Shartli belgilar



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/184
Sana11.03.2021
Hajmi1,39 Mb.
#61421
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
Bog'liq
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo'rayev)

12-§.
Irlandiya muammosi


43
Irlandiyada ochiqdan ochiq fuqarolar urushi xavfi kuchaydi.
Shundan keyin Buyuk Britaniya hukumati Parnell va uning
tarafdorlariga kelishishni taklif qildi. 1881-yilda Parnell bilan tuzil-
gan bitimga muvofiq, irland ijarachi dehqonlari ijara haqi to‘lashni
davom ettirishlari va boykotni to‘xtatishlari, katta yer egalari esa
ijarachilarning qarzini kechib yuborishlari lozim edi.
Biroq, Parnell tutgan kelishuvchilik yo‘li Irlandiyadagi mayda
terrorchi guruhlarni faollashtirib yubordi. Chunonchi, 1882-yilda
Dublinda Irlandiya ishlari bo‘yicha stats-sekretar va Irlandiya lord-
hokimi o‘ldirildi. Britaniya tomonidan ta’qib va politsiya terrori
boshlandi. Bunga javoban, irland qishlog‘ida yangi terrorchilik to‘l-
qini ko‘tarildi.
Oxir-oqibatda, 1886-yilda hukumat gomrul berishga qaror qildi.
Biroq, parlament uni rad etdi.
Shunday sharoitda Irlandiya burjuaziyasining bir qismi Irlan-
diyaga muxtoriyat berilishi talabi bilan chiqdi. Irlandiya bur-
juaziyasining savdo-sanoat doiralari manfaatini ko‘zlovchi qismi esa
Irlandiyaning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan
birmuncha keskin talabni o‘rtaga tashladi.
Ushbu guruhning rahbari A. Griffit 1905-yili „Shinfeyn“ („Biz
o‘zimiz“) partiyasini tuzdi. U Irlandiya mustaqil parlamenti tuzish
tashviqotini olib bora boshladi. Britaniya tovarlarini boykot qilish
yanada kuchaydi.
Hukumat 1912-yilda parlamentga yana gomrul haqidagi qonun
loyihasini taqdim etishga majbur bo‘ldi. Biroq, parlament yana uni
tasdiqlamadi. Natijada, Irlandiyada siyosiy ahvol nihoyatda kes-
kinlashdi.
Biroq, 1914-yilda boshlanib ketgan jahon urushi parlamentni
gomrul haqidagi qonunni tasdiqlashga majbur etdi. Chunki, urush
davrida ichki siyosiy barqarorlik havodek zarur edi.
1911-yilda Buyuk Britaniyada parlament
islohoti to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Bu
qonun parlamentning yuqori palatasi –
Lordlar palatasining veto huquqlarini chekladi.
Chunonchi, endi parlamentning quyi — Jamoa palatasi bir
qonun loyihasini 3 marta ma’qullasa, u Lordlar palatasi tomonidan
tasdiqlanmasa ham qonun kuchiga ega bo‘ladigan bo‘ldi. Lordlar
palatasi moliya masalalarini ham hal etishdan chetlatib qo‘yildi.
Parlamentning vakolat muddati 5 yil etib belgilandi. Deputatlarga
maosh joriy etildi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish