56
XIX asrning oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi.
Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining
havasini keltirardi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana
boshladi. AQSH o‘z fuqarolarining manfaatini himoya qilish
bahonasi ostida 1898-yil Kuba sohillariga o‘z harbiy kemasini
yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma’lum
sababga ko‘ra portlab ketdi. AQSH bu qo‘poruvchilikda Ispaniyani
aybladi. Kongress esa Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini bosh-
lash haqida qaror qabul qildi.
Bu dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urush edi.
3 oy davom etgan urushda Ispaniya yengildi va sulh so‘rashga
majbur bo‘ldi. 1898-yil 10-dekabrda Parij shahrida AQSH-Ispaniya
tinchlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Puerto-Riko
va Guam orollariga, Ispaniyaga 20 mln. dollar to‘lab Filiðpinga
ham ega bo‘lib oldi. 1898-yilda Kuba nomiga mustaqillik oldi. Amalda
esa AQSHga qaram bo‘lib qolaverdi.
AQSH Karib dengizi havzasida ham tajo-
vuzkor siyosat olib bordi. 1903-yilda Ku-
baga majburan shartnoma qabul qildirdi. Unga ko‘ra, AQSHning
ruxsatisiz bironta davlat bilan ittifoq tuzish yoki o‘zining ichki
siyosatiga birorta o‘zgarish kiritish huquqidan mahrum etildi.
AQSHning Meksikaga kiritgan kapitali 1911-yil oxirida 1,5 mlrd.
dollarga yetdi. Asosiy ishlab chiqarishning deyarli 70 foizi AQSH
monopolistlarining qo‘liga o‘tdi. AQSH Gvatemala, Kosta-Rika va
Nikaraguaga asoratli shartlar asosida qarzlar berdi. Bu qarzlarni
berish vaqtida qo‘yilgan shartlar AQSHning bu mamlakatlar ichki
ishlariga aralashuviga imkon berardi.
Gavayi va Filiðpin orollari bosib olinganligi hamda Òinch okean
bo‘yida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kuchayganligi
sababli, AQSH Òinch va Atlantika okeanlarini birlashtiruvchi kanal
qurish masalasiga alohida ahamiyat bera boshladi.
Fransiyadan Panama kanalini qurayotgan va kasodga uchragan
aksiyadorlik jamiyatining hamma aksiyalarini arzon-garovga sotib
oldi. Kanal Kolumbiya hududida edi. Endilikda kanal qurish va
undan foydalanish huquqiga Amerikaning to‘la ega bo‘lishiga Ko-
lumbiya Senati qarshilik qildi. Shundan so‘ng, 1903-yil 3-noyabrda
AQSH Panamada Kolumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi va u yerda
„qo‘g‘irchoq“ hukumat tuzdi. Panama mustaqil respublika deb e’lon
qilindi. AQSH Panama Respublikasining mustaqilligini tan oldi.
Panama hukumati AQSH bilan kanal qazish, temiryo‘llar va
Do'stlaringiz bilan baham: