SHARTNOMA_______sonli
Farg‘ona politexnika instituti talabalarning korxona, muassasa va tashkilotlarda malaka amaliyotini tashkil qilishi va o‘tkazilishi to‘g‘risida
Farg‘ona shahar “____” ________________ 202__y.
Biz quyidagi imzo chekuvchilar, Farg‘ona politexnika instituti (keyingi o‘rinlarda FarPI deb nomlanadi) tomonidan tayinlangan shaxs_____________________ FarPI Nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-sonli hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga muvofiq, ikkinchi tomondan
______________________________________________________________________dan
(korxona, tashkilot yoki muassasa nomi)
tayinlangan shaxs_________________________ o‘z Nizomiga muvofiq institut talabalari malaka amaliyotini o‘tkazishlari uchun o‘zaro shartnoma tuzadi va quyidagi majburiyatlarni oladi:
1.KORXONA MAJBURIYATLARI:
1.1. Institut amaliyotchi talabalarining malaka amaliyotini o‘tashlari uchun quyidagi joylar bilan ta’minlash zarur:
T/r
|
Yo‘nalish (mutaxassislikning nomi)
|
Bosqich
|
Amaliyotning turi
|
Talaba
soni
|
Amaliyot davomiyligi
(hafta)
|
Amaliyot muddati
|
Boshlanishi
|
Tugashi
|
1
|
|
I
|
O‘quv tanishuv
|
|
|
|
|
2
|
|
II
|
Malaka amaliyoti
|
|
|
|
|
3
|
|
III
|
Malaka amaliyoti
|
|
|
|
|
4
|
|
IV
|
Bitiruv oldi
|
|
|
|
|
5
|
|
II
|
Ilmiy amaliyot (s)
|
|
|
|
|
1.2. Talabalarga malaka amaliyoti dasturini bajarilishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish; ularga amaliyot dasturida ko‘zda tutilmagan, mutaxassisligiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifa va lavozimlarni egallashlariga yo‘l qo‘ymaslik;
1.3. Talabalarga korxona sexlarida laboratoriyalardan o‘tkaziladigan malaka amaliyotini o‘tishlari uchun malakali mutaxassislarni tayinlash;
1.4. Amaliyotchi-talabalarni o‘qituvchilar tomonidan korxonaning turli bo‘limlarida amaliyot dasturini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun zarur bo‘lgan laboratoriyalar, kabinetlar, ustaxonalar, kutubxona, kerakli chizma vositalaridan, texnik va boshqa hujjatlardan foydalanish imkonini yaratib berish;
1.5. Amaliyotchi-talabalarga amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun zarur binolar bilan ta’minlash;
1.6. Institut bilan kelishilgan holda malaka amaliyot o‘tkazish grafigiga muvofiq amaliyotchi-talabalarni korxona bilan mukammal tanishtirish maqsadida ish joylariga taqsimlash;
1.7. Talabalar tomonidan sodir etilgan har qanday tartibbuzarliklar, ishga chiqmaslik, korxonaning ichki tartib-qoidalarini buzish hollari yuz bergan taqdirda, oliy o‘quv yurtiga darxol xabar berish;
1.8. Talabalarni korxona jamoat tashkilotlari tarixi bilan tanishtirish, ularni korxona jamoasini ijtimoiy, madaniy va jismoniy tarbiyaga oid ishlariga jalb qilish, kashfiyot va ixtirolar uchun sharoit yaratib berish;
1.9.Malaka amaliyoti tugagandan keyin har bir amaliyotchi-talabaga, ular tayyorlagan hisobot sifatiga alohida-alohida tavsiyanoma berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |