SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARIDA DEMOKRATIK INQILOBLAR VA SOTSIALISTIK LAGERNING PARCHALANISHI Reja - Sotsialistik tuzumning parchalanishi.
- Sharqiy Yevropa mamlakatlari XX asr oxiri – XXI asr boshlarida.
Tayanch iboralar - Ko‘ppartiyaviylik prinsipi – bu zamonaviy demokratik mamlakatlarda siyosiy hayotni tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri bo‘lib, mafkuraviy plyuralizm (ko‘pxillik)ning yorqin ifodalangan ko‘rinishidir.
- Etnik mojaro – odatda, bir-biri bilan qo‘shni yashaydigan turli etnik guruhga mansub jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuv.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi
Polshada norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchaydi va ular Lex Valensa boshchiligidagi «Birdam lik» kasaba uyushmasining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi. 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Lex
Valensa g‘alaba qozondi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi
Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholi ning N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfi y xizmati xodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi.
Hokimiyat Milliy qutqarish fronti qo‘liga o‘tdi.
Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliyesku 1990-yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi 1980-yillar oxirida Germaniya Demokratik Respublikasida ijtimoy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz avj olib, 1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin devori xalq tomonidan buzildi va amalda ikki Ger maniya o‘rtasidagi chegaraning ochildi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki nemis davlatini bitta – Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi Yugoslaviyada oltita respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning quladi va millatchi va ayirmachi kuchlar faoliyati natijasida 1991 – 1992-yil lari Yugoslaviya davlati tarqalib ketdi. Serbiya va Chernogoriya federatsiyada qoldi. Sloveniya, Xorvatiya, Bos niya va Gersegovina hamda Makedoniya mustaqil davlatlarga aylandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi - Bosniya va Gersegovinada serblar, xorvatlar va musulmonlar tarixan qo‘shni yashashgan. Shu sababli etnik farqqa diniy ziddiyat ham qo‘shildi. Bosniya va Gersegovinada milliy ziddiyatlar alohida keskin tus oldi. Aholining yarmini tashkil qilgan serblar Yugo slaviya tarkibidan chiqishni istamadi va o‘zlarining Bosniya serb respublikasini e’lon qildi.
- 1992 – 1994-yillari serblar, musulmonlar va xorvatlar o‘rtasida harbiy mojaro boshlanib ketdi va bu tinch aholi orasida ham ko‘plab qurbonlarga olib keldi. Bosniyadagi etnik mojarolarni bartaraf qilish uchun bu yerga BMT tinchliksevar kuchlari kiritildi va urush harakatlari to‘xtatildi.
- 2006-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, Chernogoriya Serbiyadan ajralib chiqdi. Yugoslaviya Respublikasi barham topdi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi
Chexoslovakiya tinch yo‘lni tanladi. 1992-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, mamlakat aholisi bo‘linishga qaror qildi. Bo‘linish jarayoni jiddiy muhokama qilinib, puxta tayyorlandi.
1993-yil 1-yanvardan jahon xaritasida ikkita mustaqil davlat – Chexiya Respublikasi va Slovakiya Respublikasi paydo bo‘ldi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar xalqaro siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Bu mamlakatlarni endi G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy va harbiy-siyosiy tashkilotlari – avvalo YI va NATO o‘ziga jalb qildi. Vengriya, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Sloveniya, Slovakiya va Chexiya, Ruminiya va Bolgariya YIga a’zo bo‘ldi.
Bu mamlakatlarda demokratik an’analar mavjud bo‘lganligi va G‘arbiy Yevropa bilan umumiy sivilizatsiyaga mansubligi ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Uyga vazifa - 1. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning parchalanishi qanday ko‘rinishlarda amalga oshirildi?
- 2. Sharqiy Yevropa mamlakatlari NATOga a’zo bo‘lishda o‘z xavfsizligining kafolatidan tashqari yana qanday afzalliklarni ko‘rdilar?
- 3. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsializm parchalangandan so‘ng qanday muammolar paydo bo‘ldi?
- 4. Matndan foydalanib sotsializm parchalangandan so‘ng Sharqiy Yevropada vujudga kelgan yangi davlatlarning ro‘yxatini tuzing.
- Xaritadan foydalanib, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlariga tegishli hududlarni maqomiga ko‘ra tasniflang va izoh bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |