- Ushbu metodika yordamida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning o`z-o`zini baholashi tashxislanadi. Tadqiqotchi 10 xil shaxs sifatlari haqida savol berib, qaydnomada belgilab boradi va ular ballarga aylantiriladi.
- Natijalarni baholash
- “Ha” shaklidagi javoblar 1 ball bilan, “Yo`q” shaklidagi javoblar 0 ball bilan baholanadi. “Bilmayman” va “Ba`zan” javoblariga 0,5 ball beriladi. Bolaning o`z-o`zini anglashi umumiy ballar yig`indisi bilan aniqlanadi.
- Bola taraqqiyoti haqida xulosa:
- 10 ball – juda yuqori
- 8-9 ball yuqori
- 4-7 ball – o`rtacha
- 2-3 ball – past
- 0-1 ballgacha – juda past
№
|
Shaxs sifatlarini sharhlash
|
Og`zaki javoblar shkalasini baholash
| | | | | |
Ha
|
Yo`q
|
Ba`zan
|
Bilmayman
|
1
|
Yaxshi
|
|
|
|
|
2
|
Mehribon
|
|
|
|
|
3
|
Aqlli
|
|
|
|
|
4
|
Tartibli
|
|
|
|
|
5
|
Gapga kiruvchan
|
|
|
|
|
6
|
E`tiborli
|
|
|
|
|
7
|
Muloyim
|
|
|
|
|
8
|
Qobiliyatli
|
|
|
|
|
9
|
Mehnatsevar
|
|
|
|
|
10
|
Rostgo`y
|
|
|
|
| - Shaxs so`rovnomalarining keng tarqalgan namunalari
- Shaxsni o`rganishda turli maxsus metodikalardan foydalanish bilan birga shaxsning qiziqishlariga, ehtiyojlariga, uning atrofdagi odamlar bilan munosabatiga tegishli va boshqa savolnomalar ham keng qo`llaniladi. Savolnomalr yordamida tadqiqot o`tkazish eksperimental psixodiagnostikv tekshiruv o`rnini bosmaydi, ularni to`lditadi, chuqurlashtirishi mumkin.
- Bolalarni tekshirishda savolnomalardan foydalanish o`z xususiyatiga ega. Masalan, bola mustaqil ravishda savolnoma qog`ozini to`ldirishi mumkin emas, chunki savol noto`g`ri tushunib, noto`g`ri javob berishi mumkin. Tadqiqotchi bolani savol bilan tanishtirishda, uning ma`nosini tushuntiradi, shundan so`ng javobni maxsus qog`ozga belgilab qo`yiladi.
- R.Kettell testining bolalar varianti
- Bu metodika bog`cha bolalari va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun maxsus mo`ljallangan bo`lib, Kettellning kattalar uchun mo`ljallangan 16-omilli shaxsni o`rganish testining moslashtirilgan variantidir.
- Testing tuzilishi. Test bola shaxsining asosiy xususiyatlarini ifodalovchi shkalani o`z ichiga oladi. Har bir xususiyatning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Masalan, aqliy rivojlanganlik- aqliy rivojlanmaganlik. Shkalaning eng minimal nuqtalari oralig`I 10 ballni tashkil etadi. O`rtachasi esa 5,5 ball. Quyida 11 ta shaxs xususiyatlari tavsifi berilgan. Metodika bo`yicha shaxs xususiyatlarining 3 xil rivojlanish darajasi bor:
- Quyi- 1-3
- O`rtacha -4-7
- Yuqori 8-10
- Har turli shaxs xususiyatlarining rivojlanishini aniqlashda 2 oxirgi qutb hisobga olinadi va quyi miqdori qabul qilingan shkala bo`yicha ularga mos miqdoriy baholar va qisqacha ta`riflar beriladi.
-
Munosabat-odamlar o`rtasidagi birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojining ko`p qirrali jarayonidir. Munosabatning uch jihati farqlanadi: kommunikativ (axborot uzatish), perseptiv (o`zaro birgalikda harakat qilish). Nutq-bu og`zaki kommunikatsiya, til yordamida munosabat qilish jarayonidir.
Sotsiometriya, referentometriya metodikalari
Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi.
Metodika o`tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya(yoqish) va antipatiya (yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo`ljallangan. Shuningdek, metodika yordamida guruhdagi noramiy lidelar , munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aiqlash mumkin.
- Metodika ikki xil shaklda o`tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o`tkazishda sinaluvchilarga o`z guruhidan tanlaydigan kishilaning soni chegaralab qo`iladi. Sinaluvchining oldiga guruh a`zolarining ro`yxati qo`yilib, shu kishilarga o`ziga yoqish yoki yoqtirmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a`zolari soni 15-16 tadan oshgandan so`ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompyuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi 20-25 ta tengdoshlarini obyektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin.
- Metodikaning 2-shakli parametric tarzdagi tanlovlar bo`lib, shaxsga o`zi faoliyat guruhdan 3-5 tagacha kishilani tanlash taklif etiladi, ya`ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi.
- Parametric tarzdagi tanlovlar
- Tadqiqotchilarning fikricha, parametric tarzdagi tanlovlar sodda, ishonchli bo`lib muhim tanlovlar sonini va qiymatlarini hisoblashlarini osonlashtiradi. Tanlovlar sonining chegaralanganligi (3-5 kishi) shaxsning tanlovlarga jiddiy e`tabor bilan yondashishiga sabab bo`ladi.
- Sotsiometriya tanlovlarini o`tkazishda eksperimentator tomonidan sinaluvchilarga beriladigan savollar mezonlarining ahamiyati kata. Bu mezonlar quyidagi shaklda bo`lishi mumkin.
- Guruhdagi tengdoshlaringizdan o`zingizga yoqqan 3 kishini uyingizga mehmonga chaqirmoqchisiz. Siz ulardan qaysi birini birinchi o`rinda, qaysisini ikkinchi va qaysisini uchinchi o`rinda taklif etasiz?
- Sinf yetakchisini saylash uchun, guruhda birinchi, ikkinchi, uchinchi o`rinda kimlani taklif etasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |