Mustaqilik yilarida shashmaqoni o’rganilish tarixi
«Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr – Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2018-yilning 6-10-sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ilk marotaba o‘tkaziladigan Xalqaro maqom san’ati anjumanida ishtirok etish uchun dunyonnig 15ga yaqin davlatlari ijodiy jamoalari va yakkaxon xonandalaridan arizalar kelib tushdi. Bu haqda maqomforum.uz saytida xabar berildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi «O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorining qabul qilinishi hamda bundan buyon har ikki yilda bir marotaba mamlakatimizda Xalqaro maqom san’ati anjumanining o‘tkazilishi bu san’atning dunyoviy ahamiyatini belgilab beradi.Ayni kunlarda ushbu xalqaro anjumanga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda. 2018-yil 2, 6, 13-iyul kunlari «O‘zbek milliy maqom san’ati markazi» binosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tuzilgan saralash komissiyasi Shahrisabz shahrida o‘tkazilayotgan «Xalqaro maqom san’ati anjumani»da ishtirok etish istagini bildirgan xorijiy davlat maqom ansambllari va yakkaxon xonandalarining ijod namunalarini ko‘rib chiqdi.Yig‘ilishda Hindiston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Xitoy, AQSh, Tojikiston, Turkiya, Belgiya, Jazoir, Bangladesh, Suriya va Eron kabi xorijiy davlat maqom ansambllari va yakkaxon xonandalarining ijod namunalari anjuman nizom talablari doirasida o‘rnatilgan tartibda o‘rganildi.Saralash bosqichi davomida komissiya a’zolari tomonidan Afg‘onistonning «Safar» guruhi, AQShning «Shashmaqom akademiyasi» bolalar musiqiy jamoasi, Hindistonning Ustad Iqbal jamoasi, Ozarbayjonning Sahib Pashshazade rahbarligidagi «Mugham» ansambli jamoasi, Xitoy Xalq Respublikasidan Gulzira Ablat yakkaxon ijrochi, Jazoirning Djazira musiqiy jamoasi, Tojikistondan yakkaxon ijrochi Sirojiddin Jo‘rayev, Hindistonning Dvali musiqiy jamoalarining ijod namunalari ma’qul deb topildi.
Mazkur kurs ishimizda Buxoro shashmaqomi va 12 maqom ham 12 oyga bog’lanishini quyosh tizimi asosida belgilangan burjlarning muqaddas sanalgan davrlar maxsuli deb tushunish mumkin. 12 maqom shaklining Shashmaqomgacha saqlanib kelishi esa maqomlarning so’ngi turi, islomgacha bo’lgan musiqa madaniyatdagi an’analarning davomidir. Maqom doyra usullari semantikasi juda murakkab va o’zga xos tasniflanishida bir usuliylikdan 24- taktli usulgacha o’z tasnifotida qamrab olganligi bilan, dunyo san’atining mumtoz ijrochiligi sohasida eng murakkabligi bilan ajralib turadi va mo’jiza kabi haligacha ochilmagan sirli qirralari mavjudligini anglash mumkin.
Buxoro shashmaqomi jahon mumtoz ijrochiligi ichida eng murakkabligini, shifobaxsh va mo’jiza kompozitsiyalardan biri ekanligini anglatgani, Vatanimizning fahri va ajdodlarimizning serqirrali donishmandligidan darak berguvchi omil sifatida bizni quvontiradi. Oltita maqomdan birinchisi «Buzruk» nomi bilan mashhur bo`lib kelgan. Bu maqom haqidagi ma’lumotlar juda qadim zamondan beri, musiqa ilmiy risolalarida sharhlab kelingan edi. O`tmish olimlarining musiqiy risolalarida Buzruk muayyan lad tuzilmasini va unga mos kuy va ashulalarni ifodalagan. Buzruk maqomining jonli namunalarini bizgacha Shashmaqom tarkibidagi kuy va ashula yo`llari orqali ma’lumdir. Buxoro shashmaqomining 6 maqomdan iboratligi, bunda; Buzurg, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari semantik talqini, tasniflanishining sho’balari tahlil misollarida o’z yechimini topdi.ushbuda butun sho’balarining taktlardagi ijro kompozitsiyasi, maqomlarning nolanishidagi ma’no va tasniflanishi, doyra usullari majmuasining o’zga xosligi va qo’llanish sohasi, pardalardagi sozlanishlarda Tanbur va Dutor cholg’ularining notatsiyasi va ijrodagi bir-birovidan farqlanib borishi ayyon bo’ldi. Buxoro shashmaqomining qo’llanishida, har bir maqomning qo’llanish mezonlari ham imkon qadar tahlil va qiyoslar bayonida ochib berildi. Kelajakda yosh avlod tarbiyasida maqom yo’llari va undagi ijro tasniflarining xususiyatlarini o’rganish va o’rgatib borilishi davr taqozosi vazifalarimizga kiradi.
Kurs ishi davomida Niyozjon Xo’ja haqida tarixiy manbalarda yangi ma’lumotlar topildi. Mashhur tarixchilar Munis va Ogahiy asarlarida Niyozjon xo’janing ismi Sayyid Niyozjon tarzida uchraydi va uning Buxoroda elchilik vazifasida ishlaganligi ma’lum qilinadi. Demak, Niyozjon xo’ja davlat siyosatida ham ko’zga ko’ringan davlat arbobi bo’lib chiqadi. Muhammad Rahimxon Feruz davriga kelib, XIX asrning 70 yillarida Хorazm maqomlari yana qayta ko’rib chiqildi, ba’zi kamchiliklar to’g’rilandi. Yangi bastalangan mumtoz kuylar qo’shildi. Natijada, “Хorazm musiqiy tarixchasi” mualliflari aytganidek, Olti yarim maqom yettiga to’ldirildi.
XULOSA

Do'stlaringiz bilan baham: |