Shaxsiy hujjat matnlarining lеksik-uslubiy xususiyatlari


Sog‘lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida



Download 155,01 Kb.
bet13/27
Sana13.07.2022
Hajmi155,01 Kb.
#789998
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Davlat tilida ishyuritish fanidan mustaqil ishlar jamlanmasi

Sog‘lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida.
Sog‘lom va bilimli yosh avlod tarbiyasi – davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanganligini ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlarini ta’minlovchi qonunchilik bazasining takomillashtirilayotganligida ko‘rishimiz mumkin. Sog‘lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta’minlaydigan mustahkam poydevordir. Shu bois yosh avlod kelajagi yo‘lida alohida va doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan. Mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi va salomatligini mustahkamlash uchun har tomonlama qulay shart-sharoit yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, aholisining uchdan ikki qismini yoshlar tashkil etadigan mamlakatda bolalar manfaatini hisobga olmaslikning aslo iloji yo‘q. Shuning uchun ham “Oila yili” (1998), “Ayollar yili” (1999), “Mustahkam oila yili” (2012), “Obod turmush yili” (2013),
“Sog‘lom bola yili” (2014), “Sog‘lom ona va bola yili” (2016) kabi Davlat dasturlarida aynan, bolalar sog‘ligi va ularning tarbiyasi uchun to‘laqonli sharoitlar yaratish masalalariga katta e’tibor qaratilgan.
Mamlakatimizda yoshlar siyosati masalasida olib borilayotgan yuqoridagi Davlat dasturlaridan ham ko‘rinib turibdiki, sog‘lom bola masalasi avval-boshdanoq mustaqil O‘zbekistonimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo‘naltirilgan davlat xarajatlari bir necha barobar ko‘paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Buning natijasida onalar o‘limi 2 barobardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 barobar kamaydi. Bola huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi.
Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib, hozirda mazkur yo‘nalishda BMTning YUNISEF tashkiloti bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi BMTning “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyasiga 1992 yil 9 dekabrda qo‘shilgan. Mamlakatimiz “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to‘g‘risida”gi konvensiyaga (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda “Bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to‘g‘risida”gi konvensiyaga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) ham qo‘shilgan va ushbu hujjatlar qoidalaridan kelib chiqadigan o‘z majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’yi-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida bugungi kunda jami 25 ta Mehribonlik uyi, 2 ta Bolalar shaharchasi, 6 ta Oilaviy bolalar uyi, 18 ta kam ta’minlangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oila farzandlari uchun mo‘ljallangan maktab-internat hamda 88 ta maxsus maktab-internat faoliyat olib bormoqda.
Olib borilayotgan ushbu keng ko‘lamli ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizdagi har bir bolani ta’lim-tarbiya jarayoniga tortish orqali kelajakda ularni har tomonlama yetuk, barkamol shaxslar etib tarbiyalashdir.
Bolalar haqida gapirganda albatta, 2017 yil 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlarini ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lardi: “Ayni paytda farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining zamon talablariga mos kelmasligi ham sir emas. Ushbu sohaga bir paytlar e’tiborimizni susaytirib yuborganimiz oqibatida ko‘pgina muammolar yig‘ilib qolganini ochiq aytish lozim.
Bog‘cha tarbiyasini ko‘rgan bolaning ongi, dunyoqarashi qanday yuqori bo‘lishini bugun kimgadir isbotlab o‘tirishning, o‘ylaymanki, hech qanday hojati yo‘q.
Bu holatlarning barchasini hisobga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlik zimmasiga ma’muriy islohotlar doirasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, bir qator muhim vazifalar yuklandi.
Bu borada qabul qilingan dasturga muvofiq yaqin 3-4 yil mobaynida yurtimizdagi barcha hududlarda, bu katta shaharlar bo‘ladimi yoki olis qishloq va ovullar bo‘ladimi, minglab yangi bog‘chalarni qurishimiz zarur. Ularni zamonaviy talablar asosida jihozlab, malakali tarbiyachi va mutaxassislar, yangi metodika bilan ta’minlashimiz kerak.
Bu so‘zlarning amaliy isbotini kundan-kunga amalga oshirilayotgan ishlar misolida yaqqol kuzatish mumkin. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, fikrlash doirasini oshirish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, tadbirlarning mazmuniga e’tibor qaratilayotganligi quvonarli xol albatta. Yuqorida aytilgan fikrlarning me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinayotganligi ishning tizimli tashkil etilishiga zamin yaratadi.




Download 155,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish