Shaxsiy hujjat matnlarining lеksik-uslubiy xususiyatlari



Download 155,01 Kb.
bet21/27
Sana13.07.2022
Hajmi155,01 Kb.
#789998
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Davlat tilida ishyuritish fanidan mustaqil ishlar jamlanmasi

ESLAТMA ХAТ
Jo‘natilgan iltimos va so‘rov xatlarga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda eslatma xat yuboriladi.
Mazkur xatlar mazmun jihatdan uncha katta bo‘lmaydi. Ular mazmun va hajm jihatdan telegrammalarga yaqin turadi.
Odatda, eslatma xat bir yoki ikki jumladan iborat bo‘lib, kotib tomonidan imzolanadi. Ushbu xatlar matni quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1989 yilning 15 oktabrida korxonamiz uchun 100 000 (yuz ming) dona shifer ajratishni so‘rab Sizga xat yo‘llagan edik, biroq xat javobsiz qoldi. Iltimosimizni qondirishingizni va 23 dekabrgacha bizga bu xabar berishingizni takroran so‘raymiz.
Meva-sabzavotlarni yig‘ishtirib olish boshlanganligi sababli, sabzavot saqlash omborxonasini sovutish uskunalari bilan qayta jihozlashni qisqa vaqtda tugatishni yana bir bor Sizdan iltimos qilamiz.
Bir necha marta eslatilganligiga qaramay, shu paytgacha Sizning birlashmangiz kelasi yil ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash uchun davrom etmadi. Ko‘rsatilgan materialni 22 aprelgacha tasdiqlash uchun taqdim qilishingizni so‘rayman.
Inkor usuli bilan ham eslatish mumkin:
Shartnoma tuzilgandan keyingi 10 kun ichida yetkazib berishingiz kerak bo‘lgan mahsulotni haligacha qabul qilmadik. Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, Sizning institutingiz 1990 yilning 12 fevralida tuzilgan 126-raqamli shartnomaning 2-bandiga binoan yilning birinchi yarmida ishchilar shaharchasining bog‘i loyihasini tayyorlashi kerak. Shunga ko‘ra loyihani tayyorlash ishlari qanday borayotganligi haqida bizni xabardor qilishingizni so‘raymizhlili qilish

Shaxsiy hujjat va turlari
Reja:


  1. BUYRUQ va DALOLATNOMA.



  1. ISHONCHNOMA, TAVSIFNOMA va MALUMOTNOMA.


BUYRUQ.
Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq, farmoyish, korsatma kabi farmoyish hujjatlari tayyorlanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.
Nisbiy manoda mustaqil sanaladigan, oz muhri va shtampiga ega bolgan tashkilot yoki muassasa doirasida yuritiladigan asosiy hujjatlardan biri bolib, Shu tashkilot yoki muassasa uchun muhim hisoblanadigan vazifalar uning yordamida hal etiladi.
Huquqiy hujjat bolgan buyruqni bajarish, mazmunidan kelib chiqib uni ijro etish vazifasi yuklatilgan shaxslar uchun majburiy sanaladi. Ijrosi amalga oshmay qolgan taqdirda esa bu shaxslarga nisbatan mamuriy chora korilishi mumkin. Shuning uchun buyruqni chiqarish murakkab jarayon hisoblanadi va zaruriyatga qarab unga imzo chekadigan rahbar, oz orinbosarlari, tegishli bolim boshliqlari va mazkor buyruqni bevosita bajaruvchilar bilan oldindan kelishib olinadi. Oldindan oylab, kelishib chiqarilgan buyruq tolaligicha bajariladi hamda tashkilot va uning rahbariga obro keltiradi. Hayotda buning aksi ham bolishi mumkin. Buyruqlar ikki yonalishda chiqariladi: asosiy faoliyatga va kadrlarga tegishli buyruqlar.
Tashkilot yoki muassasaning asosiy faoliyati birinchi turdagi buyruqlar asosida olib boriladi. Ular asosida xodimlarning kunlik va haftalik ish vaqti, oquv yurtlarida oqituvchining oquv soatlari hajmi, amalga oshirishi lozim bolgan vazifalar, manaviy va moddiy ragbatlantirish, maosh belgilash va lozim bolganda mamuriy choralar korish, malum sanalarda amalga oshiriladigan tadbirlar singari holatlar rasmiy tarzda belgilab qoyiladi. Bunday buyruqlar tashkilot yoki muassasaning oz tashabbusi, bazan yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq, farmoyish va korsatmalarni bajarish maqsadida yuzaga keladi. Ularning ijrosi har bir mahkamada ozlari belgilagan tartibda nazorat qilib boriladi.
Buyruqning asl nusxasi Ozbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan maxsus blankada qogozda rasmiylashtiriladi. Dastlab yuqori tashkilot yoki vazirlikning nomi, shundan song buyruq chiqaruvchi tashkilot yoki muassasaning nomi va ortadan Buyruq degan soz yoziladi. Uning pastidan chap tomonda hujjat sanasi, ong tomonda tartib raqami, biroz pastdan ortada buyruq chiqqan joy nomi korsatiladi. Yangi qatordan chap tomonda buyruqning nima haqda ekanligi, yani sarlavhasi yozilgach, asosiy matn beriladi va oxirida tashkilot va muassasa rahbari tomonidan imzo chekiladi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit korsatiladi, asos qilingan buyruq (hujjat)ga havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bolmagan hollarda togridan-togri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan BUYURAMAN: sozini bosh harflar bilan ikki nuhta qoyib yozishdan boshlanadi. Shundan song farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bolsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi felning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, otkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani, bazan esa ilgarigi yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi.
Bazan farmoyishdan song buyruqqa asos bolgan hujjat nomi ham korsatiladi.
Buyruqning loyihasi uning bajarilishi aloqador bolgan barcha mutasaddi kishilar tomonidan imzolanishi lozim. Eng muhimi, u tashkilot yoki muassasa huquqshunosi korigidan otishi va uning ham imzosi bolishi shart. Shunday qilinganda bu hujjat huquqiy jihatdan asosli va mustahkam boladi. Chunki huquqshunos unga imzo chekishdan avval buyruqning qonuniy jihatlari togrisida oylab koradi, uning amaldagi qonunlar, hukumat va tegishli vazirliklar hamda shu tashkilot tomonidan avval chiqarilgan buyruqlarga mos kelish-kelmasligini tekshirib koradi. Kadrlar togrisidagi buyruqlar bu hujjatning ikkinchi bir turini tashkil etadi. Ular xodimlar ishga qabul qilinganda yoki boshatilganda, shu tashkilot yoki muassasa ichida boshqa vazifaga otkazilganda, mehnat tatiliga chiqqanda yoki manaviy-moddiy ragbatlantirilganda, boshliq tatilga ketib, uning orniga vaqtinchalik orinbosari yoki boshqa bir xodim tayinlanganda, xodim malaka oshirishga yoki xizmat safariga jonatilganda chiqariladi. Bunday buyruqlarga odatda quyida ishlaydigan rahbar va boshliqlarning bildirishnomasi yoki tavsiyanomasi, xodimning arizasi yoki boshqa omillar asos va sabab bolishi mumkin.
Zarur bolgan holatda ijro etuvchilarga, xodimga yoki taqdim etilishi lozim bolgan idoraga buyruqdan kochirma beriladi. Unga kadrlar bolimining boshligi Asliga togri deb yozadi, imzo chekadi va muhr bosadi. Bu mazmundagi buyruqlar ham albatta yuqorida aytilgan tartibda huquqShunos korigidan otkaziladi.

Download 155,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish