- Biz yashayotgan davr tom mazmuni bilan o’ziga xos tarixiy mazmun bilan qondirilgan davrdir. Tarixda hamisha bo’lib turgan kuchli ijtimoiy ziddiyatlardan tashqari bugungi kunda fundamental xarakterga ega bo’lgan jarayon – tafakkur hamda dunyoqarash tarkibining ildizlarida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda.
Reja: - Sharq va G’arb falsafasiga kirish
- Sharq va G’arb falsafaning koordinatsiya qiluvchi funktsiyasi
- Planetaning barcha xalqlari va millatlari turmushiga oid bo’lgan madaniyat va ma’naviyat bir butunlik tomon intilmoqda. Ayni vaqtda ularning har birida o’z “men”ligi tobora chuqur mazmunga ega bo’lmoqda. Bunday murakkab jarayonda jahon xalqlarining taqdirlari hal bo’lmoqda. Shuning uchun ham ushbu jarayon jiddiy falsafiy tahlilni talab qiladi. Bunday tahlilning debochasi Sharq va G’arb falsafasi, ular o’rtasidagi uyg’unlik hamda ularning har birining o’ziga xosligi, ularning har birining kichik yoki katta siyosatga ta’siri, kishilik taqdirini oldindan ko’ra bilishga bo’lgan ko’magi hisoblanadi.
- Falsafa ilmi milliy, ayni vaqtda umuminsoniy qadriyatdir. Mazkur qadriyat inson o’zini o’zi inson sifatida tanigan kunidan boshlab takomillashib, rivojlanib, chuqurlashib, murakkablashib, ilmiylashib va tobora insoniylashib borayotgan fandir.
- Falsafaning mohiyati - bu “olam-odam” tizimidagi umumiy muammolar ustida fikr-mulohaza yuritishdan iboratdir.
- Falsafa ichki jihatdan ixtisoslashmagan, kundalik hayotda mavjud bo’lgan bilimlar bilan bog’liqdir. Bunday aloqa eng avvalo falsafaning tilida namoyon bo’ladi. Falsafaning tili shaxsning hayotiy tajribasini qayd etadigan so’zlarga boy bo’ladi.
- Dastlabki falsafiy ta’limotlar bundan 2500 yillar ilgari Hindistonda, Xitoyda, Misrda paydo bo’lib, Qadimgi Gretsiya – Yunonistonda o’zining mumtoz shakliga erishgan.
- Falsafa mifologik dunyoqarash bilan ilmiy bilim o’rtasida sodir bo’lgan qarama-qarshilik, ziddiyatlar negizida shakllandi. O’sha vaqtdagi dastlabki ilmiy qarashlar o’z isbotlarini - naql, rivoyatlardan emas, balki tabiatdagi sabab va oqibat aloqalaridan izlay boshladi. Bilish sub’ektlarining tamoyil jihatdan bunday yangicha shaklda yo’naltirilishi, bilishni yangicha tushunish sub’ekt – ob’ekt munosabatlarida, bilish, dunyoqarash strukturasida yangilik edi.
Bunday e’tiqod fanda mavjud emas.
ob’ektivlik yoki ob’ektivlik tamoyili.
ratsionallik, aqliy tarzda asoslanganlik, isbot qilinganlik
Bilimning
Sinab ko’rish, tekshirib borish
Bilimning o’ziga xos hodisa sifatida uyushtirilishi
- Xuddi har qanday fan singari falsafa ham uzluksiz dinamik informatsion tizim bo’lib, yangi-yangi axborotlar olish maqsadida axborotlarni to’plash, tahlil qilish va qaytadan ishlab chiqish ishlari bilan mashg’ul bo’ladi. Bunday axborotlar yaxlit bir tizimni umumiy tamoyillar va qonunlar asosida falsafiy tushunchalarda jamlanib, mukammal holga keltiriladi. Mana shu yaratilgan yaxlit bir tizimda ontologiya falsafiy (ya’ni borliq falsafasi), bilish nazariyasi, dialektika eng umumiy usul sifatida, ijtimoiy falsafa, umumiy etika, nazariy estetika, xususiy fanlarning falsafiy muammolari, din falsafasi, falsafa tarixi, ”falsafaning falsafasi” (ya’ni falsafiy nazariya) va boshqa ana shunday bo’limlar mavjuddir.
Foydalingan adabiyotlar - 1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: O’zbekiston, 2003.
- 2. Karimov I.A. Yovuz kuchlar xalqimizni o’z tanlagan yo’lidan qaytara olmaydi. (I.Karimovning O’zbekiston televideniyasi uchun maxsus intervyusi) Xalq so’zi 2004 yil 30 mart;
- 3. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning xamjihatligi va bukulmas irodasiga bog’liq (Prezident I.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 14- sessiyasidagi nutqi) Xalq so’zi 2004 yil 30 aprel;
- 4. Abu Homid G’azzoliy. Mukoshafat-ul qulub. T-; 2002y.
- 5. Abdulla Sher. Ahloqshunoslik: Ma’ruzalar matni. –T.: 2000.
- 6. Avloniy A. Turkiy guliston yohud ahloq. –T.: O’qituvchi 1992.
- 7. Azamat Ziyo. Kuchli jamiyat falsafasi. //Tafakkur jurnali, 2002, 1-son.
- 8. www.ziyonet.uz
- 9. www.fikr.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |