Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

Mamlakat
siyosiy tuzumi
11-§.


40
Liberallar partiyasidan U.Gladston 4 marta bosh vazirlik
lavozimini egallagan. 1864—1874-yillarda bosh vazirligi davrida uning
hukumati qator islohotlar o‘tkazdi. Chunonchi, tred-yunionlarga
o‘z manfaatlarini sudda himoya qilish huquqi berildi. Shuningdek,
ish tashlashlar o‘tkazilishiga ruxsat etildi. Parlamentga saylovlarning
yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi joriy etildi. Maktab
islohoti o‘tkazildi.
B. Dizraeli bosh vazirligi davrida (1874—1880) ham qator
muhim tadbirlar amalga oshirildi. Chunonchi, 1875-yilda haftada
54 soatlik ish vaqti belgilandi. 10 yoshdan kichik bolalarni ishga
qabul qilish taqiqlandi. 1911-yilda yana bir marta parlament islohoti
o‘tkazildi. Bu islohot Buyuk Britaniyada demokratik jamiyat va
huquqiy davlatchilik taraqqiyoti yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
XIX asrning so‘nggi choragida Buyuk
Britaniya iqtisodiy jihatdan orqada qola
boshladi. „Jahon ustaxonasi“ deb nom ol-
gan Buyuk Britaniyaning XIX asr oxiri — XX asr boshlarida
sanoat ishlab chiqarish hajmi 2 marta, tashqi savdodagi ulushi
esa 70 foizga qisqardi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 3-
o‘ringa tushib ketdi. Mamlakatning jahon ustaxonasi maqomi
o‘tmishga aylanib qoldi. Buning asosiy sababi – birinchidan,
kapitalning asosan chetga chiqarilishi edi. Ingliz sarmoyadorlari
mustamlakalarda zavod, fabrika va boshqa korxonalar qurishni afzal
ko‘rganlar. Chunki, mustamlakalar xomashyo va arzon ishchi
kuchi manbayi edi. Ularni metropoliyaga olib kelish qimmatga
tushar edi.
Chetga kapital chiqarish juda katta daromad keltirgan. Chunon-
chi, uning keltirgan foydasi tashqi savdo keltirgan foydadan
5 marta ko‘p bo‘lgan. Foyda ketidan quvish oqibatida Buyuk Bri-
taniyaning o‘zidagi korxonalar o‘z vaqtida zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan qayta jihozlanmay qoldi. Buning natijasida Buyuk
Britaniya sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshlik quvvati pasaydi.
Germaniya va AQSH tovarlari jahonning barcha bozorlarida Buyuk
Britaniya tovarlarini ta’qib eta boshladi. Chunki, Germaniya va
AQSH tovarlari ham sifatli, ham arzon edi. Shu sababli 20 yil
mobaynida, ya’ni 80-yillardan tortib XX asr boshlarigacha Ger-
maniyaning Buyuk Britaniyaga eksporti 41 foiz ko‘paygan, AQSH
dan eksport qilish esa ikki martadan ziyodroq oshgani holda, bu
davlatlarga ingliz eksporti bor-yo‘g‘i 8 foizga ko‘paygan, xolos.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish