64. Bu kasbning ruscha variant aldamoq so`zidan kelib chiqqani bejiz emas. Chunki bu kasb egalari aldashni qoyillatmasa bo`lmaydi. Qaysi ruscha so`z haqida gap ketmoqda? Vrach
65. Qiziq odatlarimiz bor. Avvallari yoshi katta insonlar asosan yosh o`g`il bolalarni boshini tandirga tiqayotganini ko`p ko`rish mumkin edi. Bolakaylar qaysi qilgan aybi uchun mana shu ish qilingan? O`sma qo`ygani uchun
66. Bu aka-ukalar minglab kilometrlarga cho`zilgan safda turishadi. Bu aka-ukalar bir-biriga boylab qo`yilgan. Ulardan birontasi yerga qulasa, ko`z oldingiz qorong`u bo`lishi aniq. Ular nimalar?Elektr stolbalari
67. Yapon xalqida bir qiziq odat bor. Chaqaloqlar ma`lum yoshga yetganida ularni bir sport turi ustalariga olib borishadi. Bu sportchilar chaqaloqni qo`liga olib unga qarab turishadi va chaqaloq yig`lashini kutishadi. Qaysi sport turi vakillari? Sumo
68. Mashhur aktyor bir filmda rol o`ynaganidan keyin o`z boshiga balo orttirib oladi. U qayerga ijodiy uchrashuvga borsa, uning oldiga ovqatlarni qalashtirib tashlashardi. Bu esa unga juda malol kelardi. U qaysi filmda rol o`ynagan? Mahallada duv-duv gap
69. “ETIL” so’zi “SPIRT” so’ziga ishora qilsa, “CHAROS” so’zi qaysi so’zga ishora qiladi?Uzum