ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar, ularda belgilangan vazifalar.
«2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish» bilan bog’liq Prezident qarori loyihasi natijasida:
1) akademik soha, o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi, bunda: -o‘quv jarayonini tashkil etish; -pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlari vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantiriladi. 2) milliy kadrlarning raqobatdoshligiga va umumjaxon amaliyotiga asoslangan
oliy talim milliy tizimining sifati oshishiga olib keladi. -Boloniya jarayoni ishtirokchi mamlakatlari diplomlarini o‘zaro tan olish; -o‘qituvchi va talabalar bilan almashuv dasturlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi 1999 yil 19 iyundagi Boloniya deklaratsiyasiga qo‘shilish
masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi: fan, ilmiy-tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag’batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda ixtisoslashgan laboratoriya, yuqori texnologiya markazlari va texnologiyalarni joriy etish.
2016 yil 30 dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizning yetakchi ilmfan namoyandalari bilan uchrashuvida qayd etganidek, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muxim ahamiyatga ega. Bugun jaxonning yetakchi universitetlari, ilmiy markazlari va fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlashni zamonning o‘zi talab qilmoqda. Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida rivojlanishini ilmfansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi. Kelgusi amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar uchun mustaxkam asos yaratiladi. Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Bu boradagi ishlar bugun izchil va tizimli davom etmoqda. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 17 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish va rag’batlantirish to‘g’risida»gi farmonida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, akademiklar faoliyatini xar tomonlama qo‘llab quvvatlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni rag’batlantirish maqsadida bir qator muxim choratadbirlar belgilangan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan bo‘lgan muloqotida ko‘p masalalar muxokama qilinib, taklif va muloxazalar o‘rtaga tashlandi, ya’ni quyidagi dolzarb masalalar tilga olindi:
1.Mamlakatimizda yuqori saloxiyatga ega, jaxon miqyosida e’tirof etilgan olimlar ko‘pligi, ular o‘z maktablarini yaratishi, shogirdlar tarbiyalashi lozim.
2. Jaxonning yetakchi institutlari, ilmiy markazlari va Fanlar akademiyalari bilan ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish. O‘zbek olimlari juda ham katta zaxira to‘plaganlar, uni rivojlantirish zarur.
3. Yuqori saloxiyatga ega kadrlar tayyorlash masalasini takomillashtirish, ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar, dunyo darajasidagi yangi olimlar avlodini tayyorlash darkor.
4. Ilm-fan taraqqiyotida fundamental tadqiqotlar muxim ahamiyatga ega. Aynan ular orqali yangi bilimlar o‘zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi.
5. Ilm-fan iqtisodiyotning barcha tarmog’i taraqqiyotida katta o‘rin tutadi, davlat esa bu yo‘lda avvalo olimlarga suyanadi. Chunki, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiya bo‘lishi - dolzarb masala. O‘zbek xalqining tarixiy-madaniy va intellektual merosini ko‘z qorachig’idek asrab-avaylash hamda ko‘paytirish, shuningdek, yosh avlodni umuminsoniy va milliy an’analar hamda qadriyatlar ruxida tarbiyalashga aloxida e’tibor qaratish zarur. Ta’kidlash kerakki, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvardagi kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida, Fanlar akademiyasi a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuv va muloqoti davomida bu borada asosan ikkita asosiy vazifani xal etish lozimligini bayon etdi:
1. Ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg’or xorijiy markazlar darajasida va olimlarning talablariga muvofiq, sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart.
2. Akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag’batlantirish bo‘yicha aniq, chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish lozim. 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab akademiklarga eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqlardan ozod etilgan oylik ganorar belgilanadi. Bundan tashqari, ular uchun sanatoriy muassasalarida xar yili bepul sog’lomlashtirish kursidan foydalanish huquqi nazarda tutildi. Akademiklar ilmiy, talim va ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etilib, ularga yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Umuman, xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi jaxon talablari darajasida, yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi. Uzluksiz ta’lim tizimi umumdavlat dasturlari, maktabgacha tarbiya, boshlang’ich, umumiy va maktabdan tashqari ta’lim asosida amalga oshirilmoqda. Endilikda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash siyosatini rivojlantirish hamda uning moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv yuksak taraqqiyot garovi hisoblanadi. Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish davlatimiz va jamiyatimiz, maxalliy hokimiyatlarning e’tibor markazida turibdi. Shuningdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro stan- dartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqozo etilmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilmiy tadqiqot, innovatsion yutuqlarni rag’batlantirish va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlari yaratilmoqda.
Ta’lim sifati o‘qituvchilarning ish sifatidan yuqori bo‘lmasligi isbot talab qilmaydigan aksioma. Finlyandiya, YAponiya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda ta’lim sifatini oshirish to‘rt yo‘nalishda amalga oshiriladi:
birinchidan, o‘qituvchilik kasbiga eng yaxshi, saralangan, iste’dodli kadrlarni jalb qilish mexanizmlari amal qiladi;
ikkinchidan, o‘qituvchilarning boshlang‘ich ish haqini baland qilish choralari ko‘rilgan;
uchinchidan, o‘qituvchilik kasbining maqomini oshirish, bu kasbning jozibadorligini oshirish borasida chuqur o‘ylangan ishlar amalga oshiriladi;
to‘rtinchidan, o‘qituvchilarning doimiy malaka oshirishi va o‘qitishning ilg‘or metodikalarini o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan;
2020 yil 22 – dekabrdagi Prezident Murojaatnomasida poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan tashabbus ilgari surildi: boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa – 100 foiz ustama haq to‘lanishi ta’kidlandi. Bunday chora mamlakatdagi har bir o‘quvchi hech bir istisnosiz yuqori sifatli ta’limdan bahramand bo‘lishini ta’minlaydi. Zero, ta’lim sifati pirovardida shu hududdagi turmush sifatiga, hayot sifatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi.
O‘tkir Hoshimov maktab o‘qituvchilari mehnatiga ajoyib tarzda qiyosiy baho bergan: “Dehqon erga nobop urug‘ sepsa, achchiq «hosili»ni bir o‘zi o‘rib oladi. O‘sha yili. O‘qituvchi bolaning qalbiga nobop urug‘ sepsa, achchiq hosilini butun jamiyat o‘rib oladi. Yigirma yildan keyin. Muallim moddiy boylik yaratmaydi, deydiganlar jamiyatni ichidan portlatuvchi bombadir!”5.
Murojaatnomada oliy ta’lim qamrovi va sifatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, doktorantlar sonini 4,5 mingtaga etkazish vazifasi ilgari surildi. Bir qaraganda, bu vazifa byudjetga 240 milliard so‘mlik yuk bo‘lib tushadi. Lekin aql chig‘irig‘idan o‘tkazadigan bo‘lsak, rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning yarmidan ortig‘i “bilimlar iqtisodiyoti” hisobidan, ya’ni innovatsiyalar va yuqori malakali kadrlar tomonidan yaratilayotgani ayni haqiqat.
Do'stlaringiz bilan baham: |