Ruminiya qora dengiz qirg‘oq bo‘yi va tog‘ resurslariga boy mamlakat. Keyingi yillarda
Ruminiyada chet elga chiqish turizmi rivojlanib o‘sib bormoqda. Ruminiyaliklar Vengriya
(yiliga 9.0 mln. kishi). Bolgariya (yiliga 1.8 mln. kishi). va Turkiya (yiliga 500 ming kishi)
mamlakatlariga ko‘proq tashrif buyuradilar.
Revolyutsiyaga qadar bu mamlakatga hammasi bo‘lib. 4.5 mln.ga yaqin turistlar tashrif
buyurar edi.
Ruminiya Sharqiy Yevropada qora dengiz qirg‘oqlari bo‘yida dam olish va pekij turlarga
ega bo‘lgan yagona mamlakat hisoblanadi. Hozirgi kunda bu mamlakatga 6.5-7.0 mln.ga yaqin
xorijiy turistlar tashrif buyuradi. Ularning aksariyati Sharqiy Yevropa. Rossiya va Vengriya
fuqarolariga to‘g‘ri keladi. Rossiyadan yiliga 2.0-2.1 mln. turist. Vengriyadan esa 0.9-1.0 mln.
turistlar tashrif buyuradi. Xorijiy turistlarning 13%-15% gina Yevropaning boshqa
mamlakatlariga to‘g‘ri keladi
Bolgariya davlatining turizm iqtisodiyoti
Bolgariya 1989 yilga qadar uncha katta bo‘lmagan. mamlakat uchun iqtisodiy zarur
hisoblangan xalqaro turizm sektoriga ega edi. Xorijiy turistlarning kelib-ketish soniga ko‘ra.
Ruminiyadan keyin turar edi. Ammo Bolgariyaga g‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan tashrif
buyuruvchi xorijiy turistlarning miqdori nisbatan katta. umumiy xorijiy turistlarning 9-12% ni
tashkil qiladi va ular mamlakatga zarur bo‘lgan chet el valyutasining kirib kelishiga imkon
yaratadi. 1991 yilda bu mamlakatni 1.5 mln. xorijiy turistlar sayohat qilgan bo‘lsalar bu
mehmonlarning 60%ini Sharqiy Yevropa. asosan Ruminiya. Pol‘sha. Rossiya mamlakatlari
fuqarolar tashkil qilgan. 1990-1992 yilardagi Bolgariyada bo‘lib o‘tgan giperinflyatsiya
mamlakat fuqarolarini chet el safarlariga chiqishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. Bu esa barcha bolgarlar
ham chet ellarga chiqa olmasligi va siyosiy erkinlikni iqtisodiy chegaralash bilan
qoplanayotganligidan dalolat beradi
Bolgariyada ichki hamda chet elga chiqish tizimini rivojlantirish uchun barcha turistik
resurslar. ya‘ni tarixiy yodgorliklar. Qora dengiz sohillari bo‘yi plyajlarida dam olish uchun
imkoniyatlar hamda go‘zal landshaftlar mavjud.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari xalqaro turizm harakatlarining iqtisodiy tahlil natijalarini
ko‘rsatishicha. jahon bo‘yicha turistik tashriflarning 10.3%i Sharqiy Yevropa mamlakatlariga
to‘g‘ri keladi. 2001 yilga nisbatan 2002 yilda xorijiy turistlar tashrifi 3.5% ga ko‘paygan.