“Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan prinsipni qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish deb nomlangan Harakatlar strategiyasining uchinchi yo’nalishi doirasida birinchi e’tibor korrupsiyaning oldini olishga qaratildi. 2017-yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida” gi Prezident Farmoni imzolandi. Zero, Sh. Mirziyoyev “Jamiyat rivojiga g’ov bo’layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir” degan edi11. Bu ustuvor yo’nalish doirasida amalga oshirilgan yana bir muhim islohot – bu valuta siyosatining erkinlashtirilishidir. O’zbekistonda valutani erkin almashtirishga ruxsat etildi. 2017-yilning so’nggi choragida O’zbekiston banklarida 1,5 mlrd AQSH dollari miqdoridagi naqd pul almashtirildi. O’zbekiston Markaziy banki asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblashda xalqaro standartlarga o’tildi. Iqtisodiyotni rivojlantirishda biznes muhitining yaxshilanishi va tadbirkorlikning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu islohotlarning natijasi o’laroq, 2017-yilda O’zbekiston Jahon Bankining “Biznes yuritish - 2017” reytingida 13 pog’onaga ko’tarilib, 74-o’rinni egalladi12. Biznesmenlar va tadbirkorlar uchun qator cheklovlar bekor qilindi va eksport tizimi soddalashtirildi.
Iqtisodiyotni liberallashtirish esa, 2017-yilda “Erkin iqtisodiy zona” larning tashkil etilishi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Xususan, o’tgan bir yil ichida 10 ta “Erkin iqtisodiy zona” va 5 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi13. Bu kabi iqtisodiy zonalrning tashkil etilishi O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va liberallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xalqimiz uchun 2017-yilda amalga oshirilgan muhim yangililardan biri – bu ish haqi, pensiya, nafaqa, stependiyalarni to’lash tizimining takomillashtirilishi bo’ldi14. Shu yildan boshlab nafaqalar to’liq naqd shaklda har oyning 27-sanasidan kechiktirmasdan to’lanishi belgilab qo’yildi. Yana bir muhim o’zgarishlardan biri Oliy ta’lim muassalari uchun to’lanadigan kontrakt pulining muzlatilishi bo’ldi. Bu kabi islohotlar esa o’z xalqi uchun kuyib-yonayotgan Yurtboshiga xalqimiz orasida cheksiz hurmat va ishonch tuyg’usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2017-yilda OAV vakillari espress-so’rovnoma o’tkazishdi. Unda qatnashgan aholining qariyb 92,4% i Sh. Mirziyoyevga to’la ishonishlarini aytib o’tishgan.
Yakunlanib borayotgan 2017-yilda ijtimoiy sohada ham ulkan ishlar amalga oshirildiki, bu o’zgarishlarning tub zaminida, albatta, Harakatlar strategiyasi turibdi. Bu yo’lda avvalo, Respublikamizda 2017-yilda Majburiy mehnat va bolalar mehnatidan to’la voz kechilganligini aytib o’tmoqlik o’rinlidir. Bu holat tariximizda birinchi marta O'zbekistonga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn hamda Din va e'tiqod erkinligi masalalari bo'yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shohid tomonidan ham e'tirof etildi.
Birgina qishloq xo’jaligi sohasida 2017-yilda Davlat tomonidan 5 ta qonun, 20 dan ortiq farmon va qarorlar, 2 ta qo’mita va 3 ta uyushma tuzildi. 2017-yilning birinchi yarmida 2,7 ming km avtomobil yo’llari qurildi va ta’mirlandi, 84 300 ta yangi ish o’rni yaratildi. Yil davomida qishloq joylarda yangi namunaviy loyihalar asosida 24 mingta, shaharlarda 187 ta zamonaviy ko'p qavatli uy-joylar barpo etildi. Aholini markazlashtirilgan tarmoqlar orqali suv bilan ta'minlash maqsadida 218 ta loyiha amalga oshirilib, 350 ming kishining suv ta'minoti yaxshilandi. Ta’lim sohasida ham kata o’zgarishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 11 yillik maktab ta’lim tizimining joriy etilishi ko’plab o’quvchilar qatori, ularning ota onalarini ham xursand qildi. Ta’lim sohasidagi o’zgarishlarning kata qismi, ayniqsa, Oliy ta’lim tizimida amalga oshirildi. Bu xususida Prezidentning maxsus farmoni e’lon qilindi15. 2017-yilda Maktabgacha ta’lim sohasidagi eng kata o’zgarish – bu Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi bo’ldi. 300 dan ortiq maktabgacha ta'lim muassasasi ta'mirdan chiqarildi.
Tibbiyot sohasida ham kata o’zgarishlar amalga oshirildi. Qishloq vrachlik punktlari negizida 800 ga yaqin oilaviy poliklinikalar, 400 dan ziyod tez tibbiy yordam shoxobchalari tashkil etildi. Tez tibbiy yordam xizmatlari 1 ming 260 ta maxsus transport vositasi bilan ta'minlandi. Bu xususida Prezidentning maxsus Farmon va Qarorlari e’lon qilindi16. Bu farmon va qarorlar natijasi o’laroq Respublikamizdagi har bir QVP larga 2 tadan tez tibbiy yordam mashinalari berildi va Jizzax viloyatida dori ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirildi. Yordamva komakka muhtoj hamda nogironligi bor insonlarni davlat himiyasiga olish borasida ham amaliy ishlar amalga oshirildi. Shu borada joriy yilning o'zida nogironlarga 2 trillion 600 milliard so'm pensiya va nafaqalar to'landi. Mehnatga layoqati cheklangan 972 nafar nogiron ayolga kasanachilik bilan shug'ullanish uchun tikuv mashinalari olib berildi va ular uchun doimiy daromad manbai yaratildi. Shu toifaga mansub fuqarolarga 7 mingdan ortiq protez-ortopediya vositalari, 6 ming 500 dan ortiq nogironlik aravachalari, 1 ming 600 ga yaqin eshitish apparatlari bepul berildi.
Xulosa qilib aytganda, yurtimizda o’tgan bir yil vaqt mobaynida sud-huquq, davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi siyosat sohalarida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Albatta, bu kabi o’zgarishlarning barchasi yurtimizda inson manfaatlarining ta’minlanishi va buyuk kelajagimizni qurishining mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirilgan bunday islohotlar “Xalq manfaati har narsadan ulug’” tamoyinining yorqin ifodasidir. Shunday ekan, har bir inson amalga oshirilayotgan islohotlarning jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqur his etgan holda yashamog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |