- Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
- 1. Shaxs haqida tushuncha
- 2. Shaxsning faolligi
- 3. Shaxsning shakllanishiga ta`sir qiluvchi omillar
- 4. Shaxsning malaka va odatlari
- Inson, odam juda ko`plab fanlarning o`rganish ob`ekti bo`lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o`rganadi. O`z ob`ektini belgilash va ta`riflash uchun turli tushunchalar qo`llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo`luvchi ongli faoliyat sub`ekti sifatida o`rganadi. Psixologiya fanida odamni ta`riflashda ko`plab tushunchalar qo`llaniladi. Shu jumladan "shaxs", "individ", "individuallik" tushunchalari ham qo`llaniladi.
- Individ sifatida dunyoga kelgan kishi hayot jarayonida alohida sosial fazilat kashf etadi, shaxs bo`lib etishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina ShAXSga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma`lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o`zaro munosabatda, til yordamida ijtimoiy tajribani o`zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
- Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo`lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o`zlashtiradi, o`zi uchun o`zgartiradi - bu jarayon davomida o`zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning o`zi hayot uchun yo`l tanlashida, bu yo`lni egallashida, hayotda o`z mavkei va urnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta`sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta`sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta`sir qiladilar. Masalan bir xil baho turli o`quvchilarga turlicha ta`sir qiladi.
- Shaxsni faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san`atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o`rganadi. Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sosialligi, ongi va tilidir. Inson shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning INDIVIDUALLIGIDIR.
- Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda NISBATAN DOIMIYLIKKA ega. Odamning psixik holatlari, o`zini tutishi o`zgarib tursa ham shaxsning psixologik kiyofasi ma`lum darajada barqaror bo`lib qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma`lum vaziyatlarda o`zini qanday to`tishini oldindan belgilashning asosi bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |