SHARTNOMA № ______
Toshkent sh. 20_____y. «_____»_ ______________
Quyida Jamiyat deb nomlanuvchi «MOBILE INNOVATIONS» MCHJ, ______ y.________________dagi № _____ -sonli Ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi_____________________________________________ shaxsida bir tomondan, va quyida Abonent (Ishtirokchi) deb nomlanuvchi, pasport №_____________________________________________________ __________________tomonidan berilgan, __________________________________________________________________ manzili bo‘yicha yashovchi ______________________________________________________________________ ikkinchi tomondan, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
Shartnomada qo‘llanilgan ta’riflar
-
JAMIYAT – ulanishni hamda «COSCOM» MCHJ CHEK (Ucell SB) (quyida – Operator) bilan hamkorlikdagi "$1 lik telefon" aksiyasining (quyida – Aksiya) tashkiliy-texnik tomonlarini yuritishni amalga oshiruvchi, shuningdek aksiyada ishtirok etayotgan yakuniy terminal uskunalari (telefonlar/smartfonlar)ni taqdim etuvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi «MOBILE INNOVATIONS» MCHJ yoki uning vakolatli bo‘linmalari.
-
ABONENT (ISHTIROKCHI) – "$1 lik telefon" Aksiyasining ishtirokchisi, mazkur Shartnomani hamda Operatorning Paketlar lineykasidan biriga ulangan «COSCOM» MCHJ CHEK tarmog‘ida PREPAID uyali radiotelefon aloqasi tizimi xizmatlarini taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnomani tuzgan va Aksiyada uning shartlariga muvofiq qatnashayotgan jismoniy shaxs.
-
TELEFON – Aksiya ishtirokchilariga shu Aksiya shartlariga muvofiq tarzda taqdim etiladigan yakuniy terminal uskuna (mobil telefonlar/smartfonlar).
-
BIR MARTALIK TO‘LOV – Abonentning Aksiya shartlariga roziligini tasdiqlovchi, Aksiya ishtirokchilarining telefonni foydalanishga olganlik uchun to‘laydigan to‘lovi (ta’minlovchi to‘lov).
-
TELEFONNING AKSIYADAN TASHQARI NARXI – telefonning Aksiyadan tashqari bozor qiymati.
-
AKSIYA ("$1 lik telefon" Aksiyasi) – Operator abonentlari bo‘lgan o‘z ishtirokchilariga Paketlar lineykasini taqdim etuvchi Aksiya.
-
PAKETLAR LINEYKASI - 12 oy davomida har oylik belgilangan to‘lov evaziga Operatorning kafolatli chiqish qo‘ng‘iroqlari, SMS va internet hajmini o‘z ichiga oluvchi Aksiya bo‘yicha beshta – “Hammasi 15 ga”, “Hammasi 35 ga”, “Hammasi 50 ga”, “Hammasi 60 ga” yoki “Hammasi 70 ga” paketlaridan istalgan biri hamda Aksiya ishtirokchilariga mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan shartlarda foydalanish uchun Jamiyat tomonidan taqdim etiladigan yakuniy terminal uskuna ko‘rinishidagi maxsus bonus.
-
SHARTNOMA – Abonentning Aksiyada qatnashish shartlarini, Jamiyat tomonidan Aksiya doirasida taqdim etiladigan Telefon bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi Jamiyat va Abonent o‘rtasida tuzilgan mazkur Shartnoma.
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Jamiyat Operator bilan hamkorlikdagi Aksiya doirasida, mazkur Shartnomaga 1-Ilova asosida, mazkur Shartnoma shartlarida Abonentga har oylik Paketlar lineykasiga ulangan telefonni foydalanishga berish, Abonent esa uni qabul qilish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnoma faqat «COSCOM» MCHJ CHEK va Abonent o‘rtasida uyali aloqani taqdim etish to‘g‘risida 20__y. “____”___________da tuzilgan №__________________-conli Shartnoma shartlari bilan birgalikda amal qiladi va yuqorida tilga olingan Shartnomadan ajralgan holda qo‘llanmaydi.
2. HISOB-KITOB SHARTLARI VA TARTIBI
2.1. Telefondan foydalanish uchun Aksiya ishtirokchilariga maxsus chegirma bilan tadqim etiladigan bir martalik to‘lov $1,00 (bir AQSH dollari) ekvivalentini tashkil etadi. Ushbu to‘lov O‘zR MBning hisob-kitoblar kunidagi davlat kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.
2.2. Chegirma faqat Aksiya ishtirokchilariga tegishli.
2.3. Aksiyada qatnashish uchun majburiy va zarur shartlar:
-
telefondan foydalanish uchun Jamiyatga 1$ ekvivalenti miqdorida bir martalik to‘lovni (O‘zR MBning hisob-kitoblar kunidagi davlat kursi bo‘yicha so‘mda) amalga oshirish;
-
Lineykadan tanlangan paketni Operatorda muvaffaqiyatli tarifikatsiya qilish uchun kamida 2 (ikki) oyga to‘lovni amalga oshirish bilan birga ulash;
-
to‘liq 12 (o‘n ikki) oy davomida ulangan paketdan tanaffuslarsiz foydalanish.
Ulangan paketdan to‘liq 12 (o‘n ikki) oy foydalangandan so‘ng telefon Aksiya shartlariga muvofiq biror-bir qo‘shimcha to‘lovlarsiz Abonent mulkiga aylanadi.
2.4. Abonent Aksiyada ko‘ngilli ravishda qatnashadi, uning barcha shartlarini qabul qiladi hamda Aksiyada qatnashish davrida unda quyidagi tanlash imkoniyatlari borligi haqida xabardor qilingan: Aksiya bo‘yicha taqdim etiladigan telefonlar/smartfonlardan istalgan birini Aksiyada ko‘zda tutilgan chegirmalarsiz hamda Aksiya shartlariga amal qilish majburiyatlarini zimmasiga olmasdan turib aksiyadan tashqari to‘liq qiymati bo‘yicha erkin savdoda xarid qilishi mumkin. Aksiyada qatnashadigan telefonlarning aksiyadan tashqari to‘liq qiymati mazkur Shartnomaga 1-Ilovada ko‘rsatilgan.
2.5. Abonent Operator tarmog‘ida uyali radiotelefon aloqasi tizimi xizmatlarini o‘zi tanlagan Operator tarif rejasiga muvofiq tariflar bo‘yicha to‘laydi.
2.6. Abonent tomonidan to‘lov har oyda, tegishli oyning 1-sanasiga qadar, ulanilgan paketning oylik qiymatini oldindan to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
-
Joriy oyning ulanilgan paytidan boshlab ikkinchi taqvim oyining oxirigacha bo‘lgan davr dastlabki ikki oy hisoblanadi.
-
Abonent ulanish paytida to‘langan paketdan to‘lov amalga oshirilgan paytdan boshlab 60 taqvim kuni davomida foydalanishi mumkin.
-
Tegishli taqvim oyining 1-sanasidan boshlab oxirigacha bo‘lgan davr uchinchi va keyingi oylar hisoblanadi.
-
Xizmat uchun tarifikatsiya to‘la-to‘kis bir oy uchun amalga oshiriladi.
3. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
3.1. Mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmagani yoki tegishli tarzda bajarilmagani uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
3.2. Abonent tomonidan mazkur Shartnoma shartlari tegishli tarzda bajarilmasligi natijasida yuzaga keladigan zararlarni Abonent Jamiyatga qoplab berishi shart.
3.3. To‘lov muddatlari buzilgan taqdirda, shuningdek Abonent tomonidan mazkur Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganida, yuqorida ko‘rsatilgan shartnomalarning amal qilish muddati davomida istalgan paytda, xususan Abonent tomonidan har oylik to‘lov to‘lanmaganida yoki o‘z vaqtida, ya’ni 5 (besh) taqvim kunidan ko‘p vaqt davomida to‘lanmaganida, Abonent Aksiyadan chiqarib yuboriladi va shunga mos ravishda telefonga aksiya narxi bo‘yicha ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bu holda Abonent nizosiz tartibda Jamiyatga telefonning mazkur Sharnomaga 1-Ilovada ko‘rsatilgan aksiyadan tashqari to‘liq qiymatini qoplashga majbur.
3.4. Abonent tomonidan mazkur Shartnomaning 3.3., 4.3.3-bandlaridagi talablarni bajarish muddatlari buzilgan taqdirda, Abonent Jamiyatga telefonning aksiyadan tashqari qiymatidan tashqari har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4% miqdorida, biroq telefonning aksiyadan tashqari qiymatining 50% dan oshmaydigan miqdorda penya to‘laydi.
3.5. Telefonning har qanday sababga ko‘ra yo‘qotilishi Abonentni mazkur Shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlardan ozod etmaydi.
3.6. Abonentning aybi bilan telefon ishdan chiqqanida, yo‘qolganida, o‘g‘irlanganida, qayta sotilganida hamda o‘zlashtirilganida, agar buning natijasida Abonent Shartnoma shartlariga amal qilmagan bo‘lsa, Abonent mazkur Shartnomaning 3.3. va 3.4-bandlariga muvofiq Jamiyat oldida to‘liq javobgar bo‘ladi.
4. NIZOLARNI HAL ETISH
4.1. Tomonlar o‘rtasidagi mazkur Shartnoma bo‘yicha nizolar va kelishmovchiliklar iloji boricha muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
4.2. Agar nizolar va kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etilmasa, ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan Jamiyat joylashgan joy bo‘yicha sud tartibida hal etiladi.
4.3. E’tirozlarni taqdim etish tartibi:
4.3.1. Abonent tomonidan mazkur Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan va tegishli tarzda bajarilmagan taqdirda Jamiyat mazkur Shartnomaning 3.3-bandiga muvofiq Abonentga yozma e’tirozni taqdim etadi.
4.3.2. Mazkur Shartnomaning 3.3-bandiga muvofiq qarzdorlikni uzish to‘g‘risidagi talabnoma ilova qilingan e’tiroz Abonentning (yuridik/haqiqiy) manzili, propiska manzili bo‘yicha 20 taqvim kuni davomida yuborilishi mumkin.
4.3.3. Bunday talabnoma u taqdim etilgan paytdan boshlab 3 (uch) taqvim kuni va/yoki talabnoma buyurtma xati bilan yuborilgan sanadan boshlab 10 (o‘n) taqvim kuni ichida Abonent tomonidan qondirilishi kerak. Abonent tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda, uning 3.3 va 3.4-bandlariga muvofiq talabnomada ko‘rsatilgan summani to‘lash ishlari Abonent tomonidan Jamiyat kassasi orqali to‘lash yoki Jamiyat hisobraqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘liq miqdorda amalga oshiriladi.
5. FORS-MAJOR
5.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qisman va to‘liq bajarmaganligi uchun, agar bunday bajarmaslik Shartnoma tuzilganidan keyin favqulodda xarakterdagi voqea-hodisalar natijasida yuzaga kelgan, Tomonlar oldindan ko‘ra olmagan yoki oqilona choralar bilan oldini olib bo‘lmagan yengib bo‘lmas kuch holatlarining oqibati bo‘lsa, Tomonlardan hech biri javobgar bo‘lmaydi. Majburiyatlarning bajarilishi ushbu holatlar va ularning oqibatlari davriga to‘xtaydi.
6. TELEFONNI BERISH SHARTLARI.
TELEFONGA BO‘LGAN MULK HUQUQINING O‘TISH TARTIBI
6.1. Ishtirokchiga telefonni foydalanish uchun berish uyali aloqani taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnoma, mazkur Shartnoma tuzilganidan keyin, telefondan foydalanish qiymati aksiya narxi bo‘yicha to‘langanidan so‘ng, shuningdek mazkur Shartnomaning 2.1, 2.3-bandlarida ko‘rsatilgan kamida 2 (ikki) to‘liq oy uchun tegishli har oylik paket qiymati to‘langanidan so‘ng amalga oshiriladi.
6.2. Mazkur shartnoma bo‘yicha foydalanish uchun berilgan telefon qaytarib olinmaydi. Abonent Shartnomani imzolashdan oldin telefon o‘z markasiga muvofiq ekanini, to‘plami butligini, tashqi nuqsonlar bor-yo‘qligini va ishlash holatini to‘liq tekshiruvdan o‘tkazishi zarur. Foydalanishga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (Shartnomaga 1-Ilova) imzolanganidan keyin Abonent telefonning to‘liq yoki qisman almashtirilishini talab qila olmaydi.
6.3. Sababidan qat’i nazar telefon shikastlangan taqdirda, telefonni yetkazib beruvchining kafolat bo‘yicha majburiyatlari kuchga kiradi. Ular mazkur Shartnoma tomonlarining majburiyatlariga hech qanday ta’sir qilmaydi va ularni o‘zgartirmaydi. Har qanday sababga ko‘ra telefon ishlaydigan holatda emasligi yoki undan foydalanmaganlik Abonentni mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlardan ozod etmaydi.
6.4. Jamiyat tomonidan mazkur Shartnoma bo‘yicha telefonga taqdim etiladigan kafolat muddati telefon foydalanishga topshirilgan sanadan boshlab 12 (o‘n ikki) oyni tashkil etadi. Jamiyat telefon ta’mirlash uchun qabul qilinganidan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni davomida uning tezkor kafolatli ta’mirlanishini yoki ta’mirlashning iloji bo‘lmaganida uni soz holatdagi xuddi shunday telefonga almashtirilishini ta’minlash majburiyatini oladi.
6.5. Telefonni tasodifan yo‘qotish, undan ajralib qolish, uni nobud qilish yoki shikastlash tavakkali telefon foydalanish uchun Abonentga topshirilgani paytdan boshlab Abonentga taalluqli bo‘ladi.
6.6. Telefonni Abonentga berish, shuningdek mazkur Shartnoma bo‘yicha xarid qilingan telefon diagnostikasi va unga servis xizmatini ko‘rsatish ishlari faqat Jamiyatning vakolatli shaxslari tomonidan ixtisoslashgan servis markazlaridagina amalga oshirilishi mumkin. Ixtisoslashgan servis-markazlarning manzillari www.technjboom.uz saytida ko‘rsatilgan.
6.7. Jamiyatning ixtisoslashgan servis markazlaridan tashqarida telefon bilan ruxsat etilmagan har qanday harakatlarni amalga oshirish, ya’ni himoya qurilmalarining yaxlitligini buzish, diagnostika, qayta dasturlash, xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va hokazolar Abonent tomonidan kafolat shartlarining buzilishi hisoblanadi va Jamiyatni telefonga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat majburiyatlaridan ozod etadi.
6.8. Mazkur Shartnoma bo‘yicha berilgan telefonga mulk huquqi Abonentga faqat mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar Abonent tomonidan to‘liq bajarilganidan keyin va ulangan paket to‘liq 12 oy uchun muvaffaqiyatli tarifikatsiya qilinganidan so‘ng, Abonent tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda esa Abonent tomonidan mazkur Shartnomaning 3.3. va 3.4-bandlari bajarilganidan keyingina o‘tadi.
6.9. Telefonga bo‘lgan mulk huquqi Abonentga o‘tmagunicha Abonent telefonni begonalashtirishga yoki uni boshqacha tarzda tasarruf qilishga haqli emas.
7. BOSHQA SHARTLAR
7.1. Shartnomani va uyali aloqani taqdim etish to‘g‘risidagi Shartnomani boshqa shaxsga qayta rasmiylashtirish va shunga mos ravishda Aksiya bo‘yicha har qanday huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga berish ko‘zda tutilmagan.
7.2. Aksiyada qatnashish uchun bir nafar jismoniy shaxsga ko‘pi bilan 1 (bitta) shartnomani tuzishga va shunga mos ravishda Aksiya shartlarda ko‘pi bilan 1 (bir) dona telefonga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yiladi.
7.3. Abonent o‘z ismi, sharifi va familiyasi o‘zgargani haqida, shuningdek Abonent tomonidan mazkur Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar to‘g‘risida 3 (uch) kun ichida Jamiyatni yozma shaklda xabardor qilishi shart.
7.4. Mazkur Shartnoma Abonent tashabbusi bilan muddatidan oldin, Abonentning Jamiyat ofisiga topshirilgan yozma arizasi asosida bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin. Bunda pasport va Shartnomaning asl nusxasi hamda Shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan barcha to‘lovlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi. Abonent tomonidan Jamiyatga telefonning mazkur Shartnomaga 1-Ilovada ko‘rsatilgan aksiyadan tashqari qiymatining oldindan to‘lanishi Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning majburiy sharti hisoblanadi.
7.5. Mazkur Shartnoma o‘zbek tilida ikkita asl nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan tuzildi. U imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 1 (bir) taqvim yili davomida amal qiladi, o‘zaro hisob-kitoblar qismida esa tomonlar o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.
8. TOMONLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Jamiyat tomonidan Abonent (Ishtirokchi)
«MOBILE INNOVATIONS» MCHJ ______________________________________
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., A. Temur ko‘chasi, 11/1 (FISH)
H/r 2021 4000 5003 8881 2001 ______________________________________
«UT BANK» AJ Amaliyotlar boshqarmasi (yashash joyi, pasport)
MFO 00395 ______________________________________
STIR 207213475
XXTUT 71280 ______________________________________
______________________________________
__________________________ (imzo)
(muhr, imzo)
________y.__________dagi №___-sonli Shartnomaga
1-Ilova
FOYDALANISHGA QABUL QILISH-TOPSHIRISH DALOLATNOMASI
Paket
|
Telefon/smart-fon modeli
|
Telefonning IMEI kodi
|
Telefonning aksiyadan tashqari narxi, $*
|
Aksiya ishtirokchilari uchun aksiya narxi, $*
|
Abonent (Aksiya ishtirokchisi)ning imzosi
|
Hammasi 15 ga
|
Prime R149
|
|
90
|
1
|
|
Hammasi 35 ga
|
Prime K908
|
|
210
|
1
|
|
Hammasi 50 ga
|
Prime K919i
|
|
300
|
1
|
|
Hammasi 60 ga
|
Prime K7
|
|
360
|
1
|
|
Hammasi 70 ga
|
Prime K21
|
|
420
|
1
|
|
* O‘zR MBning hisob-kitoblar kunidagi davlat kursi bo‘yicha so‘mda
Abonent telefonni tekshirdi. Abonentda telefon to‘plamining butligiga va uning tashqi ko‘rinishiga e’tirozlar yo‘q.
TOMONLARNING IMZOSI
Jamiyat tomonidan Abonent (Ishtirokchi)
«MOBILE INNOVATIONS» MCHJ ______________________________________
(imzo)
__________________________
(muhr, imzo)
Do'stlaringiz bilan baham: |