Sharq uyg`onish davri madaniyati
Agar Sharq madaniy taraqqiyoti tarixiga nazar tashlasak, Musulmon Sharqida VII asrning ikkinchi yarmidayoq fanlarning ko`pgina sohalari bo`yicha yangi fikrlar, g`oyalar va qarashlar ilgari surilganligini ko`ramiz. G`arbda esa XV-XVI asrlar oralig`iga kelibgina fan va tafakkurda ko`tarilish yuzaga kelganligini guvohi bo`lamiz.
Masala shundaki, Musulmon Sharqi falsafasi, madaniyati ilgari surgan g`oyalar IX-XII asrlardayoq etilgan bo`lib, bu g`oya-larning ko`pchiligi XV-XVI asrlarda G`arbda o`z isbotini topgan-ligini alohida qayd etish mumkin.
G`arbda keyinchalik isbotlangan va ochilgan ko`plab fan yangiliklari dastlab musulmon Sharqi mutafakkirlari tomonidan aytilgan, lekin ilmiy isbotlanmaganligining sababi hali hanuz no-ma‘lumligicha qolmoqda. Balki G`arb mamlakatlaridagidek aholi-ning ko`pchiligi savodli emasligimi, yoki hali bizga nomalum yana boshqa sabablarning borligi tufaylimi bu g`oyalarniig ko`pchiligi musulmon Sharqida o`z isbotini topmay, xilma-xil sabablar bilan izohlab kelindi.
IX asrning boshlarida buyuk vatandoshimiz Muhammad ibn - Muso al-Xorazmiy /780-847/ VIII asrdayoq «Madinatus salom» /»Tinchlik shahri»/ deb atalgan, o`z davrining ilmi, fani markazlari-dan biri bo`lgan Bag`dod shahrida yuzaga kelgan «Baytul hikma» /Hikmatlar uyi/ maktabini tashkil etadi. Va o`sha davrining yetuk, zukko olimu - fuzalolarini, yig`ib, ularga boshchilik qilidi, riyozi-yot, handasa, ilmi hayat, falakiyot va boshqa bir qancha fanlarga doir, hozirgi kunlarda ham o`z qiymatini yo`qotmagan izlanish olib boradi. Algebra fanida misli ko`rilmagan yangiliklar yaratdi. Bu fan shu alloma nomi bilan bevosita bog`liqdir. Ana shu paytlardanoq bu fan al-Xorazmiyning asari -»Aljabr val muqobala» nomi bilan bog`-liq holda «Al-jabr» deb atalib, jaxonga tarqaldi.
Al-Xorazmiyning eng yaqin shogirdlaridan biri, unga kotib-lik qilgan yirik astronom Ahmad Farg`oniy /861 yilda vafot etgan/ Bag`dodda tashkil etilgan akademiyaning ko`zga ko`ringan olimi, tashkilotchisi va falakiyot bobida o`zidan so`ng ko`plab yangilik-larni qoldirgan olimdir.
Sharqning yana bir yirik faylasufi, mutafakkiri, musiqashu-nosi, yirik qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy /870-950/ o`zining «Fozil shahar kishilari» risolasidayoq Yevropa Uyg`onish davriga kelib ilgari surilgan insonparvarlik g`oyalarini madaniyat rivojidagi ustivor ahamiyatga molikligini ko`plab tomonlarini bayon etgan edi. Jumladan yuqorida ko`rsatilgan risolada u odil shaharning hokimi odil, to`g`ri so`z, fuqaroparvar kishi bo`lishi zarurligini, bu shaharda erkaklar bilan ayollarning teng mehnat qilishlari, ular ishda bo`lgan paytlarida ularning bolalarini saqlash va tarbiyalash joylari / bolalar bog`chalari/ mavjud bo`lishi zarurligini o`qtirgan edi.. Forobiy shuningdek Aristotelning «Metafizika» asariga sharh yozib, bu asar-ni tushunish jarayonini qulaylashtirgan, shu bilan birga kishilardagi ayrim kasalliklarni musiqa yordamida /hozirgi musiqa terapiya/ davolash mumkinligini o`z davridayoq aytgan edi. Forobiyni o`zi-ning madaniyatga bo`lgan qarashlarida o`z davridan bir necha asrlar ilgarilab ketgan qomusiy olim deyish mumkin.
Buyuk shoir alloma Firdavsiy /934-1025/ o`z qarashlarida musulmon Sharqi odobi va ahloqi, adolat muammolarini tarannum etib, o`zining bebaho hikmatli fikrlari bilan birga Sharq xazinasi-ning bebaho durdonasi sanalgan «Shohnoma» asarini yozib, hayot-lik davridayoq o`ziga mangu haykal qo`yib, milliy madaniyatni, ahloqni yana bir pog`ona yuqoriga ko`targan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |