Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi fanidan yakuniy nazorat test savollari
1. Katta millatlarga quyidagilardan qaysilari kiradi?
A.xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar B. inglizlar, fransuzlar, ispanlar, turklar
S. portugallar, polyaklar, efiopiyaliklar D. nemislar, yaponlar, qozoqlar, forslar
2. .......— millat ma'naviy kamolotining barcha jihatlarini, merosi va bugungi qadriyatlarini o'z ichiga oladi. Bu millatga tegishli muayyan kishilarning, boshqalarda uchramaydigan xislatlarning o'rni, mavjudligi, xizmati va shu kabilarning boshqalarga ta'kidlay olishdan hosil bo'luvchi tuyg'u. Erishilgan va erishilajak yutuqlar ko'paygan sari O'zbekiston bilan faxrlanish tuyg'usi shunchalik osha boradi.
A. Milliy his B. Milliy xarakter S. Milliy g'urur D. Milliy iftixor
3. O'zbekistondagi jami aholining 4,7 foizini tojiklar, 4 foizini qozoqlar, ………. tashkil qiladi.
A. 5 foizini qirg'izlar, 1,7 foizini turkmanlar tashkil qiladi.
B. 6 foizini qirg'izlar, 0.3 foizini turk manlar tashkil qiladi.
S. 0,9 foizini qirg'izlar, 0,7 foizini turkmanlar tashkil qiladi.
D. 0,6 foizini qirg'izlar, 0,8 foizini turkmanlar tashkil qiladi.
4. …….— suveren davlatlar ittifoqi bo'lib, и muayyan (iqtisodiy, harbiy va boshqa) maqsadlarga erishish uchun tashkil etiladi.
A.Federatsiya B. Konfederatsiya S. Unitar D. Avtoritar
5. O'zbekistonda dinga, dindorlarga nisbatan davlat munosabati O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida belgilab qo'yilgan.
A. 30 B. 29 S. 31 D. 39
6. O'zbekistonda BMTning vakolatxonasi qachondan ish boshladi?
A. 1993-yilning fevrali B. 1992 yil 2 mart S. 1992 yilning mayi D. 1993 yilning yanvari
7. 1992 yil mamlakatimiz mustaqilligini nechta davlat tan olgan?
A. 145 B. 150 S.120 D. 130
8. BMT Nizomining quyidagi hollarda harbiy kuchga murojaat qilishga ruxsat beradi: milliy-ozodlik urushida xalq qo'liga qurol olib urushish huquqiga ega deb nizomning nechanchi moddasida ko’rsatilgan?
A. 56- moddasi B. 73 moddasi S. 51-moddasi D. 42-modda
9. Kim o'z ijodida jamiyatda ma'rifat, ijtimoiy adolat va xalq farovonligini ta'minlovchi tartiblar o'rnatish zarurligini aks ettirdi?
A. Furqat B. Berdaq S. Turdi Farog’iy D. Muqimiy
10. «shaxs va jamiyat» o‘quv predmeti integrativ kurs bo‘lib, uning mazmunini bayon qilishda asosiy jihatlariga ko‘ra hozirgi umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlar sohasida qabul qilingan sivilizatsiyaviy yondashishga tayaniladimi?
J: ha
11. Atoqli olim V. I.Vernadskiyning quyidagilardan uning fikrlarini toping?
A. Katta bir bosmaxonaning portlab ketganini ko'z oldingizga keltiring. Undagi barcha harflar bir kilometr balandga uchib ketgan. Shu ma'noda hayotning tasodifan vujudga kelish ehtimoli ana shu harflarning yerga tushib 46 tomdan iborat Britaniya ensiklopediyasi matnlarini hosil qilishi ehtimoli bilan baravardir
B. «... iyulning o'rtasida men og'zi keng bo'lgan to'rtta idish oldim, ularning biriga ilonni, ikkinchisiga — baliq parchasini, uchinchisiga — Arno daryosidan tutilgan ilonbaliqni, to'rtinchisiga — buzoq go'shtini soldim va ularni yaxshilab bekitib, og'zini muhrlab qo'ydim. So'ngra yuqoridagi to'rtta narsani xuddi shunday boshqa to'rt idishga joylashtirdim, ammo ularning og'zini ochiq qoldirdim ... Tezda ochiq idishlardagi go'sht va baliq qurtlab ketdi; bu idishlarga pashshalarning erkin kirib-chiqib turgani ko'rinib turardi. Ammo oradan ko'p kunlar o'tgan bo'lsa-da, mustahkam bekitilgan idishlarda qurtlar paydo bo'lganini ko'rmadim»
S. bakteriyalarning juda yashovchanligi, yaxshi sterilizatsiya qilinmasa, notirik materiallarning osonlikcha bakteriyalar bilan zararlanishini ko'rsatib berdi. Bu eksperimentlar boshqa bir muammoni keltirib chiqardi. Har qanday tirik organizm boshqa tirik organizmdan vujudga kelar ekan, u holda birinchi tirik organizm qanday paydo bo'lgan?
D. Biz uchun hayotning faqat Yerga oid alohida hodisa emas, balki kosmik hodisa ekanligi aniq bo'lib bormoqda. Kosmik modda doimo va turli shakllarda Yerga tushib turadi va Yer (moddasi) kosmik fazoga chiqib ketadi. Planetamizga hayotni o'zining alohidaligini qattiq yoki suyuq shaklda ham saqlab tura oladigan, demakki hamma joyga kirib ketaveradigan — yerning tortish kuchidan ham chiqib keta oladigan — materiyaning eng nozik zarrachalari bergandir ehtimol. Hayot esa latent (yashirin) holatida — sporalarda, urug'larda ... noma'lum muddat, ehtimol, geologik asrlar mobaynida saqlanib turishi mumkin
12. Platon amal qilayotgan turli davlat idora qilish shakllarini ko'rsatib o'tadi. Platonning fikricha, davlatning yomon shakllari, salbiy modellari deb qaysi shakllarni ko’rsatadi?
A. aristokratiya, timokratiya, despotik B.timokratiya, tiraniya va oligarxiya
S. oligarxiya, demokratiya, diktatura D. tiraniya, respublika, aristokratiya
13. Dunyoga kelgan paytda inson jamiyatda mavjud bo'lgan muayyan aloqadorliklar va munosabatlar tizimiga tushadi va unga singib ketadi. Bu jarayon deb ataladi?
A. Ijtimoiylashuv B. Differensiyalashuv S. Integratsiyalashuv D. Sivilizatsiyalashuv
14. Buddizm ta'limoti markazida to'rt haqiqat g'oyasi yotadi. Bu haqiqatlardan uchunchisini toping? A. haqiqat azob-uqubatlardan qutulishga olib keluvchi yo'l
B. hayot azob-uqubat chekishdir S. azob-uqubatning kelib chiqishi, azob-uqubatning ildizi
D. azob-uqubatning sabablari mavjud.
15. Konfutsiyning fikricha Oliyjanob kishi burch haqida o'ylaydi, past kishi esa ………
A. mansabni B. g’amginlikni S. foydani D. fitna qilishni
16. Mark Tulliy Sitseronning fikricha ......
A. jamiyat, ijtimoiy muassasalar (huquq, qonunlar) kishilar o'rtasida tuzilgan o'zaro kelishuv natijasidir.
B. Davlatning maqsadi, uning fikricha, fuqarolar uchun xavfsizlikni va mulkdan erkin foydalanishni ta'minlashdan iborat. «O'z xalqiga oliy hokimiyatdan foydalanish imkoniyatini bera olgan jamiyatgina erkinlikning haqiqiy qo'rg'onidir»
S. barcha faylasuflar o'zlari qanday yashayotganlari haqida emas, balki qanday yashash kerakligi haqida gapiradilar. Fazilatlar haqida gapiraman, ammo o'zimniki haqida emas. Gunohlarga qarshi kurashaman, bunda esa o'zimning shaxsiy gunohlarimga ham qarshi chiqaman, qachonki ularni yengib o'tsam, qanday yashash kerak bo'lsa, shunday yashayman.
D. «inson hukmiga bo'ysunadigan yagona narsa — uning fikrlaridir», «O'z qalbingga qara! U yaxshilik manbayidir, unga e'tibor bera olsak, u buloq suvi kabi to'xtovsiz oqadi».
17. Munis Xorazmiy Shoir xalqqa adolat ko'rsatadigan xalqparvar hukmdorni orzu qiladi. Shohlarni insofga chaqirib u qaysi g'azalida podshohga qarata xitob qilib: «Ey shoh, zulm qilma, tag'in mazlumlaring ashki davlating binosini yiqmasin» deydi.
A. Suv B. Ushshoqi podshoh S. Qasidai nasihat D. Xalqparvar hukmdor
18. Metod - bu biror bir maqsadga erishish usuli, masalaning to'g'ri yechimiga aytiladimi?
J:ha
19. Kantning fikricha.......
A. Odamlar o'zlarining shaxsiy ideallariga yetishish maqsadida o'zlari o'ylaganlaridan ham ko'ra ko'proq narsalarga erishadilar. Buni tushunib yetmay turib ular tarix g'ildiragini ilgari surib, tarix qonuniyatlarini amalga oshiradilar.
B. Inson tabiat saltanati va «gumanizm» («insoniylik») saltanati, ya'ni o'z kuchi, aql va axloqini mukammallashtirish va ulardan foydalana olish sohasi orasida turadi. «Insoniylik»ning mazmuni boshqalarning azoblariga hamdard bo'la olish qobiliyati bo'lib, uning eng yuqori darajasi insonda mujassamlashgan.
S. yagona suveren hisoblanmish «xalq» deganda yakobinchilar yoki marksistlar kabi jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlamini (kambag'allar, «uchinchi tabaqalar», mehnatkashlar kabi jamiyatning past qismini) emas, ijtimoiy shartnomada qatnashuvchi barchani (ya'ni, aholining, millatning katta yoshdagi barcha erkaklarini) ko'zda tutadi.
D. shartnomaga asoslangan munosabatlarni bajarishda har ikki tomon shartnoma, kelishuv, va'da kabilarga asoslangan insoniyat jamiyatini yakson qilmaslik uchun o'z egoizmigagina emas, balki o'zlarining cheklanganliklariga ham asoslanadilar.
20. Kim o’zining «Insonning qadr- qimmati to'g'risida»gi asarida u unson o'ziga xos mikrokosmosdir deydi. A. Franchesko Petrarkani B. Aligeri Dante S. Foma akvinskiy
D. Piko de Mirandola
21. O’zbekistan Respublikasi umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimida «Shaxs va jamiyat» ijtimoiy-gumanitar yo’nalishdagi predmetlarning asosiy xulosalarini o’zida ifodalovchi yakuniy o’quv predmeti hisoblanadimi?
J: ha
22. “Shaxs va jamiyat” darsligini o’zlashtirish davomida o’quvchilarda quyidagi shakllantiriladigan ko’nikmalarni qaysi biri taaluqli emas?
A. tarixiy voqealarning amal qilishi jarayonining kishilar ongiga, dunyoqarashiga ta’sirini ko’ra bilish
B. dunyoning kelib chiqishi, insonning vujudga kelishi va jamiyatning rivoji to’g’risidagi bilimlarni tarixiy, antropologik materiallar vositasida kengaytirish va chuqurlashtirish
S. jamiyatdagi hodisa va jarayonlarning xarakterini turli xalqlar tarixi misolida ko’rib chiqish va ularning umumiy tendensiyasini aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |