Shavkat mirziyoev



Download 73,49 Kb.
bet1/9
Sana19.04.2022
Hajmi73,49 Kb.
#563864
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH-1-MARUZA


KIRISH


Jamiyatda o‘qituvchi kasbi eng nufuzli va obro‘li
kasb bo‘lishi lozim. Muallimlarimiz bolalarga sifatli
ta’lim berish va o‘z ustida ishlashdan boshqa narsa
haqida o‘ylamasligi uchun davlat barcha sharoitlarni
yaratib erishi zarur.


SHavkat MIRZIYOEV

O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalari kabi ta’lim tizimini rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish, boshqarish, bu jarayonda rivojlangan chet el tajribalarini o’rganish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning aytganidek: “Yoshlarga munosib bilim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan qiziqishlarin amalga oshirishimiz kerak. Shu maqsadda, maktabgacha ta’limni rivojlantirishimiz, o’rta oliy ta’limning moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz zaruz”1.
Ushbu murojaatnomada, albatta ta’lim sohasi ham e’tibordan chetda qolgan emas. Haqiqatdan ham, hozirgi vaqtda bu sohada bir qancha echimini topishi zarur bo’lgan masalalar bor. Bu masalalar o’quv o’rinlarida ma’muriy tizimida, shuningdek, mahalliy hokimiyatning ularga yordam bermasliklari va boshqalarda aniqlanmoqda.
“YAngi O‘zbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi” degan konseptual g‘oyaning mohiyati. Harakatlar strategiyasi - innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirishni ham ko‘zda tutadi. Jahondagi rivojlangan davlatlar tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda jamiyat hayotini o‘zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta’lim tizimidan, bog‘cha, maktab, tarbiya masalasidan boshlanganini ko‘ramiz. CHunki maktabni o‘zgartirmasdan turib, odamni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ta’lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu – maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o‘qituvchilardir.
Murakkab o‘tish yillarida maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit, o‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketgani, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga etarli e’tibor berilmagani sohada bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqardi.
So‘nggi besh yilda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirildi. Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimiga oid 6 ta farmon va qaror, Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilinib, bu sohadagi islohotlarning huquqiy-me’yoriy asoslari mustahkamlandi. Ota-onalar, jamoatchilikning istaklari inobatga olinib, yurtimizda 11 yillik maktab ta’limi tizimi tiklandi. So‘nggi uch yilda yurtimizda 157 ta umumta’lim maktabi yangidan qurildi.
Ulug‘ allomalarimiz – Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Xorazmiy nomidagi iqtidorli bolalar maktablari, Hamid Olimjon va Zulfiya, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ibroyim YUsupov, Ishoqxon Ibrat, Muhammad YUsuf, Halima Xudoyberdieva nomlari bilan atalgan ijod maktablari, “Temurbeklar maktabi”, Prezident maktablari, xususiy maktablar singari yangi va zamonaviy namunadagi ta’lim dargohlari tashkil etilgani yurtimiz farzandlari uchun ta’lim-tarbiya olish borasida yangi imkoniyatlar ochib bermoqda. Ta’lim-tarbiya ishlarini samarali olib borishda erkak o‘qituvchilarning alohida o‘rni va ta’siri borligi hisobga olinib, ko‘rilgan aniq chora-tadbirlar natijasida xalq ta’limi tizimiga o‘n minglab erkak o‘qituvchilar qaytmoda.
Pedagog xodimlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilarning ish haqi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu olis hududlarda etishmayotgan mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiyasi to‘liq miqdorda berilmoqda. Prezidentimiz “Hurmatli muallimlarimiz, jonkuyar maktab direktorlarini, soha faxriylarini el-yurtimizning tayanchi va suyanchi, deb bilamiz, – deydi
Xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish, muammolarni kompleks hal etish masalalari chuqur tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar muhokama etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 apreldagi farmoniga muvofiq, Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda 48 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilandi. Masalan, 2030 yilga borib o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi etakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan. Davlatimiz rahbari o‘qituvchining maqomi va nufuzini oshirish, huquqlari va imtiyozlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilishda Prezident SH.Mirziѐev jamiyatda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash borasida fikr bildirar ekan: «Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz davom ettirishimiz zarur. Huquqiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko‘nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi zarur” deb ta’kidladi.
Ming afsuski, bugungi kunda yurtimiz yoshlarining aksariyat qismida huquqiy ongi va huquqiy madaniyati muayyan darajada past bo‘lib qolmoqda, bu ko‘plab yosh yigit va qizlarimizning huquqiy savodsizligida, huquqiy nigilizmida, o‘z majburiyatlarini bajarishga nisbatan fuqarolik pozitsiyasining shakllanish darajasining sustligida, o‘smirlar orasida huquqbuzarlikning o‘rin olayotganida o‘z ifodasini topmoqda.
Huquqiy madaniyatni shakllantirish mavzusi har qanday huquqiy demokratik davlat uchun dolzarbdir. Ushbu fan bo’lajak pedagog kadrlarning huquqiy savodxonligignig oshishi, ularning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashish ko’nikmalarining shakllanishida muhim ahamiyatga va o’z o’rniga ega fan hisoblanadi.
Ushbu fanda ta’lim huquqiga tegishli hujjatlar, jumladan: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari bayon etilgan.



Download 73,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish