Shartsiz va shartli reflekslar



Download 31,64 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2022
Hajmi31,64 Kb.
#536190
  1   2   3
Bog'liq
9- semenar


Shartsiz va shartli reflekslar
Reja:

  1. Refleks va uning turlari.

  2. Shartli refleks hosil qilish qoidalari

  3. Shartli refleksning vujudga kelish mexanizmlari

  4. Shartsiz va shartli reflekslar klassifikatsiyasi

  5. Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari

  6. Shartli reflekslarning shakllari

Tayanch iboralar: refleks, shartsiz, shartli, miya po‘stlog‘i, ta’sirlovchi, signal, qo‘ng‘iroq, ovqat, tormozlanish, eksteroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv
Organizmni o‘zi yashashga moslashgan tashqi muhitdan ajratib bo‘lmaydi. Bir butun bo‘lgan organizmning tashqi muhit bilan aloqadorligi xilma-xil bo‘lib, turli funksional tizimlar (ovqatlanish, nafas, ajratish) orqali amalga oshiriladi. Bu tizimlar ichida eng muximi nerv tizimidir. Oliy nerv faoliyati deb, nerv tizimining organizmning tashqi muxit bilan o‘zaro munosabatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan faoliyati ataladi. Oliy nerv faoliyati ref­lektor faoliyatdir. Bu faoliyat organizmning tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta’minlaydi. Bunga, eng avvalo, nasldan-naslga o‘tadigan shakldagi reaksiyalar yordamida erishiladi. Avlodlar tajribasi asosida filogenezda hosil bo‘lgan moslashish reaksiyalariga sodda shartsiz reflekslar va instinktlar, ya’ni murakkab shartsiz reflekslar kiradi.
Markaziy asab tizimi faoliyatining asosiy va o’ziga xos belgisi reflektor aktlarni yoki reflekslarni yuzaga chiqarishdir. I.P.Pavlov bu haqda quyidagilarni yozgan edi: “Murakkab organizm hayotida refleks eng muhim va eng ko’p uchraydigan asab hodisasidir. Organizm qismlarining doimiy, to’g’ri va aniq o’zaro nisbati va butun organizmning tevarak-atrofdagi sharoitga munosabati refleks yordamida qaror topadi”.
Refleks — tashqi yoki ichki muhit o’zgarganda reseptorlarning ta‘sirlanishiga
javoban organizmning markaziy asab tizimi yordamida ko’rsatadigan qonuniy
reaksiyasidir. Reflekslar organizm biron faoliyatining maydonga kelishi yoki
to’xtashida: mushaklarning qisqarishi yoki bo’shashuvida, bezlar sekresiyasida yoki
sekresiyaning to’xtashida, tomirlarning torayishi yoki kengayishida va shunga
o’xshashlarda namoyon bo’ladi.
Organizm reflektor faoliyat tufayli tashqi muhitning yoki o’z ichki holatining
turli o’zgarishlariga tez reaksiya ko’rsata oladi va shu o’zgarishlarga tez moslasha
oladi. Umurtqali hayvonlarda markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati
shu qadar kattaki, bu faoliyat qisman yo’qolganda ham (asab tizimining ayrim
bo’laklari operasiyada olib tashlanganda yoki kasallanganda) ko’pincha chuqur
invalidlik ro’y berib, doimo sinchiklab parvarish qilinmagan taqdirda zarur hayotiy
funksiyalarni yuzaga chiqarib bo’lmaydi.
Markaziy asab tizimi reflektor faoliyatining ahamiyati I.M. Sechenov va I.P.
Pavlovning klassik asarlarida to’liq ochib berilgan. I.M. Sechenov 1862 yildayoq
«Bosh miya reflekslari» nomli shox asarida: «Ongli va ongsiz hayotning hamma
aktlari kelib chiqish usuli jihatidan reflekslardir», degan edi.

Download 31,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish