gotika uslubini yaratilishi bilan mashhurdir. Shaharlarda XII asr oxiridan e`tiboran savdo rastalari ratushalar, shifoxonalar va mehmonxonalar qurilishi keng avj oldi. O`rta asr shahri markazidagi eng chiroyli va hashamatli bino, bu ibodatxona edi. Uyg`onish davrida paydo bo`lgan «gotika» atamasi shartli bo`lib u german qabilalaridan hisoblangan gotlar nomidan olingan (gotlarning asli vatani Skandinaviya bo`lib, keyinchalik Boltiq bo`yida, Qora dengizi qirg`oqlarida istiqomat qilganlar. Ularning hozirgi Moldova va Ruminiyaning sharqiy hududlarida yashaydigan qismlari vestgotlar, shimoliy Qora dengiz bo`yi, Dnestrning sharqiy tomonlarida yashovchi-ostgotlarga bo`lingan. IV - asrning 70-yillarida xunlar gotlarning erlariga hujum qilib, 370 yilda vestgot, ostgot hamda qarashli dash qabilalari ittifoqini tor-mor etishadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |