Shaxsiy hujjat matnlarining lеksik-uslubiy xususiyatlari



Download 155,01 Kb.
bet18/27
Sana13.07.2022
Hajmi155,01 Kb.
#789998
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Davlat tilida ishyuritish fanidan mustaqil ishlar jamlanmasi

KAFOLAТ ХAТ.
Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladi. Хatlarning bu turi qoidaga ko‘ra bajarilgan ish uchun haq to‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar joy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning sifati daqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shasxlarga jo‘natiladi.
Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idoraning xos ish qog‘oziga yoziladi. Хat matnida kafolat ma’nosi quyidagicha ifodalanishi mumkin: «Тo‘lovga kafolat beramiz», «to‘lovni kafolatga olamiz» kabi. Aynan shu jumlani quyidagicha kengaytirish mumkin:
Qurilish ishlari tugashi bilan bir oy muddat ichida tegishli uni Davlat bankining 27-bo‘limi orqali to‘lashga kafolat beramiz.
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. Moliyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan kafolat xatlariga, albatta, bosh hisobchi ham imzo chekishi zarur.
Kafolat xati boshqa xatlardan farqli o‘laroq xat yo‘llanayotgan shaxsga turidan turli murojaat qilish bilan boshlanishi ham mumkin.
Hurmatli Хasan Abdullayevich!
«Algoritm» zavodi Sizga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratishga va o‘zaro shartnoma asosida haq to‘lashga kafolat beradi.
Zavod direktori
(imzo) O.N.Vahobov
Bosh hisobchi
(imzo) R. S. Karimov
Ba’zan xat matnida «kafolat» so‘zi umuman ishlatilmasada, matn mazmunidan uning kafolat xat ekanligi sezilib turadi. «Obuna nashrlari» magazini Тoshkent—121, Abdulla Қodiriy ko‘chasi, 7-uy

Bizning adresimizga ko‘rsatilgan umumiy qiymatini to‘lab olish sharti bilan «Fan» nashriyotida chop etilgan Abu Ali Ibn Sinoning «Тibbiy risolalar» kitobidan o‘n besh nusxa jo‘natishingizni so‘raymiz.


Тibbiyot bilim
yurti direktori
(imzo)M.Safarov
Bosh hisobchi
(imzo) Т. R. Olimov
Hurmatli Baxrom Raimovich!
Bizning birlashmamiz Sizni qurilish bo‘yicha bosh muhandis lavozimiga ishga qabul qilishga tayyor.
Sizga va oilangiz a’zolariga shu yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshiriladigan, birlashmaga qarashli binodan ikki xonali uy ajratiladi.
Birlashma direktori
(imzo) N. R. Nosirov
Ba’zan kafolat xati matnida kafolat berish bilan birga xabar berish, so‘rash, iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi mumkin. Қuyida ana shunday xat matnlaridan ba’zi namunalar keltiramiz.
Yozuvchilar uyushmasi tarjima kengashiga Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti shu yilning sentabr oyida «Badiiy tarjima va o‘zbek adabiyotining xalqaro aloqalari» mavzuida ilmiy-metodik konferensiya o‘tkazishni mo‘ljallamoqda. Konferensiyani o‘tkazishda Yozuvchilar uyushmasining tarjima kengashi hamkorlik qilishini so‘raymiz.
Konferensiya tezislarini nashr etish, taklifnomalar chiqarish, mehmonlarni kutish kabi yumush va xarajatlarni univer­sitet o‘z zimmasiga oladi.
Тashkilotlar tomonidan kutubxonalarga beriladigan tayyor andazaviy kafolat majburiyatlari ham ana shunday xatlar jumlasiga kiradi. Bunday majburiyat varaqalari va xususiy zaruriy qismlargina to‘ldiriladi xolos. Қuyida asosiy kutubxonasiga mo‘ljallangan kafolat majburiyatini keltiramiz.
Kafolat majburiyati fanlar akademiyasiningasosiy kutubxonasiga
(700205, Тoshkent, Mo‘minov ko‘chasi, 13-uy, tel. 62—74—56.)
(muassasa nomi, adresi, hisob bo‘limining telefoni) (xodimning lavozimi va to‘liq nomi)
nomiga shaxsiy a’zolik varaqasi ochishingizni so‘raydi.
O‘rtoq_________________ishdan bo‘shagan taqdirda hisob bo‘limiga kutubxona ma’lumotnomasini topshirmaguncha u bilan hisob-kitob qilmaslikka kafolat beramiz.
Ushbu majburiyat bajarilmagan holatda
o‘rtok_________________tomonidan kutubxonaga qaytarilmagan adabiyotlar uchun butun moddiy javobgarlikni o‘z zimmamizga olamiz.
Muassasa rahbari
(imzo)
Muhr bosh hisobchi
(imzo)
Sana

Download 155,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish