Shaxs so’rovnomalari


Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi



Download 0,61 Mb.
bet4/6
Sana22.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#574074
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shaxs so’rovnomalari

Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.

Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar kiradi.

  • Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi.

So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi

Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma’lumot berishi anketa metodi deb aytiladi.

Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi.

Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».

  • Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.

Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik):


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish