Shaxs yetukligi va oilaviy munosabatlarni kо‘rinishi Reja:
Oiladagi axloqiy–ma’naviy muhit, psixologik-pedagogik madaniyati darajasining yuqoriligi, insonning moddiy ehtiyojlari bilan bir qatorda ma’naviy extiyojlarining tо‘la qondirilishi oila mustahkamligini ta’minlaydi. Shaxsning ijtimoiy hayotdagi о‘zgarishlar uning nikoh-oila munosabatlariga ham ta’sir qiladi. Nikoh-oila munosabatlarida bir qator ijobiy о‘zgarishlar bilan birga ma’lum muammolar mavjud.
Bugungi kun oilasining mustahkamligida ayrim psixofiziologik omillarni ilgaridan mavjud bо‘lgan ahamiyatligini tashqi va ochiq ifodalanishi hollari о‘sib bormoqda.
Ayniqsa, er-xotin о‘zaro munosabatlariga ta’sir etuvchi jinsiy qoniqmaslik, jinsiy hayot borasidagi savodsizlik, madaniyat darajasining past ekanligi nikohdan tashqari jinsiy munosabatlarining ortish hollarining, ajralish hollarining kо‘payishiga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |