Sharsharaklar Konsolli sharsharalar


-rasm. Sharshara kirish qismi sxemalari



Download 1,36 Mb.
bet2/5
Sana26.02.2022
Hajmi1,36 Mb.
#470317
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-ma'ruza

14.2-rasm. Sharshara kirish qismi sxemalari:
a-to‘g‘ri burchakli; b-trapesiya; d- tirqishli; e-tepasimon
Yon devorlar gravitatsion, kontrforsli temir-beton yupqa devor va yotiq ko‘rinishlarda bo‘ladi. Gravitatsion devorlar tashqi qirrasi va qiya qilb barpo etiladi va ularga mos ravishda sharshara ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchakli yoki trapesiya shaklida qabul qilinadi. Gravitatsion va yupqa devorli yon devorlar amalda hamma gruntlarda qo‘llaniladi. Yetiq yon devorlar trapesiya shaklidagi sharsharalarda ishlatiladi, ularni barpo etishda qurilish materiallari kam sarf bo‘ladi. Ko‘p pog‘onali sharsharalar bo‘ylama devorlari uzunligi bo‘yicha deformatsiya choklari bilan seksiyalarga bo‘linadi, uning uzunligi suv urilma qudug‘i uzunligi bo‘yicha qabul qilinadi.
Tushish devorlari yuqorida joylashgan suv urilma qudug‘ini pastda joylashgan suv urilma qudug‘i bilan birlashtirish uchun xizmat qiladi. Ularni gravitatsion (14.3-rasm, a,b) yoki yotiq (14.3-rasm, d) shakllarda bajariladi, oxirgisi trapesiya kesimli sharsharalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

14.3-rasm. Sharshara tushish devorlari:
a-gravitatsion, tashqi qirrasi qiya; b-gravitatsion, tashqi qirrasi tik; d-yotiq

Gravitatsion devorlar qirralari tik va qiya qilib bajariladi. Sharsharani yon devorlari bilan birlashtirish va ishlab chiqarish sharoitlaridan kelib chiqqan holda tashqi qirrasi qiya gravitatsion devorlar amalda keng qo‘llaniladi. quduqli sharsharalarda devorning yuqori qismini flyutbetdan baland qilib joylashtiriladi, shuning evaziga suv urilma qudug‘i yaratiladi. quduqdagi suvni chiqarib yuborish uchun devor yuqori qismida tirqishlar o‘rnatiladi. quduqqa suv tushishida oqim tagida va tushish devori oldida yopiq bo‘shliq zonasi paydo bo‘lib, vakuum hosil bo‘ladi va bu o‘z navbatida sharshara ishlashga salbiy ta’sir qiladi. Vakuumni yo‘qotish uchun hosil bo‘lgan bo‘shliq zonasiga havo yuboriladi, buning uchun yon devor ichiga havo o‘tkazuvchi-quvurlar o‘rnatiladi.


Sharshara ohirgi pog‘onasi va chiqish qismi inshoot uchun mas’uliyatli qismlardan biridir, chunki bu qismlarning qoniqarsiz ishlashi pastki b’ef yuvilishlariga olib keladi va uning umumiy holatiga xavf-xatar tug‘dirdi. Pastki pog‘onada gidravlik sakrash ko‘milganligini ta’minlash zarur va ketuvchi kanalga suvni kanaldagi grunt va uning qoplamasi uchun yo‘l quyarlik tezliklarda o‘tkazish lozim. Gidravlik sakrash ko‘milganligini ta’minlash va suv energiyasini sundirish uchun chiqish qismda suv urilma qudug‘i o‘rnatiladi. Agar sharshara bilan ketuvchi kanalni birlashtiruvchi devor kengayish burchagi 180 dan oshmasa, suv urilma qismda suv ayirgichlar, suv parchalovchilar yoki tirqishli ostonalar o‘rnatiladi (14.3-rasm). Bunday konstruksiyaning qo‘llanilishi suv bir nechta kichik oqimlarga ajralgan holda suv urilmaga tushadi.
Ko‘ndalang devor yon devorga biriktirib o‘rnatiladi, uning qalinlgi hisoblar asosida qabul qilinadi. Bunday sharsharalarda suv oqimi bosimli va bosimsiz xarakatlanuvchi qismlarga ega. Suv oqimi keyingi pog‘onaga tushishda ko‘ndalang devorga uriladi. Ba’zi bir paytda ko‘ndalang devor pastga tushuvchi oqimni parchalaydi. har ikkala holda ham oqimning parchalanishi va oqimning devorga urilishi natijasida keskin burilishi hisobiga energiya so‘ndirilishi jadallashadi. Bo‘ylama devorlar shandor to‘sinlari ko‘rinishida ham yasaladi, ular sharshara orqali muz va muz parchalari o‘tkazilganda chiqarib olinadi. Bunday turdagi sharshara keng bo‘lmagan inshootlar uchun loyihalanadi, holbuki, kengligi katta bo‘lgan inshootning konstruksiyasi murakkablashganligi tufayli uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish