Shaxar va qishloq axolosini suv bilan taminlash muammolari



Download 29,43 Kb.
bet1/9
Sana22.04.2022
Hajmi29,43 Kb.
#573661
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SHAXAR VA QISHLOQ AXOLOSINI SUV BILAN TAMINLASH MUAMMOLARI


SHAXAR VA QISHLOQ AXOLOSINI SUV BILAN TAMINLASH MUAMMOLARI

Reja
1 shaxar va qishloq axolosini suv bilan taminlash muammolari
2 Chuchuk suvning notekis tabiiy taqsimlanishi va uning mavjudligi
3 Suv zaxiralarining yomon saqlanishi

Aholini ichimlik suv bilan ta'minlash 73,0 foizga etdi Ijtimoiy hayot 29 Dekabr 2020 “O'zsuvta'minot” aktsiyadorlik jamiyati rahbariyati va mutasaddi xodimlari ishtirokida “Aholining ichimlik suv bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari hamda kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda “O'zsuvta'minot” AJ tashkil etilishi va shu davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma'lumot berildi. Joriy yilda aholining ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlardagi 1,2 mln. nafardan ziyod aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta'minlandi. 2020 yil yakuni bo'yicha respublika aholisining ichimlik suvi bilan ta'minlanganlik darajasi 70,8 foizdan 73,0 foizga etkazildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi farmoniga muvofiq, “O'zsuvta'minot” aktsiyadorlik jamiyati tashkil etildi hamda uning ustav kapitali Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligining davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantirildi. SHuningdek, ushbu korxonalar mas'uliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuzildi. Bugungi kunda “O'zsuvta'minot” aktsiyadorlik jamiyati va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi MCHJlar yangi korporativ boshqaruv tizimiga o'tkazildi. SHu davrga qadar davlat unitar korxonalarining boshqaruv shakli ta'sischi va direktordan iborat bo'lgani sababli mazkur korxonalarda korporativ boshqaruv tizimi o'z o'rnida ishlamagan va samaradorlik ko'rsatkichlari bilan bir qatorda korxonalarning moliyaviy xo'jalik faoliyatiga ham baho berilmagan. prev next Bugungi kunga kelib, “O'zsuvta'minot” aktsiyadorlik jamiyatining tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi 17 ta hududiy suv ta'minoti MCHJning korporativ boshqaruv tizimiga o'zgartirishlar kiritilib, joylarda kuzatuv kengashlarining tashkil etilishi bilan birga, ichki audit xizmatlari ham joriy etilmoqda. — Ichimlik suvining sifatini ta'minlash alohida e'tibor talab qiladigan jihatdir. Bu borada joriy yilda “O'zsuvta'minot” tizimida ichimlik suvi sifatini doimiy nazorat qilish maqsadida jami 425,4 tn. suyuq xlor, 97,1 tn. gipoxlorid natriy va 885,9 tn. gipoxlorid kal`tsiy zaxirasi yaratildi, — dedi "O'zsuvta'minot" AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov. — Sohadagi eng og'riqli nuqtalardan biri tarmoqlarda vujudga kelayotgan avariyalar bo'lib, 2020 yilda jami 140,4 mingta avariya va nosozlik bartaraf etildi. Avariya holatlari 2019 yilga nisbatan 16,8 mingtaga yoki 12 foizga kamaygani e'tiborga molik. YAna bir jihatni unutmaslik kerakki, Toshkent shahrida 10 475 ta ko'p qavatli uy mavjud bo'lib, 2017-2019 yillarda 855 ta, 2020 yilda 302 ta yangi ko'p qavatli uylar qurildi. Qurilayotgan uylar asosan 7 va undan yaqori qavatli bo'lib, ushbu uylarning yuqori qavatlarini ichimlik suvi bilan ta'minlashda nasos stantsiyalaridan foydalanilmoqda. Bu esa o'z navbatida ichimlik suvi tarmoqlarida bosim ko'tarilib, tarmoqlar zo'riqib ishlashiga va suv ta'minoti korxonalarining qo'shimcha xarajatlar qilishiga sabab bo'lmoqda. Suv sarfini nazorat qilish va yo'qotishlarning oldini olish maqsadida suv inshootlari, magistral suv tarmoqlari, mahalla va ko'cha boshlariga 1 187 ta zamonaviy suv hisoblagichlari o'rnatildi, bu esa o'tgan yilga nisbatan 32 barobar ko'pdir. Mazkur suv hisoblagichlari markazlashgan holda billing bazasiga ulanib, suv sarfi bo'yicha onlayn monitoring olib borilmoqda. Bugungi kunda aholi iste'molchilarining suv hisoblagichlari bilan ta'minlanganlik darajasi 51 foizini tashkil etadi. O'zbekistonda 2019 yil yakunigacha hisoblagichlar soni 1,3 mln. tani tashkil etgan bo'lsa, 2020 yil noyabr oyigacha bu ko'rsatkich salkam 2 mln. donaga etgan. SHunda 2020 yil hozirgacha 644 mingta hisoblagich o'rnatildi. Suv hisoblagichlarining ko'pgina ijobiy tomonlari mavjud bo'lib, misol uchun, Toshkent shahrida hisoblagich o'rnatilmagan iste'molchi uchun belgilangan me'yorga ko'ra 1 kishiga o'rtacha 21 ming. so'm oylik to'lov hisoblansa, suv hisoblagich o'rnatilgandan so'ng ushbu to'lovlar kamida 3 barobarga qisqaradi. — Ichimlik suvini sifatli etkazib berishda samaradorlikka erishish maqsadida sohada tariflarni oshirish ehtiyoji tug'ildi, — dedi O'zsuvta'minot" AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari Tohir Haydarov. — Ko'p yillar davomida suv ta'minoti va kanalizatsiya korxonalari qarovsiz bo'lgani sababli sohada eng kam miqdorli tarif siyosati yuritilgan. Bunday eskicha tarif siyosati aholini sifatli toza ichimlik suvi bilan ta'minlashga salbiy ta'sir ko'rsatib kelayotgan edi. Xususan, xizmatlar tannarxi to'liq qoplanmagan va korxona rentabellik darajasi doim past bo'lgan. Misol uchun, respublikamiz bo'yicha o'rtacha 1 m3 suvni ishlab chiqarishga 1080 so'm xarajat qilingan, aholiga esa 1 m3 ichimlik suvi o'rtacha 800 so'mdan etkazilgan. SHuningdek, ichimlik suvini ishlab chiqarishdagi elektr energiyasining tannarxdagi ulushi o'rtacha 47 foizni tashkil etmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida 61 foiz (ichimlik suvi 5 ta bosqichda ko'tariladi), Qashqadaryo viloyatida 50 foiz, Jizzax viloyatida 29 foiz, Buxoro viloyatida 25 foiz va Toshkent shahrida 35 foizni tashkil etadi. SHu maqsadda ichimlik suvini etkazish xizmatlari uchun (suv uchun emas) yangi narxlarni belgilash talabi yuzaga keldi va respublika bo'yicha tariflarni hududlarning geografik joylashuvi, suv manbalaridan aholi punktlarigacha bo'lgan masofalar, elektr energiyasi va boshqa ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni inobatga olgan holda shakllantirish tizimi joriy qilindi. Bunda tariflar Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Hozirgi kungacha 9 ta viloyatda (Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Farg'ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari) yangi tariflar tasdiqlandi. 2021 yildagi rejalar Ichimlik suvi ta'minoti sohasida tub o'zgarishlar qilish va sohani rivojlantirish uchun, albatta, vaqt talab etiladi. “O'zsuvta'minot” AJ bu borada olib borayotgan islohotlari va izlanishlarini davom ettiradi. Xususan, 2021 yil davomida 400 km. yangi ichimlik suvi tarmoqlar tortiladi va 1 100 km. tarmoqlar joriy va , y y g q q j y mukammal ta'mirlanadi. 5 mingta inshoot va tarmoqlarga zamonaviy onlayn suv hisoblagichlari o'rnatiladi, ko'cha kolonkasidan foydalanuvchi 194 ming aholi xonadonlariga ichimlik suvi tarmoqlari tortiladi, 973 ta nasos ta'mirlanadi, 938 ta energo tejamkor nasoslar, 165 ta maxsus texnika xarid qilinadi. SHuningdek, iste'molchilarga tezkor va sifatli metrologiya xizmatlarini ko'rsatish maqsadida “Metrologiya xizmati ko'rsatish” laboratoriyalari faoliyatini yo'lga qo'yiladi. Bundan tashqari, Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog'ida bergan topshiriqlariga asosan, 2021 yilda G'uzor tumani aholisining ichimlik suvi ta'minotini 2,4 foizdan 50-60 foizga oshirish rejalashtirilgan. Joriy yilda “Avelar Solar Texnolodji” MCHJ va “O'zsuvta'minot” AJ o'rtasida imzolangan memorandumga asosan, Toshkent shahar Qibray bosh suv inshootidagi 67 ta erosti suv qudug'iga quyosh panellarini o'rnatish belgilandi. Qurilish-montaj ishlari 2021 yil aprel`oyida boshlanadi. SHuningdek, 2021-2022 yillarda “Samarqand suv ta'minoti” MCHJ tomonidan energiya tejamkor Daniya davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy nasos uskunalarini o'rnatish rejalashtirilgan. Mazkur loyihaning o'zinio'zi qoplash muddati 5 yil bo'lib, natijada yiliga 27,3 mln. kVt (12,3 mlrd. so'm) elektr energiyasi tejalishiga erishiladi. Xulosa qilib aytganda, sohada hali amalga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar, loyihalar ko'p. e'tiborlisi, ushbu harakatlar allaqachon boshlab yuborilgan. Bu esa “O'zsuvta'minot” AJ tizimida ish samaradorligi oshayotganidan darak beradi. “O'zsuvta'minot” AJ axborot xizmati Suv tanqisligi bir qator tabiiy sabablarni birlashtirgan holda, tabiiy sharoitlar bilan ham, odamlarning harakatlari bilan ham kelib chiqadi.

Download 29,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish