Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmagan
mamlakat turg’unlikka yo’z tutadi va oqibatda inqirozga mahkum bo’ladi. Negaki, har qanday
jamiyatning o’sib, rivojlanishi uchun moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish to’xtovsiz
ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun har bir avlod moddiy va ma'naviy boyliklar
yetishtirishni ajdodlaridan yaxshiroq darajaga ko’tara bilish kerak. Yosh avlodda ana shunday
moddiy va ma'naviy qobiliyatlar shakllantirilishi uchun jamiyat uzluksiz ravishda samarali
faoliyat ko’rsatadigan tarbiyaviy institutlar tizimiga ega bo’lishi taqozo etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |