Aim.uz
Shaxsiy kompyuter va uning qurilmalari
Reja:
Dastlab hisoblash uchun yaratilgan komyuterlarning imkoniyatlari hozirgi kunda “behisob” desak adashmaymiz. Shunday imkoniyatlarga IBM PC kompyuteri ham egadir. Bu kompyuter mashhur International Businness Mashsines Corporation korxonasining mahsulidir.
I
BM PC kompyuterlarining AT 386, 486 SX, 486 DX, 586 hamda Pentium turlari respublikamizda keng tarqalgan. Shuning uchun, quyida IBM PC kompyuteri tavsifini keltiramiz.
U
1-расм
shbu qismda IBM PC kompyuteri asosiy qurilmalari: protsessor, monitor, klaviatura tavsifi batafsil yoritilgan. Yordamchi qurilmalar vazifasi va imkoniyatlari qayd qilingan. Shuningdek, kompyuterdan foydalanish qoidalari, kompyuterni ishga tushirish tartiblari keltirilgan.
Shaxsiy kompyuterlarning asosiy qurilmalari
IBM PC shaxsiy kompyuteri quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi:
protsessor;
monitor;
klaviatura;
Bunda, klaviatura belgilarni kompyuterga kiritish, monitor ma’lumotni tasvirlash imkonini beradi.
Protsessor esa asosiy qurilma bo’lib, unda mikroprotsessor, operativ xotira, qattiq disk, kontroller, disketalar bilan ishlash uchun qurilmalar va hokazolar joylashadi.
K
2-расм
ompyuterning NOTEBOOK turi kichik hajmga ega bo’lib, unda protsessor klaviatura ostiga bekitilgan bo’ladi, monitor esa klaviatura kopkogi shaklida qilingan. Bu kompyuter kitobga o’xshashdir. Masalan, SOLO S120 kompyuteri o’lchami 51x300x224 mm va og’irligi maxsus elektr quvvati (batareylar) bilan birga 3,5 kg.
B
u kompyuter odatdagi kompyuter kabi ishlaydi. Zarur holda NOTEBOOK ni kompyuter va qo’shimcha qurilmalar bilan ulash mumkin.
Hozirgi kunda, NOTEBOOKlar 6 soat mobaynida ishlash imkoniyatiga ega. Shuning uchun ulardan keng foydalanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari
Kompyuter imkoniyatlarini oshirish maqsadida unga turli qo’shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Bu printer, “holat”, modem, skaner va hokazolardir. Bunda:
Printer - ma’lumotni qog’ozga chiqaradi;
“Holat” - ma’lumot kiritilishini yengillashtiruvchi manipulyator;
Modem - telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini beradi;
Skaner – qog’ozdagi ma’lumotni kompyuterga tasviriy ravishda kiritadi. Har bir qurilma protsessorda joylashgan mos ulagichga ulanadi yoki o’rnatiladi. Qo’shimcha qurilmani ulashdan avval kompyuterni o’chirish zarur, aks holda kompyuter ishdan chiqishi mumkin. Ba’zi bir qo’shimcha qurilmalarning batafsilroq tafsilotini shu qismning oxirida keltiramiz.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Dastlab, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi, ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun, maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas holda ishlab turadi hamda elektr manbai o’chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo’yish, yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo.
Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi
Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi quyidagicha:
stabilizator yoqiladi;
printer kerak bo’lsa, u yoqiladi;
monitor yoqiladi;
tizimli qism yoqiladi.
Shundan keyin, ekranda tekshiruvchi, maxsus programma natijalari, hamda operatsion sistemani ishga tushiruvchi programmalar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion sistema ishga tushgach, u komandalarni berishni taklif qiladi. Kompyuterdan to’liq foydalanish to’g’ri o’chirishga ham bog’liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi:
ishlayotgan programmalar tugatiladi;
tizimli qism o’chiriladi;
monitor o’chiriladi;
stabilizator o’chiriladi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |