Tarbiyada oilaviy munosabatlar-Oila jamiyatning bir bo‘lagi. SHunday ekan, inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruxiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoadir. SHu sababli oilalar birlashib jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Oila-Voyaga etgan ikki jinsning sevilish, ardoqlash, xurmat qilish asosida, ixtiyoriy ravishda, qalb xohishi bilan tuzilgan qonuniy ittifoqidir.
Oila maqsadi-Ikki jinsning o‘zaro kelishuvi asosida farzandni dunyoga keltirish hamda tabiat va jamiyatning davomiyligini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |