58
uchun hech qanday imtiyoz olmasligi zarur edi. AQSH Xitoyning
boshqa davlatlarga bergan imtiyozlarini Amerika kapitalining Xi-
toyga kirib kelishiga va Osiyoda o‘zining cheksiz hukmronligini
o‘rnatish rejasining amalga oshirilishi yo‘lidagi g‘ov deb hisoblardi.
Prezident V. Vilson tashqi siyosatda o‘zining yaqin o‘tmish-
doshlari qatori AQSHning dunyoda eng qudratli ta’sirga ega bo‘lishi
uchun kurashdi. Chunonchi, u bunday deb yozgan edi: „Yangi
davr arafasida turibmiz. Bu davrda biz amerikaliklar dunyoni
boshqarishimiz kerak“.
Ha, tez orada shunday bo‘ldi ham. Birinchi jahon urushi
AQSH maqsadlarining ro‘yobga chiqishiga imkon yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: