FAOLIYATNING O`ZLASHTIRILISHI VA MASHQLAR
Harakat usullaridagi bu o`zgarishlar qanday yuz beradi va ularning psixologik mexanizmi qanday? Bu mexanizmning asosini tadqiqot qilishga o`rinish va tanlash tashqil etadi. Kishi muayyan harakatni bajarishga o`rinib kuradi va uning natijasini nazorat qiladi. Muayyan harakatlar yoki faoliyat turlarini o`zlashtirish maqsadida ularni anglagan tarzda, ongli ravishda nazorat qilishga va tuzatishga asoslangan holda ko`p martalab takroran bajarish faoliyati MAShQ deb ataladi. Mashq qila borgan sari kishi harakatlari xarakterining o`zgarishi bu harakatlarni bajarish chog`ida ruy beradigan psixik faoliyati tuzilishida yuz beradigan o`zgarishlarni ham aks ettiradi. Ongli tarzda nazorat qilinib va tuzatilib turiladigan har bir yangi urinish faqat harakat usullari va vazifalarini eslab qolishdagina aks etmaydi. Odatda u vazifani tekshirish usullarining, uni hal qilish va tuzatish yo`llarining ham o`zgarishiga olib keladi.
KO`NIKMALAR
Har qanday xulq - atvor yangi sharoitlarga yoki ob`ektlarga nisbatan operatsiya (amal)larni ko`chirish asosida tarkib topadi. Ko`chish esa shart - sharoitlar yoki narsalarning faoliyat maqsadlari uchun muhim bo`lgan belgilar bo`yicha o`xshashligiga tayanadi. Bu o`xshashlik anglanilgan yoki anglanilmagan bo`lishi mumkin. Faoliyat qanchalik murakkab, maqsadlar qanchalik uzoqroq vaqtga mo`ljallangan hamda ular ob`ektlarining qanchalik ko`proq o`zgartirilishini talab qiladigan bo`lsa, muvaffaqiyatli ko`chishni ta`minlash uchun zarur bo`lgan oraliq aqliy faoliyati shunchalik keng tus kasb etadi. Lekin har qanaqa holda ham bunday ko`chish ko`nikma, ya`ni qo`yilgan maqsadga muvofiq tarzda harakat usullarini tanlash va amalga oshirish uchun mavjud bilimlar va malakalardan foydalanish deb hisoblash mumkin.
Ko`nikma eksteriorizatsiya qilishni, bilimlarning jismoniy harakatga mujassamlashuvini takozo etadi. Uning boshlanish nuqtasi axborotning yuksak darajada, ya`ni ongda qayta ishlashidan iboratdir. Amaliy harakatlarning ana shu yuksak darajadagi faoliyati natijalari bilan yo`naltirib turilishi esa uning yakunini tashqil etadi. "Ko`nikma" atamasi faoliyat sub`ektining o`zida mavjud bilimlar va malakalar bilan maqsadga muvofiq boshqarilishi uchun zarur psixik va amaliy harakatlarning murakkab tizimi egallab olinishini ifodalaydi. Bu tizim vazifa bilan bog`liq bilimlarning tanlanishini, vazifa uchun muhim bo`lgan xususiyatlarning ajratilishini, shu asosda vazifaning bajarilishiga imkon beradigan tub o`zgartirishlar tizimi aniqlanishini, ana shu o`zgartirilishlarning amalga oshirilishini, qo`yilgan maqsad bilan uning natijalarini taqqoslagan holda nazorat qilib va shu asosda bayon etilgan jarayon to`grilab borilishi o`z ichiga oladi.
Ko`nikmalarning tarkib topishi bilimlarda mujassamlashgan axborotni va narsadan olinadigan axborotni qayta ishlash jarayonlarining, ana shu axborotni aniqlash, uni harakat bilan taqqoslash va o`zaro bog`lash jarayonlarining butun bir tizimi egallanishini bildiradi. Bu xildagi shakllantirish, ya`ni ko`nikmalarga o`rgatish jarayoni turli yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkinligini qayd qilib o`tish zarurdir. Bu yo`llarni bir - biridan farq qiluvchi ikkita holatga ajratish mumkin. Birinchi holatda urgatilayotgan kishi zarur bilimga ega bo`ladi. Uning oldiga bu bilimlardan maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi kuyiladi. Kishining o`zi sinab ko`rish va xatolarga yo`l quyish orqali tegishli mo`ljal olgan, axborotni qayta ishlash vositalari va faoliyat usullarini topgan holda uning echimini izlaydi. Garchi bu yo`lning samaradorligi past bo`lsa ham, bugungi kunda u ta`lim jarayonida eng ko`p qo`llaniladigan yo`l ekanligini qayd qilamiz. Ikkinchi yo`l shundan iboratki, ta`lim berayotgan kishi o`quvchining bilimlarni kullash uchun zarur bo`lgan psixik faoliyatni boshqarib boradi. Bu holda pedagog o`quvchini belgilar va jarayonlarni tanlash mo`ljallari bilan tanishtiradi, qo`yilgan vazifalarni bajarish uchun olingan axborotlarni qayta ishlash va undan foydalanish yuzasidan o`quvchining faoliyatini uyushtiradi. Bu yo`l hozir pedagogik psixologiyada jadal tadqiq qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |