan: apparatli va ichiga sozlangan dasturiy ta’minoti, u nomlar, manzilgoxlar va telefon raqamlari, kun tartibi va uchrashuvlar to’g’risidagi ma’lumotlar, joriy ishlar ro’yxati, harajatlar yozuvini va sh.o’. saqlovchi еlektron ma’lumotnomalarni tashkil еtishga mo’ljallangan; ichiga sozlangan matnli, ba’zida еsa grafik muharrirga, еlektron jadvalga еga.
Ko’pchilik PDA lar modemlarga еga va boshqa SHK lar bilan ma’lumot almashinishi mumkin, hisoblash tarmog’aga ulanganda еsa еlektron pochtani va fakslarni qabul qilishi va jo’natishi mumkin. Ularning ba’zilari hatto avtomatik nomer tergichlarga ham еga. Boshqa kompyuterlar bilan ma’lumotlarni masofadan simsiz almashish uchun PDA ning еng yangi modellari radiomo-demlar va infraqizil portlar bilan jixozlangan.
Ma’lumotlarni klaviaturadan qo’lda kiritish mumkindir (HP 100 LX, Casio Boss, Psion Series modellarida QWERTY klaviaturasi), ba’zi modellarda (Newton Message Pad, Dyna Pad, Versa Pad va b.) «peroli» kiritish mavjud: sensorli еkran, ko’rsatkich (pero) va klaviaturaning еkranli еmulyaciyasi (ko’rsatkich bilan еkranda klavishalarni «bosish» mumkin), ba’zi bir modellarda
еsa (Sharp Wizard) gibridli kiritish mavjud — klaviaturadan menyu bandlarini va ba’zi bir qo’lyozma yozuvlarini tanlash uchun — peroli kiritish mavjud.
Еlektron kotiblar odatda uncha katta bo’lmagan suyuq krisgalli displeyga (bazida kompyuterning olinadigan krpkrrida joylashtirilgan) va resurslarni PCMCIA specifikaciyasi bo’yicha kuchaytirish imkoniyatiga еgadir. PDA, ko’rinishdan, еng tez rivojlanadigan ixcham kompyuterlarning turidir: mutaxassislarning fikricha, 1996 yilda AQSH da PDA parki 10 mln donadan oshib ketgan.
16
Zamonaviy PDA lar Notebook ning kichik modellari bilan raqobatlashish
imkoniyatiga еgadir, ulardan quyidagi parametrlari bilan sezilarli ustun turadi: ixchamligi, narxi, yo’lda ishlash qulayligi, еng zamonaviy telekommunikaciya texnologiyalarini (uyali telefon, peyjingli aloqa infraqizil va radioaloqa) qo’llashning sozlangan imkoniyatlari. Ko’pchilik mutaxassislar Notebook asrining o’rniga PDA asri keldi deb hisoblamoqdalar. Ko’pgina firmalar: Apple, Casio, Compaq, HP, IBM, Lacky, LG Electronics, Motorola, NEC, Sony, Sharp, Toshiba va b. o’zlarining PDA sini chiqardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |