Shartsiz va shartli reflekslar



Download 31,64 Kb.
bet2/3
Sana08.04.2022
Hajmi31,64 Kb.
#536190
1   2   3
Bog'liq
9- semenar

Reflekslarning turlari. Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi bilan
farq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish,
klassifikasiyalash mumkin.

  1. Biologik ahamiyati bo’yicha: ovqatlanish, mudofaa, jinsiy, chamalash,
    pozali-tonusli
    (fazoda gavdani tutish reflekslari), lokomotor (fazoda tanani
    harakatlantirish reflekslari).

  2. Mazkur reflektor aktini chaqiradigan qo’zg’atuvchi reseptorlarni joylashishi
    bo’yicha: eksteroreseptiv refleks – tananing tashqi yuzasidagi reseptorlarni
    ta‘sirlanishi, vissero- yoki interoreseptiv refleks – ichki a‘zo va tomirlardagi
    reseptorlar ta‘sirlanganida paydo bo’ladigan reflekslar, proprioreseptiv (miotatik)
    refleks
    – skelet mushaklari, bo’g’imlar, pay reseptorlari ta‘sirlanganida paydo
    bo’ladigan reflekslar.

  3. Refleksda ishtirok etadigan neyronlarni qaerda joylashganligi bo’yicha:
    spinal reflekslar – neyronlar orqa miyada joylashgan, bulbar reflekslar – albatta uzunchoq miya neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar, mezensefal reflekslar – o’rta miya neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar, diensefal reflekslar - oraliq miya neyronlari ishtirok etadi, kortikal reflekslar – bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar.

Shuni aytish lozimki, markaziy asab tizimining yuqori bo’limlarida joylashgan
neyronlar ishtirokida amalga oshadigan reflekslarda har doim quyi bo’limlar – oraliq,
o’rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan neyronlar ham ishtirok etadi. Boshqa
tomondan esa, oraliq, o’rta, uzunchoq va orqa miya bilan amalga oshadigan
reflekslarda asab impulslari MATning yuqori bo’limlariga yetib boradi. Shunday
qilib, ushbu klassifikasiya qandaydir darajada shartli hisoblanadi.
4. Refleksda qaysi a‘zo ishtirok etishiga qarab qaytariladigan javob reaksiyasiga
ko’ra: motor, yoki harakat reflekslari – ishchi a‘zo bo’lib mushaklar hizmat qiladi;
sekretor reflekslar – bez sekresiyasi bilan tugaydigan; tomirlarni harakatlantiruvchi
reflekslar
– qon tomirlarini torayishi yoki kengayishi bilan kechadigan reflekslar.
Butun organizmning barcha reflektor aktlari shartsiz va shartli reflekslarga
bo’linadi.
Shartsiz refleks tug‘ma bo‘lib, retseptor sohasi adekvat ta’sirlaganda qonuniy ravishda ma’lum reflektor yoy bo‘ylab rivojlanadigan reaksiya hisoblanadi. Bu reflekslar turli xildagi somatik, visseral va vegetativ jarayonlarni birlashtirib, organizm ichki muhitining doimiyligi saqlanishini va uning tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘lanishlarini ta’minlaydi.
Shartsiz reflekslar juda xilma-xil, ularning turlari va tasnifi to‘g‘risida yuqorida aytib o’tilgan edi.
Organizmning hayotida, uning muhit o‘zgarishlariga moslashishida sodda shartsiz reflekslar bilan bir qatorda instinktlarning ham ahamiyati katta. I.P.Pavlov bularni murakkab shartsiz reflekslar, deb ifodalagan. Instinktlar maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlarning tug‘ma turi bo‘lib, ular ontogenetik rivojlanish jarayonida ro‘yobga chiqadi va turning har bir namoyondasida tegishli rag‘bat yoki sharoit yuzaga kelganda, o‘zgarmas holda kuzatiladi. Ovqatlanish, taqlid qilish, ko‘payish va boshqa instinktlar in­dividual hayotda va turni saqlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor harakatlardan iborat bo‘ladi. Instinktning asosini va uning birinchi bosqichini organizmning ichki bilologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik, jinsiy qo‘zg‘alish, qo‘rqish) ma’lum intilishni (motivatsiyani) shakllaydi va unga erishish uchun organizm bir qator stereotip (doim bir xil bo‘lgan) xatti- harakatlarni bajaradi.
Instinktli faoliyatning yuzaga chiqishida limbik tizim va ichki sekresiya bezlari katta ahamiyatga ega. Shuningdek, bu faoliyat tashqi muhit o‘zgarishlariga ham bogliq. Masa­lan, qushlarda in qurish, bola ochish instinkta paydo bo‘lishi uchun kunlar uzayib, havo isishi kerak.
Odamning odob-axloqi ko‘p jihatdan jamiyatning ijtimoiy qonunlariga bog‘liq bo‘ladi. Shu tufayli, odamning instinktlari o‘zgargan va ong nazoratiga bo‘ysunadi.
Shartsiz reflekslar va instinktlar kanchalik muhim bo‘lmasin, ularning moslashish uchun ahamiyatini mubolag‘a qilmaslik kerak. Gap shundaki, bu faoliyatlar organizmning deyarli o‘zgarmaydigan sharoitlarda moslashishini ta’min­laydi. O‘zlari ham o‘zgarmaydi. Organizmning uzluksiz o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashishi uchun faqat shartsiz reflekslarning va instinktlarning o‘zi kifoya qilmaydi.
Odam va hayvonlar evolyusiyasida hayotning o‘zgaruvchan sharoitlariga to‘la moslashishining murakkab va nozik shakli – shartli reflekslar paydo bo‘lgan. Shartli reflekslar tug‘ma bo‘lmasdan, individual hayot jarayonida shartsiz reflekslar asosida hosil bo‘ladilar. Agar shartsiz refleks (masalan, so‘lak ajralishi refleksi) boshqa yot ta’sirot bi­lan (masalan, tovush) ko‘p marta takrorlansa, keyinchalik ana shu yot ta’sirot so‘lak ajratish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi. Oldin bu faoliyatga aloqasi bo‘lmagan retseptorlarni ta’sirlash yo’li bilan maxsus hosil qilingan yangi reaksiya shartli refleks deyiladi.
Shartli reflekslar organizmning moslashishida katta ahamiyatga ega. Shular tufayli, xatti-harakatlarda o‘zgaruv- chan sharoitlarga mutanosiblik va egiluvchanlik paydo bo‘ladi. Barcha shartli reflekslarning yuzaga chiqishida markaziy nerv tizimining yuqori bosqichlari ishtirok etishi zarur. Shartli reflekslar individual hayot davomida hosil bo‘ladi va yo‘qoladi. Ular signal ahamiyatga ega – shartli rag‘bat shartsiz ta’sirotdan oldin paydo bo‘lib, organizmni shartsiz reflektor faoliyatga tayyorlaydi. Shartli refleks tufayli organizm xavfni oldini olish, o‘ljani qu,.ga kiritish va boshqa harakatlarga oldindan tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Demak, shartli refleks – har bir organizmning hayoti davomida qo‘lga kiritgan tizimiy moslashuv reaksiya. U markaziy nerv tizimida shartsiz refleks markazi va shartli signal ta’sir qiluvchi markazlar o‘rtasida vaqtincha bog‘lanish paydo bo‘lishi tufayli yuzaga chiqadi.
Shartli refleks hosil qilish qoidalari
Shartli refleksni shartsiz refleks asosida ma’lum qonun-qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina yuzaga chiqarish mumkin.

  1. Shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal (bu shartsiz refleks uchun befarq ta’sirot, masalan, qo’ng‘iroq) shartsiz ta’sirot (ovqat) bilan bog‘langan holda takroran qo‘llanilishi kerak.

  2. Shartli signal shartsiz ta’sirotdan sal oldin berilishi zarur.

  3. Shartli signal shartsiz ta’sirotga nisbatan kuchsizroq bo‘lishi kerak. (Shartli signalning biologik ahamiyati shartsiz ta’sirotning biologik ahamiyatidan kamroq bo‘lishi kerak.)

  4. Shartli refleks hosil qilish uchun markaziy nerv tizimi faol bo‘lishi kerak.

  5. Shartli refleks hosil qilish jarayonida bosh miya po‘stlogi yot ta’sirotlardan mutlaqo xolis bo‘lishi lozim.

Shartli reflekslarni tasnif qilishning bir nechta tamoyili bor. Shartsiz ta’sirotning biologik ahamiyati jihatidan hayotiy (ovqatlanish, himoya va boshq.), zooijtimoiy (jinsiy, otalik, o‘z hududini himoya qilish) va o‘z o‘zini rivojlantirish (tadqiqot, taqlid qilish, o‘yinlar o‘ynash) shartli reflekslar ajratiladi.
Shartli reflekslarni organizmning har bir faoliyatiga bog‘lash mumkin. Faoliyatlarga ko’ra, ikkita katta guruh — harakat va vegetativ shartli reflekslar tafovut qilinadi. Harakat reaksiyalari asosida juda ko‘p asboblarni ishlatishni talab qiladigan (instrumental) shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Ba’zan bunday reflekslar shartsiz refleksning nusxasiga, ba’zan xohish bilan bajariladigan xatti-harakatlarga o‘xshab ketadi.
So‘lak ajralishi shartli refleksi mumtoz vegetativ shartli refleks hisoblanadi. Barcha ichki a’zolarning faoliyatini shartli reflektor nazoratga olish mumkin.
Shartli refleks hosil qilish jarayonida shartli signalni qabul qiluvchi retseptorga qarab, eksteroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar ajra­tiladi.
Ko‘z, quloq, og‘iz va burun bo‘shlig‘idagi, teridagi retseptorlar yoki tashqi retseptorlarning shartli signalni qabul qilishi asosida hosil bo‘lgan shartli reflekslar eksteroretseptiv shartli reflekslar deyiladi.
Ichki a’zolar, qon tomirlar retseptorlari qo‘zg‘alishi bi­lan bog‘liq bo‘lgan shartli reflekslarni interoretseptiv shartli reflekslar deydilar.
Muskul, pay va bo‘g‘in xaltachalaridagi retseptorlarni qo‘zg‘atish yo‘li bilan hosil qilinadigan shartli reflekslar proprioretseptiv shartli reflekslar, deb ataladi.
Shartli signallarning tabiatiga bog‘liq holda tabiiy va sun’iy shartli reflekslarni tafovut qilish mumkin. Ta­biiy shartli reflekslar shartsiz ta’sirlovchining tabiiy xususiyatlariga (masalan, ovqatning hidi va tashqi ko‘rinishiga) hosil bo‘ladi. Ovqatning o‘ziga aloqador bo‘lmagan, ammo ovqat bilan birga takrorlanadigan boshqa signal­larning hammasi (qo‘ng‘iroq, yorug‘lik va boshqalar) sun’iy shartli reflekslarni vujudga keltirishi mumkin.
Shartli signalning tuzilishiga ko’ra, sodda ta’sirlovchiga (tovush yoki yorug‘lik), bir nechta tarkibiy qismdan iborat bo‘lgan ta’sirlovchilarga (masalan, ayni bir vaqtda tovush, yorug‘lik va teriga mexanik ta’sirot), birin-ketin beriluvchi (oldin tovush, keyin yorug‘lik, undan keyin terini ta’sirlash) ta’sirlovchilarga shartli reflekslar hosil qilish mumkin.
Shartli reflekslarni tasnif etishda e’tiborga molik muhim xususiyatlardan biri — shartli va shartsiz ta’sirlovchilar o‘rtasidagi vaqt nisbatidir. Shunga qarab, shartli signal shartsiz ta’sirot bilan deyarli bir vaqtda berilganida rivojlanadigan shartli reflekslar va kechiktirilgan shartli reflekslar ajratiladi.
Agar sodda shartsiz refleks shartli refleksga asos qilib olinadigan bo‘lsa, birinchi tartibdagi shartli refleks vujudga keladi. Ammo, shartli refleksni ilgari hosil qilingan shartli refleks negizida ham vujudga keltirish mumkin. Masalan, itda qo‘ng‘iroq chalinishiga ovqatlanish shartli refleksi mavjud. Bu birinchi tartibdagi shartli refleks hisoblanadi. Endi bu refleksning shartli signaliga, ya’ni qo‘ng‘iroq tovushiga — terisini qashish kabi yangi befarq sig­nal qo‘shiladi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi: avval teri bir necha lahza qashib turiladi, so‘ngra qo‘ng‘iroq chali- nadi. Ilgari teri qashilganda hech ovqat berilmagan bo‘lsada, ana shunday takrorlanishlardan keyin faqat terini qashishning o‘zi shartli refleksni vujudga keltira boshlaydi. Demak, ikkinchi tartibdagi shartli refleks hosil bo‘ldi. Ana shunday yo‘l bilan uchinchi va yuqori tartibdagi shartli reflekslarni hosil qilish mumkin. Yuqori tartibdagi reflekslar odamda osonlik bilan hosil bo‘ladi va fikr yuritishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Shartli refleksning vujudga kelish mexanizmlari
Shartli refleks vujudga kelishi uchun miya po‘stlog‘idagi shartli signalni qabul qiluvchi markaz bilan shartsiz refleks markazlari o‘rtasidagi vaqtincha aloqa o‘rnatilishi kerak. Shartli refleks hosil qilinishi jarayonida bajariladigan ishlarni va sodir bo‘ladigan hodisalarni tasavvur qilib ko’raylik. Birinchidan, ma’lum shartsiz ref­leksni, masalan, ovqat ta’sirida so‘lak ajralishi refleksini bo‘lajak shartli refleks uchun negiz qilib oldik, deylik. Ikkinchidan, bu refleks uchun befarq (indefferent) bo’lgan signalni, chunonchi, qo‘ng‘iroq tovushini shartli sig­nal qilib olamiz. Shartli signalning o‘zi so‘lak ajralishi chaqirmaydi.
Endi shartli signalni qo’llab ko‘ramiz, ya’ni qo‘ng‘iroq chalamiz va shu ondayoq shartsiz refleksni chaqiramiz — itga ovqat beramiz. Bunda so‘lak bezlari qo’zg‘alib, so‘lak ajrata boshlaydi. Bir necha kun davomida bir necha martadan shartli signalni ovqat bilan bog‘liq holda qo‘llasak, shartli sig­nalning o‘ziyoq (qo‘ngiroq) ovqat berilmasada, so‘lak ajralishini yuzaga keltiradi. Nima uchun so‘lak bezlari uchun ilgari befarq bo’lgan qo‘ng‘iroq, endi so’lak ajralishiga sabab bo‘ladi? Gap shundaki, shartli refleksni vujudga keltirish jarayoiida har gal ikkita shartsiz refleks chaqiriladi va miya po‘stlog‘ida ikkita markaz qo‘zg‘aladi. Biriichisi – qo‘ng‘iroqdan chiqqan tovushni chamalash refleksi (hayvon qulog‘iniig dikkayishi, boshning tovush kelgan tomonga burilishi va bir qator vegetativ o‘zgarishlar). Bu refleksning yuzaga chiqishi po‘stloqdan pastdagi (to‘rt tepalik) va po‘stloqdagi (chakka sohasi) markazlarning qo‘zg‘alishiga bog‘liq. Ikkinchisi — ovqat ta’sirida yuzaga chiqadigan so‘lak ajralishi refleksi. Uning yuzaga chiqishi ham po‘stloqdan pastdagi va po‘stloqdagi markazlarning qo‘zg‘alish natijasi hisoblanadi.
Demak, shartli refleksni vujudga keltirish jarayonida har tajribada miya po‘stlog‘ining ikkita markazida qo‘zg‘alish rivojlanadi: birinchisi shartli signal markazi, ikkinchisi shartsiz refleks markazi. Ammo, avval bu markazlar o‘rtasida aloqa bo‘lmagan. Shartli signal shartsiz ta’sirot bilan deyarli bir vaqtda berilish ko‘p marta takrorlanganidan keyin bu markazlar o‘rtasida ma’lum o‘zaro munosabatlar rivojlanib, vaqtincha aloqa o‘rnatiladi. I.P.Pavlovning fikricha, miya po‘stlog‘ida ayni bir vaqtning o‘zida ikki sohada qo‘zg‘alish paydo bulishi qo‘zg‘alish jarayoni kuchsizroh bo‘lgan o‘choqdan (shartli signal qo‘zg‘alish hosil qilgan sohadan) kuchliroq qo‘zg‘alib, dominant bo‘lib qolgan soha (shartsiz refleks markazi) tomon harakat qilishiga olib keladi. Bu qo‘zg‘alish jarayonining bunday harakatlari takrorlanaverilganidan keyin miya po‘stlog‘ining bir sohasidan ikkinchi sohasiga qaratilgan yo‘l ochilib, ular o‘rtasida vaqtincha aloqa o‘rnatiladi. Endi shartli signal faqat o‘z markazini emas, balki shartsiz refleks markazini ham qo‘zg‘atadi, boshqacha aytganda shartli refleks vujudga keladi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, hozirgacha miyada vaqtincha aloqalar o‘rnatilishi mexanizmlari to‘g‘risida yagona fikr yo‘q. Ba’zi olimlar bu jarayonda glial hujayralarning ahamiyati katta deydilar. Shartli refleksni vujudga kel­tirish vaqtida, ularning fikricha, glial hujayralarning faolligi oshadi, shartli signal va shartsiz refleks markazlari orasidagi mielinsiz tolalarini mielin qoplab, bu tolalar o‘tkazuvchanligini oshiradi. Natijada qo‘zg‘alishning shartli signal markazidan shartsiz refleks markaziga yetib borishi yengillashadi.
Boshqa olimlar vaqtincha aloqa o‘rnatilishida neyronlarda oqsil sintezlanishining o‘zgarishi yetakchi rol o‘ynaydi, deydilar. Ularning fikricha, ko‘p neyronlarning (ikkala markazdagi) bir vaqtda qo‘zg‘alishi RNK tuzilishiga ta’sir qiladi, buning natijasida maxsus «xotira» oqsillari paydo bo‘ladi.
Shartli refleks vujudga kelishini tushuntirish uchun sinaptik va membrana faraziyalari ham taklif qilingan. Birinchi taxmin bo‘yicha shartli refleks hosil bo‘lishi jarayonida markazlardagi sinapslarning faoliyat samarasi o‘zgaradi, membrana faraziyasi esa shartli refleks mexa- nizmlarini postsinaptik membrana xossalari o‘zgarishiga boglaydi.
Shartsiz va shartli reflekslar klassifikatsiyasi
Shartsiz reflekslar va ular asosida vujudga kelgan shartli refleslarning hammasini funktsional ahamiyatiga qarab bir qancha gruppalarga ajratish rasm bo`lgan. eng asosiy gruppalar ovqatlanish, himoyalanish, jinsiy, stato-kinetik, lokomotar, orientirovka, gomeoastazni saqlovchi va boshqalar. Ovqatlanish reflekslariga ovqat yutish, chaynash, emish, so`lak ajratish, meda va mv`da osti sekretsisi va boshqa reflektor aktlar kiradi. Shikast yetkazuvchi yoki og`rituvchi ta`sirotlarni bartaraf qiladigan reakitsiyalar himoyalanish reflekslari hisoblanadi. Jinsiy aktni yuzaga chiqarishga aloqador reflekslarning hammasi jinsiy reflekslar guruhiga kiradi, naslni boqish va parvarish qilishga aloqador ota-onalik reflekslarni ham shu guruhga karitsa bo`ladi. Gavdaning muayyan vaziyatini va fazodagi harakatini saqlaydigan reflektor reaktsiyalar stato-kinetik va lokomat reflekslar hisoblanadi. Gameoasstazni saqlovchi reflekslarga termoregulyatsiya nafas, yurak raflekslari arterial bosimni birday saqlash reflakslari kiradi,
Shartsiz reflekslar orasida sinash (orientirovka) refleksi alohida o`rin tutadi. Tevarak-atrofdagi muhitning yetarli tez o`zgarishiga javoban kelib chiqadigan bu refleks yangi tovushga xushyor bo`lib quloq solish, xidlab ko`rish, ko`z va boshni ba`zan butun gavdani yorug` to`shayotgan tomonga qaratish va shunga o`xshashlardan iborat. Sinash refleksining yuzaga chiqishi ta`sirotning yaxshiroq sezilishini ta`minlaydi, moslatishda muhim rol o`ynaydi. Bu reaktsiya to`g`ma I.P.Pavlov bu refleks «bu nima» refleksi deb nom bergan. Sinash refleksini boshqa shartli reflekslardan farqi shundaki, bu ta`sirotlar qo`llanaversa, tezroq so`nib qoladi.
Shartsiz va shartli reflekslarning komponentlari
Shartsiz reflekslarning aksarisi bir necha komponentlardan tuzilgan murakkab reaktsiyalardir. Masalan, oyog`iga elektr toki bilan ta`sir etib yuzaga kelgan shartsiz himoyalanish refleksida himoya harakatlari bilan bir qatorda nafas kuchayadi va tezlashadi, yuraktezroq uradi ovoz reaktsiyalari paydo bo`ladi, qon tarkibi o`zgaradi (leykotsitoz trombotsitoz v.h) ro`y beradi, Ovqatlanish refleksi ham harakat (ovqatni yalash, chaynash, yutish) sekretar, nafas, yurak-tomir va b. komponentlarga bo`linadi. Shartli reflekslar, odatda shartsiz refleks strukturasini gavdalantiradi, chunki shartsiz ta`sirot qaysi nerv markazini qo`zg`atsa, shartli ta`sirot ham o`sha nerv markazlarini qo`zg`atadi.
Shartli reflekslarnnig komponentlari reflekslarning shu turi uchun spetsifik asosiy komponentlarga va nospetsifik, ikkinchi darajali komponentlarga bo`linadi. Himoyalanish refleksida harakat, ovqatlanish refleksida esa harakat sekreter komponentlar asosiy hisoblanadi. Eksperimentator shartli reflekelarni tekshirganda asosiy komponentni ko`rsatkich sifatida tanlab oladi.
Shartsiz reflekslarning har qandayini asos qilib olib, shartli refleks hosil qilish mumkin. Shartli sekretor reflekslar. Bu reflekslar mukammalroq o`rganilgan. Sekretor shartli reflekelarni itlarda I.P.Pavlov laboratoriyasida har tomonlama o`rganildi va bosh miya po`stlog`idagi bir necha qonuniyatlar o`rganildi. N.I.Krasnogorskiy bu reflekslarni bolalarda o`rgandi. Ovqatlaniga shartli reflekslari me`da va me`da osti bezining sekretsiyasini tekshirib o`rganildi. Laboratoriyada olib borilgan tekshirishlardan shu ma`lum bo`ldiki, hazm kanaliga ovqat tushmasdanoq, uni hazm qilish uchun refleks yo`li bilan ajralar ekan.
Ovqatlanish harakat shartli reflekslari ovqatni yamlash, chaynash, yalash, yutish, so’rish, emishda, namoyon bo`ladi. Masalan, itga bironta harakatni o`rganib so`ng ovqat berilsa, bir kecha tajribadan so`ng harakatga nisbatan shartli refleks hosil bo`ladi. Himoyalanish shartli refleksni vujudga keltirish uchun itni keyingi oyog`iga kuchsiz elektr toki bilan ta`sir etishdan biroz oldin qizil chiroq yoqilsa bir necha tajribadan so`ng himoya shartli refleks hosil bo`ladi. Yurak shartli reflekslari, Odamda yurak faoliyatini o`zgartiradigan shartli reflekslar hosil qilingan, Shu maqsadda biron shartli ta`sirot ko`z soqqasi bosib turish bilan bir vaqtga to`g`ri keladi. Ko`z soqqasi bosilganda yurak urishi refleks yo`l bilan (vagusni ya`ni parasimpatik nervning qo`zg`alishi tufayli) siyraklashadi. Ashner refleksi deb shuni aytiladi. Bir necha tajribadan so`ng shartli ta`sirotga yurak qisqarishi sekinlashadi.

Download 31,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish