Boylik beray behisob
Bo’lsang agar qadrdon
Mirzo:Yuz bor o’chiraman uchar qalamim
Chiroyli tashbehla ovutib o’zni
Goho yozolmasam kelar alamim
Bobolar tig’ bilan bitilgan so’zni
Marjona:Xayolimiz oynasi
Bilimlarning onasi
Bu kitobdir bu kitob
Unga hamnafas odob
Ro’zi:Bilim ortar kun sayin
Baxtli bo’lmog’ing tayin
Dildan kelar shu xitob
Bilim otasi kitob
Jasmina:Suhbatdoshim sirdoshim o’zing
Bu hayotda yo’ldoshing o’zing
Ulg’aytirding tuyg’ularimni
Sevinchim ham ko’zyoshim o’zing
Parizoda:Juda qadim zamonda
Qog’oz bo’lmagan ekan
Odamlar o’z yozuvin
Toshga yog’ochga
Daraxt po’stlog’i hamda temirga
O’yib yozishgan ekan
Ro’zi:O’qi o’qi o’qigil deb
Jaragladi bir sado
Bu sadodan saboq oldi
Butun olam yer fazo
Ruxshona:Kitob oftob deydilar
Kitob so’zlar nelardan
So’zlar ezguliklardan
Kitobga oshno bo’lib
Parizoda:Ilm dengizin bilib
Barkamol avlod bo’lib
Islom bobom orzusin
Ushaltiring albatta
Sog’lom bolajon bo’lib
Dovrug’ soling olamga
Parizoda :Kitobga mehr qo’yib
O’qigach o’sti ongim
Yangi ma’no kasb etib
Ota boshlanadi tongim
Ruxshona:Har satri varaqlab
So’zlarning terib during
Muhirlanur qalbimga
Go’zal zakovat nuri
Mirzo:Qo’ldan qo’ymayin uni
Takror o’qiyman chunon
Bo’laman el yurtimga
Eng munosib mard o’g’lon
Sakina:Beshikdan to qabrgacha
O’qimoqlik ekan farz
Bu kalomga amal qilmoq
Har kishiga ekan qarz
Sabina:Ey o’g’il qiz o’qi o’qi
Qalb chirog’i bu kalom
O’qi o’qi o’qishing
Nurga to’lar bu olam
Jonibek:Men kitobman kitobman
Bilimlarga makonman
Meni qilsang sen xitob
Kam bo’lmaysan hech qachon
Mohina:A’lochiga o’rtoqman
O’quvchiga o’rtoqman
Meni yuritmasang agar
Men bundan baxtiyorman
Mirzo:Kitob bilim bulog’i
Xalq ichida naql bor
Kimki kitobga oshno
Unda cheksiz aql bor
Sabina:Kitobda hamdam nson
Hech yomonlik qilmaydi
Har joyda qilib ustun
Mag’lub nima bilmaydi
Javohir:Mehribon do’stim kitob
Bilim qasri nur oftob
Tafakkurga qanotdir
Shoirlarga bayotdir
Ruxshona:Ilm fanning kemasi
Ong fikrning mevasi
Kim o’qisa ko’p kitob
Donish hikmat egasi
Tanitadi dunyolarni
Rost etdi ro’yolarni
Bolalarga bo’lib o’rtoq
Mirzo:Avval ko’ngillarga yaralgan kitob
Tillarda dostonga aylanib ketgan
Shoirlar armonin xitob
Birinchi xattotlar sopolga bitgan
Javohir:Kitob aqlingga aql
Bor azaldan shu naql
Hech ko’rmaysan kamu ko’st
Kitob bilan bo’lsang do’st
Parizoda:Men hikmatni sendan o’rgandim
Ma’rifatni sendan o’rgandim
Odil yo’lga boshlading doim
Haqiqatni sendan o’rgandim
Ro’zi:Kitob o’zi muqaddas
Har bir so’zi muqaddas
Har narsani o’rgangan
To’g’ri yo’lni ko’rsatgan
Sakina:Rahmat senga kitobim
Charaqlagan oftobim
Seni toza saqlayman
O’z burchimni oqlayman
Mirzo:O’rganar aval odob
Kitob o’qigan bola
Yuzi bo’ladi oftob
Kitob o’qigan bola
Jasmina:Hurmat qilar kattani
Kichiklar jon-u tani
Bajaradi va’dani
Kitob o’qigan bola
Marjona:Suhbati xo’p serma’no
Yurish turishi a’lo
Olar faqat “besh” baho
Kitob o’qigan bola
Ro’zi:Yosh o’ynoqi ko’zlarim
Shuur olar kitobdan
Tarkib topib so’zlarim
Baxtim kular kitobdan
Shuning uchun deymanki
Kitob mening do’stimsan
Kelajagi buyuk O’zbekistonim
Gullarga burkangan hur gulistonim
R.Sh:Kitob o’qigan inson
Kam bo’lmaydi hech qachon
Biz uchun har vaqt har chog’
Kitob eng yaxshi hamroh
Mohina:Topishmoq-u ertaklar
Yaxshilikka yetaklar
Kitob o’qisak agar
Olam bo’lar munavvar
Bilim beradi bizlarga
Barcha o’g’il qizlarga
Kitobdan nur porlaydi
Yaxshlikka chorlaydi
Shaxlo_domla2, [12.04.2022 16:12]
Sizga ming bor tashakkur
Sizga ming bor ta’zim
Mehribonim kitobim
Eng birinchi ustozim
Marjona:Alijon kitobning
Yirtib oldi varog’in
Nahot endi bu ishniing
Ko’rish kerak chorasin
Parizoda:Ustozi unga dedi
Bajar uy vazifasin
U qancha qildirsa ham
Topmadi sahifasin
R.Sh:Kitobimni quyosh oy yulduz desam
Kitobimdek emas deb ular o’ylasam
Biri kunduz bo’lur-u kunduz bo’lmas
Kitob esa tun kun emas bilan
Mohina :Aqlimni o’stiradi so’zi bilan
Tanitadi ham menga odamni
Bildiradi yer yuzi keng olamni
Marjona:Barcha o’lmas qahramon
El yurtlarga men oshno
Armonlarim tarqalib
Qonib o’qish bir odat
Shu kitoblar orqali
Ko’raman baxt saodat
Sabina:Javonimga qarab qo’y
Qilar yalt-yult kitoblar
Har xonada ko’rk obro’y
Gavhar jild-jild kitoblar
Bamisoli keng dunyo
Javon ichra joylashgan
Ruxshona:Kitob bizning do’stimiz
Yo’limizda chiroqdir
Har xil yomon illatlar
Bizdan nari yiroqlar
Jasmina:Bizga o’rgatar odob
Jon-jahonim kitobim
Zerikkanda do’st o’rtoq
Mehribonim kitobim
Javohir:Menga berasan bilim
Oshodir senga dilim
O’zingla burro tilim
Bilim konim kitobim
Sabina:Senda olam jilosi
Fikrlarning tillosi
O’zing ezgulik so’zi
Qadrdonim kitobim
Sakina:Har fursatdi o’lchog’lik
Unda bor vaqti chog’lik
Qilmas aslo chatog’lik
Kitob o’qigan bola
Ruxshona:Bordir bitta bolakay
Ismin yozmay har qalay
Tag’in xafa bo’lmasn
Yaqinlari kulmasin
Doim kitob qo’lida
Qarasangiz ba’zida
O’qiyotgan tarzida
Varaqlar kitobini
Izlaganday bobini
Aytaymi gapning rostin
Sirayam o’qimasdi
Kitobxon deb bilsin deb
Parizoda:Ko’rgan havas qilsin deb
Yurar edi maqtanib
Soxta obro’ axtarib
Shunday bola uchrasa
Gapim bor edi rosa
Kitob ko’targan bilan
Obro’ bo’lmaydi baland
Bilib qo’ysin bolakay
Ha deb kitob ko’tarmay
Birma bir o’qib chiqsin
Mag’zi mag’zini chaqsin
Ilm yana ko’payar
Kitob uni ko’tarar
Ro’zi:Bilimlarning konisan
Ezgulik makonisan
Sendan olamiz bilim
Jondan sevgan kitobim
Marjona:Mazmunga juda boysan
Bizga do’stsan yo’ldoshsan
Yo’limizga mash’alasan
Jondan sevgan kitobim
Sabina:O’rgatasan odobni
Do’stlikni ahillikni
Qadrdonsan har doim
Jondan sevgan kitobim
Mohina:Yaxshi kitob hamisha
Maslahatgo’yim
Shuning uchun o’qishni
Xislat deb bilgum
Ustozlarning o’g’itin
Hikmat deb bilgum
Shaxlo_domla2, [12.04.2022 16:12]
“Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” nomli ko’rik tanlov senariysi
Andijon shahar 10-sonli maktabning ona tli va adabiyot fani o’qituvchisi Hakima Maxmudovaning “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” nomli ko’rik tanlov senariysi
“Энг яхши китобхон ўқувчи” кўрик танловининг сенарийси.
Кутубхона ўқув зали байрамона безатилади. Иштирокчилар ва тадбир мехмонлари учун жой тайёрланади. Ёқимли куй садоси остида сахнага бошловчи кириб келади.
Бошловчи: Юртимизда юрсанг қай томон,
Энг ёқимли сўздир “Ассалом”.
Учратганда шу калом янграр,
Йўлда тилак бўлиб жаранглар.
Тўғри айтишади яхши сўз даво,
Сўздан яхши сўз топилмас асло.
Нурли ё булутли бўлганда осмон,
Хар ерда жаранглар “Ассалом”.
Дўсту – мехмонларга аввало, албат
Shaxlo_domla2, [12.04.2022 16:12]
Тилаклар билдириш: бўлинг саломат.
Юртимга мухаббат изхорим – салом!
Дейман Ўзбекистон юртим ассалом!
Ассалому алайкум хурматли мехмонлар, азиз китобсеварлар. “Энг яхши китобхон ўқувчи” кўрик – танловимизни очиқ деб эълон қиламиз. Сўзни мактабимиз раҳбари О. Холиқовага берамиз у ўз навбатида кўрик – танлов шартлари билан таништириб чиқади.
О. Холиқова: Ассалому алайкум хурматли китобсеварлар! Кўрик – танловимизнинг
1 – босқичига хуш келибсизлар! Сизларни танлов шартлари ва бахолаш мезонлари билан таништираман.
1 – март. Таништириш. Бу шартда ўқувчи ўз оиласи хақида маълумот беради. Таништириб миллий урф – одатларимиз ўзбекона лутиф ва ахлоқ талабларига мос равишда бўлиши лозим. Мазкур шартга 5 дақиқагача вақт берилади ва 10 балгача бахо қўйилади.
2 – март. Компютер саводхонлиги.
Ушбу шартга 10 – дақиқа вақт ажратилади ва 30 балгача бахо қўйилади.
3 – март. Истедоднинг намойиши этилиши.
Ушбу шартда иштирокчи ўзи ўзган ёқтириб мутоала қиладиган шеър хикоя ёки эртаклардан парчалар ўқиб бериш, чизган расмлари, ижодидан наъмуналар тақдим этиш лозим. Ушбу шартга 4 дақиқагача вақт ажратилади ва 20 балгача бахоланади.
4 – март. Ўзбек шеъриятидан наъмуналар ўқиши.
Ушбу шартда 10 дақиқагача вақт ажратилади.
5 – шарт. Бадиий адабиётлар мутоласи.
Ушбу шартда иштирокчи хакамлар хайати томонидан берилган матни ифодали ўқиб бериши, ўзи ўқиган бадий адабиётлар ва уларнинг мазмуни хақида сўзлаб бериш лозим. Ушбу шартга 15 дақидагача вақт ажратилади ва 20 балгача баҳо қўйилади.
Shaxlo_domla2, [12.04.2022 16:12]
Qo‘shiq. Kitob mening do‘stimsan.
Yosh o‘ynoqi ko‘zlarim,
Shuur olar kitobdan.
Tarkib topib so‘zlarim,
Baxtim kular kitobdan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.
Jovon ichra joylashgan
Quyosh sochib nur-ziyo.
Har yaxshilik, har yomon,
Qat-qatida joylashgan.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.
Barcha bilmas qahramon,
El-yurtlarga men oshno.
Armonlarim tarqatib,
Qonib o‘qish bir odat.
Shuning uchun deymanki,
Kitob mening do‘stimsan.
1-BOSHLOVCHI: — Darhaqiqat, kitobni oftobga qiyos etishlari bejiz emas. U dillarni uyg‘otib munavvar etish bilan birga mavjudot sirlaridan ogoh qiladi. Yashashdan saboq beradi, qiyinchiliklarni yengish yo‘llarini, yaxshilik bilan yomonlikni, oq bilan qorani ajratishga o‘rgatadi.
2-BOSHLOVCHI: — Kitob zehnlarni charxlab, bilimlar xazinasiga eshik ochadi.
1-BOSHLOVCHI: — Kitob bayrami nur quyosh bayramidir. Kitob yolg‘izligingda hamroh, g‘amginligingda tabib bo‘ladi.
2-BOSHLOVCHI: — Barcha ilmparvar, odil podsholarning saroylari qoshida kutubxonalari bo‘lgani bejiz emas. Odamzod kitobsiz johilga aylanadi, kitob nuridan bahra olmasa, jaholat botqoqiga g‘arq bo‘ladi.
“Kitob” rivoyati asosida sahna ko‘rinish.
O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. Kunlardan bir kun u vazirlarini chaqirib ularga: “Dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa nima?”, — deb savol beribdi. Vazirlar saroy a’yonlaridan so‘rashibdi. Kishilar u deyishibdi, bu deyishibdi. Birovi dunyoda eng zo‘ri qilich desa, ikkinchisi non debdi. Hamma o‘z bilganini aytibdi. Bu xabarni vazirlar podshoga yetkazishibdi. Shunda podsho ularning bu javobi noto‘g‘ri ekanligini aytibdi.
Shunda vazirlar: – Podshohi olam bizga muhlat bering, — deyishibdi.
Podsho: – Sizlarga uch kun muhlat beraman, — debdi darg‘azab bo‘lib.
Qo‘shni podsholikda ta’rifi yetti iqlimga ketgan donishmand yashar ekan. Undan vazirlardan birining xabari bor ekan.Vazir podshoning savollariga shu donishmand javob bera olishini bilibdi va uni izlab topibdi. Vazir unga podshoning savollarini aytibdi.
Donishmand hech ikkilanmay dunyoda eng zo‘r, kerakli va hamma narsadan xabardor qiluvchi narsa bu – kitob, – deb javob beribdi. Donishmandning javobi podshoga ham ma’qul tushibdi.
1-BOSHLOVCHI:
— Kitob do‘sting bo‘lsin, undan bilmaganing bilib ol,
Dunyo ko‘rib olim bo‘lay desang faqat bilim ol.
2-BOSHLOVCHI:
— Kitob quyosh bo‘lsa, maktab bir jahon,
Unda kamol topar haqiqiy inson.
1-BOSHLOVCHI: — Qadimda ota-bobolarimiz kitobni qo‘llariga olgach, uni avval o‘pib, keyin ko‘zlariga surtganlar. Uning bir varag‘ini ham yirtmaganlar. Har xil joylarga tashlamaganlar. Kitobni muqaddas deb bilganlar.
2-BOSHLOVCHI: — Kitob uni ko‘p o‘qigan odamga omad, quvonch olib kelishi, shubhasiz. Odamlarning yaxshi kunlarida kitobning hissasi bor.
She’r. Kitob deydi
Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo‘lsang agar qadrdon.
Lekin yirtib burdalab,
Kamaytirma varag‘im.
Sendan yana bir talab,
Iflos qilma hech yog‘im.
1-BOSHLOVCHI: — Yana donolar fikrlariga quloq tutaylik.
1-BOLA: — Kitoblar aql farzandlari.
J. Svift.
2-BOLA: — Kitob fikrlash qobilyatimizni harakatga keltiruvchi ixchamgina quroldir. U aqliy tamballigimiz bilan kurashishimizda bizga ko‘maklashuvchi tafakkur, quvvat.
3-BOLA: — Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stdir.
B. Gyugo.
4-BOLA: — Biror yaxshi kitobni o‘qib o‘z xayotlarida mutlaqo yangi lavha ochgan kishilar ozmunchami?!
B. Gyugo.
5-BOLA:— Goho odam kitobni o‘qib tugatganda mutlaqo o‘zgarib qoladi. Eng mag‘rur aql egalari-yu, o‘ta nazokatli shaxslar ham bu joziba qarshisida bo‘yin egadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |